1-saboq.Hech qachon behuda va tasodif bilan tanishgan qizlarga ko'ngil bermang.Sabab, siz uni o'tmishini bilmaysiz.Uchrashgan qiz suluv bo'lsa shubhasizki siz unga oshiqlik dardiga mubtalo
bo'lursiz. Uning o'tmishidan habar topgach esa ajralishga to'g'ri
kelar.Bunda siz muhabbat atalmish ne'matning marhamatidan mahrum
bo'lasiz.Illo, bu noyob hissiyot insonga bir bora nasib etgay.Yengil
havas deb muhabbatning inja diydoridan mahrum bo'lmang.2-saboq.Agar biror qiz bilan tanishgudek bo'lsangiz , qiziq-qiziq voqealarni aytib kuldirishga harakat qilib ko'ring.Agar u sizning so'zlaringizdan
ta'sirlanib, yuzini chekkaga burib yoki og'zini panalab kulsa , do'st
tutining.Bordi-yu, arzimagan narsaga ham tishining oqini ko'rsatib,
sharaqlab kulaversa, undan o'zingizni yiroq tuting.
3-saboq.Agar sizning yoqtirgan qizingiz bo'lmasa, asli qayg'urmang.Ota-onalarning tashabbusi bilan turmush qurib baxt topganlar kam emas.Biroq siz
shoshilmang.Kelin bo'lmishning uyiga borayotgan yaqin kishingizdan
xonadonning saranjom-sarishtaligini surishtiring.Bunga shubha bo'lsa,
uchrashuv chog'i bekatda qizga pista tuting.Agar qiz uning po'chog'ini
uchragan joyga tashlayversa, o'sha gumon to'g'ri bo'ladi.
4-saboq.Qizlardagi aqlu-farosat kiyinishidan, o'zini tutishidan bilinadi, ko'z qarashlaridan anglashiladi.Bulardan tashqari siz bo'lg'usi umr
yo'ldoshingizni qo'li ochiqligini ham tekshirib ko'ring.Buning yo'li
oson. Birga ketayotganingizda sadaqaso'rab turganlarga katta miqdorda
hayr qiling.Shunda tanishingiz bunga o'z munosabatini bildiradi.Agar
dilidagini oshkor etmaydiganlar xilidan bo'lsa, sizday "qo'li
ochiq"odam bilan turmush qurish fikridan voz kechadi.O'ylaymanki bu siz
uchun juda foydali.
5-saboq.Agar yoqtirgan qizingizni ichki dunyosini bilmoq istasangiz, unga dastlab kitob sovg'a qiling.Biror yaqinroq do'stingiz esa qimmatroq sovg'a
keltirsin.Sevgilingizning ularni qabul qilib olayotgandagi holati,
shundan keyingi muomalasi ko'p narsani oydinlashtiradi.Agar u sizning
sovg'angizni ko'rib quvonib, o'zgarmasa, keyinchalik sizning
topishingizga qarab emas, ichki dunyongizga qarab qadrlaydigan yor
bo'lishi shubhasiz.
6-saboq.Biror qizni yoqtirib, uylanishga qaror qilgan ekansiz, uning ko'ngli yumshoqligiga ham
e'tibor bering.Buning choralaridan biri, u bilan ketayotganingizda
biror parranda yoki hayvonga ozor bermoqchi bo'lib tosh ko'taring.Agar
sevgilingiz darhol qarshilik ko'rsatib, qo'lingizdan tutsa unda
ayollarga hos bo'lgan oliyjanob hislat-rahmdillik bor bo'ladi.Bu
sizning bo'lajak farzandlaringiz tarbiyasida ham muhim o'rin tutadi.