Unsiz yig'lamoqdan o'zga chora yo'q, Qalbingga qadalsa armon degan o'q. Baxtlilar ko'p, baxtlilarning ko'ngli to'q, Men shu baxtga yetolmayin adoman, Sabolarga singib ketgan sadoman. Kimga keng-u, kimlargadir tor dunyo, Koshonasi vayronasi bor dunyo. Asli ko'ngli, muhabbatga zor dunyo, Bu hayotga tushunmayin adoman, Sabolarga singib ketgan sadoman. Tog'larni titratib so'zga kirsa tosh, Tongda umid quyoshi ko'targanda bosh, Taqdir sinoviga berolmay bardosh, Ko'z yoshlarim to'xtatolmay adoman, Sabolarga singib ketgan sadoman. Bu kun tutay senga alvon gullarni, Duolarga ochgin endi qo'llarni. Alloh bersin bizga yorug' yo'llarni, Haq vasliga yetolmayin adoman, Sabolarga singib ketgan sadoman.