O'z yaqinlaringizga baxt va quvonch ulashing
Masalliqlar:
25x35sm qolip uchun
Biskvit uchun:
Tuxum -8dona
Shakar- 2 stakan
Un -2stakan
Biskvit uchun qiyom
Shaker-130g
Suv-120ml
Klupnaylik yo'ki olchalik qiyom
Saryog'lik pudding uchun
Saryog' -200-250g
Sut- 500ml
Klupnaylik pudding kukuni -1 upakovka (40)
Shaker-100-150g
Bezak uchun :
Yong'oq,
Shokolad
Kokos kukuni (strujkasi)
Tayyorlanishi:
Biskvit hamirini tayyorlaymiz va qolipda pishirib olamiz. (biskivit tayyorlash usulinini pasda yozib o´taman..)
Biskvitni 8-12 soatdan so'ng uni quritamiz.
Qolipchalardan yo'ki qog'ozli trafaret yordamida yurakcha shaklida kesib olamiz.
Har bir yurakchani o'tkir pichoq bilan ikkiga bo'lamiz
Qiyom tayyorlaymiz.
Yarim yurakchani qolgan malinali yo'ki klupnaylik qiyom bilan singdiramiz.
Saryog'li kremni puding bilan tayyorlaymiz.
450ml sutni sirli tovoqchaga quyamiz va olovga qo'yamiz, qaynaguncha.
Qolgan 50ml sutga pudding kukuni shaker bilan aralashtiramiz.
Qaynagan sutni olovdan olamiz, pudding, shakar va sovuq sutli aralshmani qo'shib aralashtiramiz.
Tovoqchani ya'na olovga qo'yamiz va ya'na qaynaguncha kutamiz, qaynagach, 1daqiqa davomida quyuqlashmaguncha aralashtiramiz.
Olovdan olib, sovutamiz.
Yumshoq saryog'ni ko'pitriramiz, ko'pirtirib o'z miqdordan (1osh qoshiqdan) pudingni qo'shamiz va krem holatiga kelguncha ko'pirtiramiz.
Yarim yurakchani krem bilan surtamiz va o'z jufti bilan birlashtiramiz.
Pirojniy ustini krem bilan surtamiz va O'zingiz didingiz bilan bezatamiz: shokolad, yo'ki to'g'ralgan yong'oq yo'ki kokos kukuni bilan sepamiz.
Pirojniy yonlarini qirg'ichdan chiqarilgan shokolad bilan sepamiz. Naqshni eritilgan oq shokoladdan qilamiz.
Pirojniy yonlarini shokolad bilan sepamiz. Tepasini yashil rangli kokos kukuni bilan sepamiz, atirgullarni saryog'lik pudingli krem bilan bezatamiz.
Yoqimli ishtaha!!!!!!!!!!!
Oddiy biskvit
Asosiy recept
Mahsulot: tuxum 5 dona, mayday shakar-125gr, un -125 gr
(yoki har bir tuxumga bir osh qoshiq shaker va tuxum)
Biskvit xamirini qorishni boshlashdan oldin kerakli shakldagi formani yoki tovani tayorlab olish lozim bo'ladi. Buning uchun uning asosini va yon devorlarini yumshatilgan yog' bilan yahshilab yog'lab chiqish, urvog' sepish yoki biskvit pishgandan so'ng yopishib qolmaydigan kal'kani yahshilab, zichlab yozish lo'zim bo'ladi.
Biskvit xamirini tayorlash
Tuxumlarni xamir tayorlash uchun qulay bo'lgan idishga (faqat alyumin idishga emas , chunki unda xamir qorayib, rangi buziladi) chaqib solinadi va shakar qo'shilib , issiq suvli vannachada yoki gaz plitasining chekkasida to mahsulot oqarib , quyuqlashmagunicha yaxshilab aralashtiriladi. Massaning tayor bo'lganligini uning tomchilari qorishtirg'ichdan tomib tushayotib , qorilgan massaning yuzida 2-3 sekund mobaynida yoyilib ketmay turib qolishidan bilish mumkin. So'ngra massa sovitilib yana 4-5 minut , toki butkul sovigunicha qorishtiriladi.