Zraza taomi ajoib qiymali koptokchalardan iborat bo’lib, ta’mi ajoib va sho’rvasi har qanday garnirni mazali qiladi. Masalliqlar: 4 kishi uchun -200gr qiyma -1 bo’lak toster non(yoki 1/4 novvoy non yoki 1bo’lak buxonkanon) -1dona o’rtacha piyoz -0.5ta xom tuxum,1ta pishgan tuxum -0.5litr pomidor soki -1 cho’mich yog’ -2 osh-qoshiq un -1 bo’lak sarimsoq -1 choy-qoshiq shaker - 1chimdimdan ziravorlar(zira, kashnich) -ko’kat Tayyorlash: 1. Nachinka uchun: suvda pishgan tuxumni yarmini 6ta qismga bo’lamiz. Sarimsoqni maydalab to’g’rab olamiz va ko’katni 0.5sm qilib to’g’raymiz. 2. Nonni suvda ivitib olamiz. Toster non qolda ham maydalanib ketadi, novvoy non yoki buxonka nonni blender yoki myasorubkada chiqarish lozim. 3. Qiymaga ivitib maydalangan non+qirg’ichdan o’tkazilgan piyoz+ 0.5ta xom tuxum+2chimdim tuz(ta’bga ko’ra)+ziravorlar solib aralashtiramiz va biroz huddi hamirni kaft bilan mushtlagandek mushtlab qiyma masallig’ini qattiqlashtiramiz. 4. Qiyma masallig’ini 3 qismga bo’lib, komptok shakliga keltirib olamiz. Taxtakachga koptokni qoyib,o’rtasiga nachinkadan 2ta tuxum+ 1chimdim sarimsoq+biroz ko’kat solamiz va chetlarini bukib-bukib, sekin nachinkani qiyma bilan o’rab, yana koptok shakliga keltiramiz. (buni kaftga qo'yib qilinsa osonroq bo'ladi ) 5. Yog’ni qizitishga qo’yib, koptokni bittadan avval unga bulg’ab, keyin 0.5ta tuxumga bulg’ab 2ta tomonini ham qovuramiz. 6. Qapqoqli qozonga pomildori sokini solib, qaynab chiqqach 1 choy-qoshiq shakar va 0.5 piyola suv solib, qaynagandan so’ng qovurilgan koptoklarni solib, 20minga dimlaymiz. (Man biroz shoshib qilganim sababli soki kam bo'lib qolibti sok koptoklarining yarmidan kelgani maqul) 7. Biror garnirning o’rtasiga koptokni qo’yib, ustidan 0.5 cho’mich koptokchalar qaynagan tomatni quyib, dasturxonga tortamiz. Yoqimli ishtaha! |