Категории раздела

O'zbek Filmlar

Seriallar

Multfilmlar

Konsertlar

Kliplar

MP3 Fayllar

Islamic

Yangiliklar

She'rlar

Hikoyalar

Quyuq Taomlar

Chet El Taomlari

Salatlar

Shirinliklar

Foydali Maslahatlar

Salomatlik Sirlari

Har-Xil

Kulgu

Поиск
Мини-чат
Календарь
Архив записей
Наш опрос
Saytga baho bering !
Hamma javoblar: 1448
Статистика

Главная » 2010 » Dekabr » 18 » YANGI O`ZBEK FILMLARI.. “Farzandim”, “Jigarbandim” va “Zurriyod”...
01:38
YANGI O`ZBEK FILMLARI.. “Farzandim”, “Jigarbandim” va “Zurriyod”...


Sanjar Shodiyev uchun bu yil haqiqatan ham rejissyorlik yili bo’ldi deya olamiz. Axir u birato’la ikkita filmini tomoshabinga havola etdi. Ham komediya, ham dramatik filmi bilan rejissyorlar orasida o’zini isbotlay olgan Shodiyev endi reytingparadda ham munosib o’rin egallashga kirishgan ko’rinadi. Negaki, u hademay yangi "Jigarbandim” nomli filmini ham premera qiladi. Yangi kartinada rollarni Erkin Komilov, Ra’no Shodiyeva, Rixsitilla Abdullayev, Shodiya To’xtayeva, Dilnoza Kubayeva kabi mahoratli aktyorlar ansambli ijro etishyapti. Demak, Sanjar bu gal ham nimalarga qodirligini ko’rsata oladi.

***

Rejissyor Elyor Hoshimovni siz "Keragimsan” filmi orqali yaxshi taniysiz. Oradagi tanaffusdan so’ng rejissyor yana bir yangi ijodiy ishini tomoshabinga havola etish arafasida turibdi. Film nomi "Farzandim”. Shu yerda biroz ajablanarli holat yuzaga keladi. Sanjar Shodiyevning filmi "Jigarbandim” deb nomlangan. Elyor Hoshimovniki esa "Farzandim”. Ikkalasi ham bir xil ma’noni anglatishini inobatga olsak, kimdir bu borada boshqacha nom tanlasa yaxshi bo’lardi degan fikr tug’iladi. Negaki, keyinchalik tomoshabinda chalkashlik yuzaga kelishi mumkin. Hoshimovning filmida Adiz Rajabov, Dilnoza Kubayeva, Ubaydullo Omon, Oybarchin Bakirova kabi aktyorlar suratga tushishyapti.

***

Hayron bo’lsangiz ham shuni aytish kerakki, Javlon Shodmonovning bu gal muxlislarga havola etmoqchi bo’lgan filmi "Zurriyod” deb nomlanibdi. Endi yuqoridagi ikki rejissyorning filmi nomlariga e’tibor qilsak, Javlon Shodmonov ham ulardan bexabar qolganligini kuzatish mumkin bo’ladi. Har uchala filmni kuzatsak va ular haqiqatan bolalarga atalgan bo’lsa, ikki oy oldin rejissyor Abduvohid G’aniyev havola etgan "Dada” filmi bilan 2010 yilda kino olamida bolalar mavzusi urf bo’lganligiga guvoh bo’lamiz. Ammo bu hali shunchaki taxmin xolos. Voqealar rivoji esa bizni aniqroq tashxis qo’yishga imkon yaratadi. Demak, kuzatishda davom etamiz. "Zurriyod” filmida Alisher Uzoqov, Nigora Ismoilova, Shahzoda Muhammedova kabi aktyorlar jam bo’lishgan.

Категория: News/Новости | Просмотров: 1522 | Добавил: shirina | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 4
0  
4 shirina   (18.12.2010 17:04) [Izoh]
happy happy happy

0  
3 shirina   (18.12.2010 01:58) [Izoh]
ARZIMIYDI

0  
2 moon264   (18.12.2010 01:43) [Izoh]
rahmat!!! smile smile

0  
1 shirina   (18.12.2010 01:39) [Izoh]
smile smile smile

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]