Qur'onda
e'tibor qaratilgan oziq-ovqatlardan yana biri zaytun mevasidir. Keyingi
yillardagi tadqiqotlar zaytun mevasi nafaqat yoqimli taom, balki yaxshi
sog‘lik manbai ham ekanligini aniqladi. Zaytun mevasiga qo‘shimcha
ravishda, zaytun moyi ham muhim ozuqa manbaidir. Qur'onda zaytun
daraxtining moyiga e'tibor quyidagicha qaratiladi: Alloh
osmonlar va Yerning «nuri»dir. Nurining misoli xuddi bir tokcha
ichidagi chiroq, bu chiroq bir shisha ichida, u shisha go‘yo bir durdan
yaralgan yulduzga o‘xshaydi. U (chiroq) na sharqiy va na g‘arbiy
bo‘lmagan muborak zaytun daraxti (moyi)dan yoqilur. Uning moyi (musaffoligidan), garchi unga olov tegmasa-da, (atrofni) yoritib yuborgudekdir. (Mazkurlar
qo‘shilganda esa), nur ustiga nur (bo‘lur). Alloh o‘zining (bu) nuriga
o‘zi xohlagan kishilarni hidoyat qilur. Alloh odamlar (ibrat olishlari)
uchun (mana shunday) misollarni keltirur. Alloh barcha narsani
biluvchidir. («Nur» surasi, 35-oyat) Yuqoridagi oyatda berilgan «mubaarokatin zaytuunatin» ifodasi zaytunning «serob, tabarruk, yaxshi, behisob boylik ulashuvchi» ekanligini bildiradi. «Zaytuhaa»
so‘zida ko‘zda tutilgan zaytun moyi olimlar tomonidan, ayniqsa, yurak
tomirlari va arterial sog‘lik uchun tavsiya etiladigan yog‘ turlaridan
biri sifatida e'tirof etilgan. Uning sog‘likka keltiradigan foydalari
quyidagicha umumlashtirilishi mumkin: Yurak tomirlari va arterial sog‘lik uchun foydalari Zaytun
mevasi va zaytun moyidagi ayrim yog‘ kislotalari mono-to‘yinmagan
hisoblanadi. Mono to‘yinmagan yog‘ kislotalari tarkibida xolesterin
bo‘lmaydi. Shu sababli zaytun moyi xolesterin miqdorini oshirmaydi,
balki uni nazorat ostida saqlab turadi. Zaytun moyi tarkibida inson
tanasi uchun muhim bo‘lgan omega-6 linoleik kislotasi ham mavjud. Mana
shu xususiyati tufayli sog‘lik muammolari bilan shug‘ullanuvchi (Jahon
Sog‘liqni saqlash tashkiloti kabi) tashkilotlar aholisi arteriya qon
tomirlari aterosklerozi va qandli diabet kasalligi bilan ko‘p og‘rigan
davlatlarda iste'mol qilinadigan yog‘ kislotalarning kamida 30% i
omega-6 dan iborat bo‘lishi kerakligini tavsiya qiladi. Bu zaytunning
ahamiyatini yanada ko‘proq oshiradi.138 Bu
sohada olib borilgan izlanipshar bir hafta davomida kuniga 25 millilitr
(taxminan ikki choy qoshiq) tabiiy zaytun moyi iste'mol qilgan
odamlarda kam miqdorda zichligi kichik lipo-protein (yomon xolesterin)
va ko‘p miqdorda antioksidlovchi mavjud bo‘lishini aniqladi.139 Antioksidlovchilar
tanadagi erkin radi-kallar deb nomlanadigan zararli moddalarni
neytrallash va hujayra buzilishining oldini olishi sababli juda
muhimdir. Ko‘plab izlanishlarda yana shu narsa aniqlandiki, zaytun
moyini iste'mol qilish xolesterin miqdorini kamaytiradi va yurak
kasalligining oldini oladi.140 Zaytun
moyi qon oqimidagi zararli xolesterin (zichligi kichik lipoprotein)
miqdorini kamaytirishi va foydali xolesterin (zichligi yuqori
lipoprotein) miqdorini ko‘paytirishi bois u yurak hamda arteriya qon
tomir kasalliklari bilan og‘riydigan bemorlarga ham tavsiya etiladi.141 Yurak
va arteriya qon tomir kasalliklari ko‘p uchraydigan mamlakatlarda
odatda yuqori xolesterin tarkibli to‘yingan yog‘lar iste'mol qilinadi. Bundan
tashqari, zaytun moyi omega-6 ning omega-3 ga bo‘lgan nisbatiga zarar
yetkazmaydi. Omega-3 va omega-6 larning tanada muayyan miqdorda bo‘lishi
