Javlon Shodmonov tomonidan suratga olinayotgan ushbu film avvaliga "Zurriyod" deb nomlangan edi. Lekin keyinchalik "O'xshatmasdan uchratmas" deb o'zgartirildi. Filmda Nigora bilan birga Alisher Uzoqov va Shahzoda Muhamedjanova kabi kinoindustriyamizning nomdor vakillari ham suratga tushishmoqda. Shuningdek, film uchun maxsus saundtrekni O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist Rayhona ijro qilmoqda. Tez orada saundtrekni FM to'lqinlari orqali tinglashingiz mumkin bo'ladi. Filmning katta namoyishi 2011 yilning avvalida bo'lib o'tadi.