MEXRIBONLIK KURSATISH Assalomu alaykum aziz saytdoshlar, sirdoshlar, dindoshlar. Bu maqolani yozilishidan maqsad, hozirgi kunda dunyoda juda ko'p fitnalar, urushlar va oilalar o'rtasidagi kelishmovchiliklar tufayli onasiz yoki otasiz yoki umuman hechkimsiz qolayotgan bolalar ko'paymoqda. Chin dildan o'zini o'zbek degan, o'zini musulmon degan inson buni ahamiyatsiz qoldirishi mumkin emas. Meni tushunasizlar degan umiddaman...
Biz yashayotgan 21 asrda, "zamonaviy" asrda yetimlar yoki mehribonlik uyi degan so'zlar biz uchun yangi so'zlar emas. Bugungi kunda bunday bolalarni hafa qilish, urish yoki haqorat qilinishidan asrash uchun odamlar o'rtasida odamiylik va mehribonlik bo'lishi kerak. Afsuski bunday fazilatlar hammada ham yo'q, lekin chin iymonli chin musulmon odamda bu fazilatlar bo'lishi shart.
Payg'ambarimiz Muhammad (s.a.v.s) juda ko'p hadislarida bunga e'tibor berganlar:
"Kim yetimni boshini mehr bilan silab o'tsa, Alloh unga shu yetimning sochlari sonida savob yozib qo'yadi va huddi shuncha gunohini o'chiradi va Alloh uni darajasini ko'tarib qo'yadi" (Ibn Nadjar Kanzul Ummal kitobida)
"Kim yetimning boshini Alloh uchun silasa, uning qo'lidan o'tgan har bir soch tolasi uchun savob yoziladi. Kimki yonidagi yetimga yaxshilik qilsa, Jannatda men va u odam huddi shu ikki barmoqdek bo'lamiz (va u zot ishora va o'rta barmoqlarini birlashtirdilar)" (Imom Ahmad, ibn al-Muborak va boshqalar)
Qaysi inson yetimga yaxshilik qilish uchun uni o'z uyiga olib kelib ulg'aytirsa, ehtiyot bo'lishi kerak. Chunki bola 6-7 yoshga to'lgandan keyin u bilan hilvatda yolg'iz qolish mumkin emas. Agar u qarama qarshi jins vakili bo'lsa unga qo'l tekkizish tahoratni buzadi.
Payg'ambarimiz Muhammad (s.a.v.s) dedilar: "Kimki yetimni ulg'ayib o'zini eplay oladigan bo'lgunicha boqib katta qilsa, Alloh uni albatta Jannatga kiritadi, agar u Alloh kechirmagan gunohlarni qilmagan bo'lsa" (Ibn Abbos dan)
Abu Darddo rivoyat qiladi, bir kun Payg'ambarimiz Muhammad (s.a.v.s) ga bir kishi kelib yurag bag'ri toshligiga shikoyat qiladi, shunda Rasulalloh unga javoban: "Agar yurakning yumshoqligini (ya'ni mehrli va yaxshilikni istagana yurakni) istasang, unda yetimni boshini mehr bilan sila, va uni (yetimni) qornini to'ygazib qo'y" (Xaysam, Tabaroniy)
Chin dildan bu bolalarni, menimcha, faqatgina shunday og'ir ahvolga (yashash uchun kurashishgacha to'g'ri kelgan) ahvolga tushgan insongina tushunsa kerak. Islom dini musulmonlarga har bir odamga mehr-oqibatli bo'lishni talab qiladi. Biz Yaratganning hukmi bilan tortishishimiz mumkin emas. Lekin buni boshqa tomoni ham bor, ko'pincha onasiz yoki otasiz yoki umuman hechkimsiz qolgan odam tarbiyasiz qolib yomon yo'lga kirishi ham mumkin. Endi esa bir o'ylang, agar unga tarbiya berib, Allohning suyukli bandalaridan qilinsa, uni ulg'aytirganni qancha savoblar kutyapti!
Rivoyat qilishadi, bir kun Payg'ambarimiz Muhammad (s.a.v.s) ning huzuriga kelib dedi: "Mening uyimda yetim yashaydi, uni qanday jazolay?", shunda Rasulalloh: "Sen o'zingni farzandlaringni qanday jazolasang shunday" dedilar, yani qattiq urmasdan, ko'kartirmasdan shu ma'noda.
Agar jismoniy jazolashni o'rniga so'z bilan jazolash imkoni bo'lsa, shu yo'lni tutish zarur. Payg'ambarimiz Muhammad (s.a.v.s) dedilar: "Yetimni kaltaklashganida, uning yig'isidan Allohning Arshi titrab ketar ekan, shunda Alloh aytar ekan "Ey Farishtalarim, kim otasi yo'q (yetimni) yeg'lashga majbur qildi?!" lekin U zot hamma narsadan habardor, shunda farishtalar: "Yo Alloh biz bilmaymiz" deyishadi, shunda Alloh aytadi: "Guvoh bo'ling, kim Men uchun yetimni xursand qilsa, Men uni Buyuk Qiyomat kuni xursand qilaman"" (Ibn Odyi, Kurtubiy)
Hayotda hamma narsa oson, va biz hohlaganimizday bo'lmaydi, chunki bu dunyo musulmon inson uchun butun bir sinovdir. Har bir erini yoqotgan ayol doim o'zini gunohdan tutib turib iblisning "men bolani boqa olmayman" yoki "mehribonlik uyida u uchun yaxshi bo'ladi" degan vasvasasiga ilinib qolmang. Agar gapimga kirmasangiz o'zingizga savol bering: "Men nimani tanlar edim oyim bilan bo'lishnimi yoki mehribonlik uyida katta bo'lishimmi?"
Allohning o'zi bizga hayotning qadriga yetishni o'rgatsin, hamda bolalar ulug' ne'matligini va o'z hohishi bilan boshqa odamga ham ushbu ne'matni berib qo'yishi mumkinligini tushunib yetish nasib qilsin.
Yana aytmoqchimanki odamni odam qiladigan narsalardan biri mehr oqibatdir agar shu fazilatlar bizda bo'lmasa hayvonlardan hech farqimiz qolmashi mumkin. Agar har birimiz kelajakda bir yetimni bahtli qilishni tilasak dunyoda yetim degan so'zni o'zi yo'q bo'lib ketadi.
|