juda muhim, chunki bularning nisbatidagi har qanday nomutanosibliklar
ko‘pgina kasalliklar, ayniqsa, yurak, immun sistemasi va saraton
kasalliklarining rivoj-lanishiga sabab bo‘ladi.142 Shu
sabablar tufayli ko‘pchilik odamlar zaytun moyi sharofati bilan o‘z
salomatliklarini yaxshi ahvolda saqlab turishadi. Amerika Yurak
salomatligi assotsiatsiyasi yurak xastaligi xavfini kamaytirish uchun
ko‘p miqdordagi mono-to‘yinmagan yog‘lar 30% gacha yog‘i kamaytirilgan
taomga muqobil bo‘lishi mumkinligini ta'kidlaydi.143 Saraton kasalligining oldini olishi The Archives of Internal Medicine (Ichki
tibbiyot arxivlari) nomli nashrda chop etilgan bir izlanish ko‘p
miqdorda monoto‘yinmagan yog‘ iste'mol qiladigan ayollarda ko‘krak
saratonining kamroq rivojlanish xavfi tug‘ilishi haqida yozadi.144 Buffalo
universiteti hamda Nyu-York Davlat universiteti olimlari tomonidan olib
borilgan boshqa bir izlanish esa zaytun moyi kabi o‘simlik moylarida
topiladigan yog‘, ya'ni b-sitosterol, prostatada saraton hujayralari
paydo bo‘lishining oldini olishda yordam berishini isbotladi.
Tadqiqotchilar shunday xulosaga kelishdiki, b-sitosterol hujayralar
bo‘linishiga buyruq beradigan hujayraning ichki aloqa tizimini
kuchaytiradi va shu yo‘sinda hujayra bo‘linishi boshqarib bo‘lmas
darajaga yetmasdan saraton kasalligining oldi olinishi mumkin. Oksford
universitetida shifokorlar tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot zaytun moyi
ichak saratoniga qarshi himoyaviy ta'sirga ega ekanligini ko‘rsatdi.
Shifokorlar zaytun moyi ichak saratoni boshlanishining oldini olish
uchun oshqozon kislotasi bilan reaktsiyaga kirishishini aniqladilar.
Oksford universiteti tadqiqotchilari yana shu narsani aniqlashdiki,
zaytun moyi safro miqdorini kamaytirib, diamin fermenti oksidazasining
miqdorini ko‘paytiradi va shu tariqa organizmni nonormal hujayra o‘sishi
hamda saratondan himoya qiladi145 Artritning oldini olishi Tadqiqotchilarning
ma'lumotlariga ko‘ra, ko‘p miqdorda zaytun moyi va pishirilgan sabzavot
iste'mol qiladigan odamlarda revmatik poliartrit, bo‘g‘imlarning
surunkali yallig‘lanishi kasalligiga chalinish xavfi kam bo‘lar ekan. Zaytun moyi suyaklarning o‘sishiga yordam beradi Zaytun
moyi tarkibida mavjud bo‘lgan Ye, A, V, D va K vitaminlari kattalar va
bolalarda suyaklarning o‘sib rivojlanishiga yordam berishi va kaltsiy
miqdorini barqarorlashtirish orqali suyaklarni mustahkamlashi nuqtai
nazaridan ayniqsa ahamiyatlidir. Ular oson hazm bo‘lishi va o‘z
minerallari orqali tanada vitaminlarning ishlatilishiga yordam berishi
tufayli yoshi kattalarga ham tavsiya etiladi. U suyakning
minerallanishini ko‘paytirish orqali kaltsiy yo‘qolishining oldini ham
oladi.146 Suyaklar organizmning mineral struktura
ombori hisoblanadi. Suyaklarda mineral moddalar to‘planishining
yo‘qolishi suyakning mo‘rtlashishi kabi jiddiy asoratlarni keltirib
chiqarishi mumkin. Zaytun moyi bu masalada eng foydali ta'sirga egadir. Qarishning oldini olishi Zaytun
moyi tarkibidagi vitaminlar hujayrani yangilash xususiyatiga egaligi
sababli ular qariyalarni davolashda hamda terini oziqlantirish va himoya
qilishda ham ishlatiladi. Oziq-ovqatlar tanamizda energiyaga aylanishi
sababli oksidlovchi deb nomlanadigan ma'lum moddalar hosil bo‘ladi.
