Категории раздела

O'zbek Filmlar

Seriallar

Multfilmlar

Konsertlar

Kliplar

MP3 Fayllar

Islamic

Yangiliklar

She'rlar

Hikoyalar

Quyuq Taomlar

Chet El Taomlari

Salatlar

Shirinliklar

Foydali Maslahatlar

Salomatlik Sirlari

Har-Xil

Kulgu

Поиск
Мини-чат
Календарь
«  Oktabr 2010  »
DuSeChPaJuShYa
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031
Архив записей
Наш опрос
Saytga baho bering !
Hamma javoblar: 1448
Статистика

Главная » 2010 » Oktabr » 23 » Xalq allalaridan namunalar
01:53
Xalq allalaridan namunalar

Oyni olib beraymi?

Oyni olib beraymi, alla,
Kunni olib beraymi, alla.
Belanchaging boshiga, alla,
Sara gullar teraymi, alla.
Alla, deyin, o'payin, alla,
Qiyosingni topayin, alla.
Tiling chiqib «non» desang, alla,
Kunda kulcha yopayin, alla.

Oltin beshik oldiray, alla,
Kumush beshik oldiray, alla.
Beshigini yasatib, alla,
Baxmal to'shak soldiray, alla.

Onamanu onaman, alla,
Bolam uchun yonaman, alla.
Bolam tinchlikda o'ssa, alla.
Orzularga qonaman, alla.

Qizil gul novdasidan, alla,
Kamar qilay belingga, alla.
Sochlarim tolasindan, alla,
Bog'ich qilay to'ningga, alla.

Uyonimga qo'yayin, alla,
Bu yonimga qo'yayin, alla.
Guldek shirin isingni, alla,
Hidlab-hidlab to'yayin, alla.

Alla aytsam yayraysan, alla,
Kulib-kulib qaraysan, alla.
Polvon qilib o'stirsam, alla,
Bir kunimga yaraysan, alla.

Jonimning uchi, bolam, alla,
Mehrimning kuchi, bolam, alla.

Hozir dadang keladi

Hozir dadang keladi, alla,
Olma olib keladi, alla.
Bolalarimga deb-o, alla,
Qo'yniga solib keladi, alla.

Shu bolaning dadasi, alla,
Mirpo'stinning sadasi, alla.
Ko zlari xumor-xumor, alla,
To'nlariga ko'z tumor, alla.

Tolyog'ochdan beshigi, alla,
Talpinsa olar dadasi, alla.
Qayrag'ochdan beshigi, alla,
Qiyqirsa olar dadasi, alla.

Alla jonim xadirsa, alla,
Otasi bozor borsa, alla.
Biqin-biqingo'shtolsa, alla,
Yog'-yog'ini yedirsa, alla.

Hozir dadang keladi, alla.
Oyni olib keladi, alla.
Do'mboqlarimga deb-o, alla,
Qo yniga solib keladi, alla.

Havodan uchgan turnalar, alla,
Boshginamdan o'tsalar, alla.
Qanotiga xat yozsam, alla,
Dadajoningga eltsalar, alla.

Qizil gulday ochilgin, alla,
Pista-bodomlar chaqqin, alla
Dadang ishdan kelganda, alla,
Oldiga chopib chiqqin, alla.

Hozir dadang keladi, alla,
Oyni olib keladi, alla.
Do'mboqlarimga deb-o, alla,
Qo'yniga solib keladi, alla.

Kelin bo'lib suzilsin

Oq uzum, oppoq uzum, alla,
Yoshiga yetdi qizirn, alla.
Yuzlariga kirsin gulyuzim, alla,
Erkalab o'stiray o'zim, alla.

Qizil gul tizitn-tizim, alla,
Ikkiga kirsin qizim, alla.
Qoshlari qunduzgina, alla,
Buncha shirin bu qizgina, alla.

Asadda gulning jamoli, alla,
Boshida ipak ro'moli, alla.
Uzoqlardan ko'rin'sin, alla,
Shu qizimning jamoli, alla.

Mayin soching tarayin, alla,
Mayda qilib o'rayin, alla.
Parilarday kelin bo'Igin, alla,
To'yiaringni ko'rayin, alla.

To'ylar kelsin toyi bilan, alla,
Osmondagi oyi bilan, alla
O'rab-chirmab beraylik, alla,
Atlasu shoyi bilan, alla.

Bog'da sayraydi kaklik, alla
Oyoqlari po'paklik, alla.
Qizimga seplar tikay, alla,
Bari toza ipaklik, alla.

Mening bolam yoshgina, alla,
Yonimda yo'ldoshgina, alla,
Qarshidan sovchi kelsa, alla,
Bo'ladi taloshgina, alla.

Alla aytay adida, alla,
Suv keltirsin kadida, alla.
Kadi bog'i uzilsin, alla,
Kelin bo'lib suzilsin, alla.

Ipak bo'lib eshilsin, alla,
Kelin bo'lib qo'shilsin, alla.

Xalqqa vafodor bo'Igin

Aylanayin allasi, alla,
Qachon tegar foydasi, alla?
Qarog'im katta bo'lsa, alla,
Shunda tegar foydasi, alla.

Ulg'ay bolam, gul Vatanda, alla,
Botir bo'lib o'sgil qo'zim, alla.
Seni ko'rib bu chamanda, alla.
Yayrab quvonay, yulduzim, alla

Ko'z tutar xalq, butun o'Ika, alla,
Kelajagim, orzum deb, alla.
O'sib, burka uni gulga, alla.
Katta bo’Igach, qarzim deb, alla.

Alla bolam, sher ekan, alla,
Urush qursin, der ekan, alla.
Urush bo'lgan joylarda, alla,
Polvonlardan zo'r ekan, alla.

Alla desam bor bo'Igin, alla,
Menga nomus-or bo'Igin, alla.
Katta bo'lgan chog'ingda, alla,
Xalqqa vafodor bo'Igin, alla.

Shu o'glim bir qizil guldir, alla,
Gulga qo'ngan bulbuldir, alla.
Qizil gulim so'Imasin, alla,
Shiringinam o'Imasin, alla.

Bolajonim bag'rimda, alla,
Erkalayman yayratib, alla.
Vatanimning bog'ida, alla,
Bulbul qushdek sayratib, alla.

Ko'chalarda o'ynab yursin, alla,
Maktablarda o'qib kelsin, alla.
Mulloyu mudarris bo'lsin, alla,
Martabasi ulug' bo'lsin, alla.
Категория: HAR XIL | Просмотров: 1212 | Добавил: Kelinchak | Рейтинг: 3.3/3
Всего комментариев: 9
0  
9 MrIslombek   (27.02.2011 04:54) [Izoh]
cool happy

0  
8 MrIslombek   (27.02.2011 04:54) [Izoh]
surprised

0  
7 MrIslombek   (27.02.2011 04:54) [Izoh]
wink

0  
6 MrIslombek   (27.02.2011 04:54) [Izoh]
rahmat

0  
5 MrIslombek   (27.02.2011 04:54) [Izoh]
qoyil

0  
4 MrIslombek   (27.02.2011 04:54) [Izoh]
zor

0  
3 moon264   (15.12.2010 00:19) [Izoh]
rahmat!

0  
2 moon264   (15.12.2010 00:18) [Izoh]
smile smile

0  
1 ShaBnaM_Uz   (24.11.2010 16:27) [Izoh]
smile

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]