Masalliqlar: (6~8ta patir uchun) Xamiri: -2 st sut(400 ml)- xamir qattiqroq bo'lsa ozgina suv qo'sh'sa ha bo'ladi -4-5 st un: o'rtacha yumshoqlikdagi xamir bo'lguncha -1 oshqoshiq to'la tuz -1 oshqoshiq mayonez 1 choyqoshiq xamirturush(instant dry east) -1 ta katta yoki 2ta kichikroq piyoz -eritilmagan mol yo'gi: qancha piyoz bo'lsa shundan sal kamroq mol yog'i (1 kosa to'gralgan piyozga 1 kosadan kamroq mol yog'i) -patirnig yuziga surish uchun 1 ta tuxum
Tayyorlash: Tog'orachaga un,tuz, sut, xamir turush, piyoz, mol yog'i, mayonez solib hammasini yahshilab aralashtirib o'rtacha yumshoqlikda xamir qoramiz. 1 soatga issiq qilib o'rab qo'yamiz.
1 soatdan keyin xamirdan zuvala yasaymiz. 6 ta kattaroq yoki 8ta kichikroq zuvala chiqadi.
Xamirni unlab yoyamiz, unni ko'p sepmaymiz. Listni yog'lab, yoyilgan xamirni ko'chiramiz. Yuziga tuxumning oqidan suramiz. Har bir zuvalani listga solishdan oldin yoyib olgan ma'qul, yo'qsa suv ochib ketadi. "Convention oven(duxovka)"da pishirayotgan bo'lsak, bir pishirishda ikkita zuvalani yoyib, bitta listni duxovkaning 2-qavatiga, boshqaisni 3-qavatiga qo'yib, 250Cga qo'yamiz. Xamirimiz qizarishidan oldin, duxovkadan olib, chiroyliroq bo'lishi uchun ustki qismini mana bunday kesiladi.
Keyin patirning yuzi qizarguncha duxovkaga qo'yamiz(taxminan 10~15 minut). Olib, pastdagini listni yuqoriga, yuqoridagini pastga qo'yib, yana 10~15 minut pishiramiz. Patirimiz tayyor.