Zaytun moyining tarkibida uchraydigan ko‘p miqdordagi antioksidlovchilar
zararli moddalar keltiradigan ziyonning oldini oladi, bizning
hujayralarimizni yangilaydi va to‘qima hamda organlarning qarishini
keyinga suradi. Zaytun moyi Ye vitaminiga ham boy bo‘lib, bu vitamin
tanamizdagi hujayralarni nobud qiluvchi va qarishga sabab bo‘luvchi
erkin radikallarni yo‘qotadi. Bola rivojlanishiga qo‘shadigan hissasi
U
osmondan sizlar uchun undan ichimlik bo‘ladigan suvni (yomg‘irni)
yog‘dirgan zotdir. (Hayvonlaringizni) boqadigan giyohlar ham o‘sha
suvdan (sug‘orilur). U sizlar uchun o‘sha (suv) bilan (turli) ekinlarni,
zaytun, xurmo, uzum va barcha mevalarni undirur. Albatta, bu (ish)da
tafakkur qiladigan qavm uchun alomat bordir. («Nahl» surasi,
10-11-oyatlar)
|
Zaytun
mevasi va zaytun moyida mavjud linoleik kislota (omega-6 yog‘
kislotasi) tufayli ular yangi tug‘ilgan chaqaloq hamda o‘sayotgan
bolalar uchun sog‘lom ozuqa hisoblanadi. Linoleik kislo-taning
yetishmasligi bolalikda o‘sishdan orqaga qolishga va turli teri
kasalliklarining paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi.147 Zaytun
moyi tarkibida tanamizdagi zararli moddalarning halokatli ta'siridan
himoya qila oladigan antioksidlovchi elementlar va inson salomatligi
uchun katta ahamiyatga ega yog‘ kislotalari mavjud. Bular tanadagi
gormonlarga quvvat bo‘ladi va hujayra membranasining shakllanishiga
yordam beradi. Zaytun
moyi ona sutidagi kabi muvozanatlashgan polito‘yinmagan tarkibga ega.
Zaytun moyi inson tanasidan olib bo‘lmaydigan yog‘ kislotalarning
yetarli manbai bo‘lganligi sababli bola tanasi uchun katta ahamiyatga
ega. Bu omillar zaytun moyining yangi tug‘ilgan bolalar uchun juda
muhimligini ko‘rsatadi. Bola
miyasi va asab sistemasining tabiiy rivojlanishiga o‘z hissasini
qo‘shishi bois, zaytun moyi mutaxassislar tomonidan homilador ayollar va
onalarga iste'mol kilish uchun tavsiya etiladigan yagona moydir. Zaytun
moyi tarkibida ona sutidagiga teng miqdorda linoleik kislota mavjud.
Yog‘siz sigir sutiga zaytun moyi qo‘shilganda, u ona sutiga tenglashib,
tabiiy ozuqa manbaiga aylanadi.148 Qon bosimini tushirishi 2000 yil 27 martda The Archives of Internal Medicine(Ichki
tibbiyot arxivlari) nashrida chop etilgan bir izlanish yana bir bor
zaytun moyining yuqori qon bosimiga nisbatan foydali ta'siriga urg‘u
beradi. Yuqori qon bosimini tushirish uchun ishlatiladigan dorilar
zaytun barglaridan ham tayyorlanadi. Ichki a'zolar uchun foydalari Zaytun
moyi issiq yoki sovuq holda iste'mol qilinishidan qat'i nazar, oshqozon
kislotasi miqdorini kamaytirish orqali oshqozonni gastrit va yaralar
kabi kasalliklardan himoya qiladi.149 Shuningdek, o‘tni
harakatga keltirib, uning faoliyatini yaxshi-laydi. U o‘t pufagidan
chiqadigan suyuqlikni tartibga soladi va o‘t pufagida tosh paydo bo‘lish
xavfini kamaytiradi.150 Zaytun moyining tarkibida xlorid
mavjud bo‘lib, u jigar faoliyatiga yordam beradi va shu tariqa ortiqcha
mahsulotlarni tanadan yo‘qotishga ko‘maklashadi. U miya arteriyalariga
ham foydali ta'sir ko‘rsatadi.151 Zaytun moyi keyingi yillarda, ayniqsa, mutaxassislarning e'tiborini tortdi.152 Quyida mutaxassislar bildirgan ayrim fikrlar keltirilgan: Jiin
