Umr yo`lim o`ngu-so`lida, Yolg`izlikni saxro cho`lida, Biz uchrashdik taqdir yo`lida, Dillarimiz bo`ldilar payvand, Sizda nafs bor, menda muhabbat. Hayot shirin derdilar axir, Meni esa hayotim taxir, Yo`q demadim, qilmang deb qahr, Ho`p deganim sababi albatt, Sizda nafs bor, menda muhabbat. Bag`rim ochib turaman bir pas, Siz nafsingiz qondirsangiz bas, Demang meni faqat esi past, O`rtamizda oddiy haqiqat, Sizda nafs bor, menda muhabbat. So`rasangiz beraman borim, Tinglamaysiz dildagi zorim, Bo`lsangiz ham omonat yorim, Vujudimni aylagansiz band, Sizda nafs bor, menda muhabbat. Sevaman deb aytasiz yolg`on, Asli sizni sevgan men nodon, Ey yolg`onchi bo`lingiz omon, Takror, takror aytaman faqat, Sizda nafs bor, menda muhabbat. Siz birovni yori, bilaman, Bilib turib bag`rim tilaman, Na ilojman, nima qilaman? Yuragimni qiynaydi shu dard, Sizda nafs bor, menda muhabbat. Qachongacha shunday yuramiz, Pinxonlarda suhbat quramiz, Nasib qilsa bir kun ko`ramiz, Mayli, mayli qilaman toqat, Sizda nafs bor, menda muhabbat. |