Masalliqlar(4 kishi uchun): -300gr qiyma go’sht(yoki mayda to’g’ralgan) -2 dona piyoz -2dona kartoshka -1dona pamildori -1donadan sabzavotlar: sabzi, bolgarskiy, baqlajon va hkz -tuz, ziravorlar -3o-q o’simlik yog’i Tayyorlash: Avval vermishelni qaynagan tuzli suvga qaynatishga qo’yib qo’yamiz. Barcha masalliqlarni mayda kubik shaklida to’g’raymiz. Past olovda qizigan yoqqa piyozni solib, 1daqiqacha qovurib, so’ng go’shtni solamiz va oqargandan so’ng 5-6daqiqa dimlab qo’yamiz. So’ng kartoshkani solib, yana 5-6 daqiqaga dimlab qo’yamiz. So’ngra sabzavotlarni solib, biroz qovurib, ketidan po’sti archib maydalangan pamildorini solamiz va suvi ketguncha qovuramiz. 1stakan suv solib, 10daqiqa qaynatamiz. Vermishelni suvidan suzib, darxol qaylamizga solamiz va aralashtirib, qayla olovini o’chiramiz. So’ng likopchalarga tortamiz. Alloh yaxshilik bersin! |