Karper, sog‘liq va oziq-ovqat sohasida ko‘zga ko‘ringan mutaxassis, CNN
axborot telekanalining sovrindor muxbiri, jurnalist va The Food Farmacy (Oziq-ovqat farmatsevtikasi) hamda Food Your Miracle Medicine (Oziq-ovqat - Sizning mo‘jizaviy doringiz) nomli nashrlar muallifi: Italiyada
olib borilgan yangi tadqiqot zaytun moyining tarkibida
antioksidlovchilar borligini ..., bular kasallik jarayonlariga,
jumladan, arteriya qon tomirlarini to‘sib qo‘yuvchi zichligi kichik
liporotein xolesteriniga qarshi kurashishini aniqladi. Pat Breyd, parhezshunos va ovqatlanish bo‘yicha maslahatchi: Zaytun
moyining serqirra, ya'ni ko‘p xususiyatli ekanligi menga quvonch
bag‘ishlaydi ... biz u haqida qanchalik ko‘p bilsak, uning salomatlik
uchun qo‘shadigan ulkan hissalari haqida ham shunchalik
bilimgaegabo‘lamiz. Doktor Dimitrios Trixopoulos, Garvard universiteti Xalq salomatligi maktabining Epidimologiya boshqarmasi boshlig‘i: Agarda
amerikalik ayollar tuiingan yog‘lar o‘rniga ko‘proq zaytun moyi
iste'mol qilishganda edi, ko‘krak saratoni xavfini deyarli ellik foiz
(50%) gacha qisqartirishlari mumkin edi. Zaytun
moyi xavfli o‘simtalarning prostata, ko‘krak, yo‘g‘on ichak,
tangachasimon hujayralar va qizilo‘ngachga oid ba'zi turlariga qarshi
himoya ta'siriga ega. D. Pek, Mayami universiteti Tibbiyot maktabi xodimi: Zaytun moyi sichqonlarning immun sistemasini kuchaytirganligi isbotlandi... Bruno Berra, Milan universiteti Umumiy fiziologiya va biologik kimyo instituti xodimi: ...o‘ta
musaffo zaytun moyining qarshilik ko‘rsatuvchi kichik qismlari zichligi
kichik liporoteinning oksidlanishga bo‘lgan qarshiligini sezilarli
darajada oshiradi. A.
A. Revilliz, G. Rikkardi va M. Mansini, Neapoldagi Federeko II
universiteti Ichki tibbiyot va metabolik kasalliklar instituti
xodimlari: Zaytun moyi insulin qarshiligining oldini oladi va qondagi glyukoza miqdorini yaxshiroq nazorat qiladi. Patriziya Galleti, Neapol Ikkinchi universiteti Tibbiyot va jarrohlik fakulteti xodimi: Zaynun
moyi polifenollarini parhez sifatida iste'mol qilish ba'zi
oshqozon-ichak kasalliklari va ateroskleroz kabi reaktiv kislorod
metaboliti bilan bog‘liq kasalliklar xavfini kamaytirishi mumkin. Zaytun
moyining gidroksitirozoli odamning eritroqitlarini oksidlanish
yetkazadigan shikastdan himoya qiladi. Frank Saks, Garvard Xalq salomatligi maktabi: Semizlikni
nazorat qilish va davolashda zaytun moyiga boy taomlar kam yog‘li
taomlarga qaraganda samaraliroqtsir. Bundan tashqari, u ancha vaqt
ozishga imkon beradi va u bilan ozishni davom ettirish osonroq... Ko‘rib
chiqqanimizdek, bugungi kunda ko‘pchilik olimlar zaytun moyiga
asoslangan ovqatlanish tartibi ideal ozuqaviy modelni tashkil etadi, deb
hisoblashadi. Bunday fazilatga ega zaytun mevasi va zaytun moyi har bir
kishining kundalik ovqatlanish dasturidagi har bir taomning asosiy
tarkibiy qismi bo‘lishi kerak. Qur'onning ko‘p oyatlarida Alloh
tomonidan urg‘u berilgan zaytun o‘simligining foydalari tibbiyot fanida
erishilgan yutuqlar natijasida kashf qilindi.
|