Yosh aktyorlar orasida yashin tezligida xalqimiz-tanilib, o`ndan ortiq rollarni ijro etgan Ulug'bek Qodirov bilan bog'lanish oson emas. Xamisha ishi ko'pligini baxona qiladigan bu aktyor bilan suxbatlashih uchun kamida o'n kun uni izlashingiz kerak. Muxlislarning talab va istaklarini inobatga olib, qiyinchiliklarga qaramay aktyor bilan bog'landik.
Suhbat "Ayyol Qalbi" gazetasidan foydalanildi
- Ulug'bek, bir necha oylik mehnat maxsulingiz ham katta ekranlarga chiqdi. Fil'm premerasidan keyin o'zingizni qanday his qilyapsiz?
- Odatdagidek (kulib). Har qanday aktyor fil'm premyerasi kuni xayajonlanadi. U muxlislar qanday kutib olishar ekan, ma'qul kurishmasa-ya, degan savollarga javob izlaydi. Albatta, men ham har bir premeradan oldin ko'nglimdan shu kabi hislarni o'tkazaman. Ayniqsa, ekranlarda bir muddat ko'rinmaganimdan keyin ijodimda biror yangilik bo'lishi kerak. Bundan oldin xonanda Shaxzoda bilan "Sarvinoz" va "Fotima va Zuhra" fil'mlarida partnyor bo'lganimiz uchun sur'atga olish ishlari u darajada qiyin kechmadi. Xali fil'm haqida birorta salbiy fikr eshitmaganim uchunmi, xozir kayfiyatim a'lo darajada!
- Demak, tanqidlarni ham kayfiyatingizga bevosita ta'sir etar ekanda?
- Tanqidga munosabativ ijobiy. Faqat ko'nglingizga og'ir botadigan, g'ashingizga tegadigan asossiz tanqidlardan bezor bo'lganman.
- "Majruh" fil'midagi qaxramoningizning kamchiliklarini xam ko'ra oldingizmi?
- Anglab yetgan kamchiligimni hech kimga aytmayman. Faqat kelgusi ishlarimda ularga yo'l
qo'ymaslikka xarakat qilaman. Albatta, "Majruh" fil'mida hamkamchiliklarim bor. O'ylaymanki, sezgir va aqlli tomoshabin buni anglab yetadi.
- Abduvohid G'anievning "Dada" fil'mida ham sura'tga tushdingiz. Xo'sh, sizningcha,
qay biri muvaffaqiyat qozon adi? "Dada"mi yoki "Majruh"?
- Bu fil'mlar g'oyasi jixatidan bir-biridan farq qiladi. Eng muhimi, ikki rejissyorning ham tomoshabinga aytmoqchi bo'lgan gapi bor. Nasib qilsa, "Dada" fil'mining premerasi shu oyning oxirlariga muljallanayapti. Ularning qay biri muvaffaqiyat qozonishini esa tomoshabin belgilab beradi.
- Sizning bir muddat ko'rinmay qolganingizga avlodlar almashinuvi ham sabab bo'lmadimi? Nazarimda, Ulurg'bek va Farrux qaysidir ma'noda o'z o'rnini Alisher vaAdizga bo'shatib bergandek?
- Yo'q,oridagi ikki fil'mlarda suratga tushish bilan band bo'lganim uchun ham bir necha oy ekranlarda ko'rinmadim. Balki bu haqiqatdan ham siz aytgandek, avlodlar almashinuvidir (uylanib). Lekin men o'zimni davri o'tgan aktyor deb xisoblamayman. Shukrki, o'zimga yarasha muxlislarim bor. O'zgalarning ortidan gapirishni yomon ko'raman. Alisher va Adizga omad tilayman.
- Mashhurlik shahsiy hayotingizga ta'sir etayotganini xis qilasizmi?
-Albatta. Lekin ana shu mashhurlikni bir paytlar orzu qilardim. Bugun esa biroz charchadim. Manmanlikka yuymang-u, ko'chada o'z ixtiyoring bilan bir qadam tashlolmaysan. Xalq, seni "kontrol" qilayotgandek bo'lib tuyuladi. Shou-biznesdagi ikir-chikirlarning shaxsiy xayotga ham kirib borishi juda achinarli xol. Chunki san'atkor ham oila kurishga, farzand tarbiyalashga xaqli. Ba'zan uning ham majburiyatlariga buysunishdan boshqa ilojing bo'lmay qolarkan.
- Aktyor va xonandalarda tartib bo'lmasligi ham rostmi? Olaylik, siz ham aytilgan vaqtda suxbatga yetib kelmadingiz? - Ijordkor ahlida tartib bo'lmasligi rost.Shifokor aynan qaysi soatlarda bemorlarni qabul qilishi ma'lum. Shu vaqt mobaynida bemorning kasalligini o'rganib, uni davolaydi. Lekin aktyor hamisha aytilgan zahoti rolni ko'ngildagidek qilib o'ynolmaydi. Chunki u ijod. Uning aniq bir formulasi yo'q,. Ba'zan sur'atga olish ishlari tungacha chuzilib ketadi. Shunday kezlari men uchun tong 11-12 larda otadi. Boshqa paytlari esa soat8 da uyg'onaman. O'ylaymanki, suhbatga nega kechikkanimning sababini bilib oldingiz (kulib).
- Mashsurlikka erishganingizdan keyin "do'stlaringiz" ham ko'payib qolgandir?
- Bu hol faqat san'at korda emas, boshqa kasb sohiblarida ham uchraydi. Ulardan uzoqda bo'lishga harakat qilaman. Mendan foydalanadigan "manfaatparast"larni ko'rgani ko'zim yo'q,.
- Xayotingizni san'atkor ayol bilan bog'lashga ko'zingiz yetadimi?
- (Uzoq o'ylanib). Bu faqat menga emas, balki boshqa san'atkorlar uchun ham
eng qiyin savol bo'lsa kerak. Chunki san'at bilan oilaning bir-birini rad etadigan jihatlari bisyor. Albatta, taqdiringizda bitilgandan qochib qutilolmaysiz. Lekin, meni san'atkor bilan oila qurishim juda qiyin masala.
- Ayollardagi qaysi fazilatni qadrlaysiz?
- Onalik mehriga xech narsa yetmaydi. Uning birgina jussasida bolasiga nisbatan dunyolarni to'ldurgudek mehrni ko'rib tan bermay ilojim yo'q, O'zimni ulg'aydim, deb hisoblasam ham haligacha onamga sirlarimni, dardimni aytib yengil tortaman. Onam bilan kupgina jihtlarimiz o'xshash bo'lgani uchun dardimni o'zimdek his qila oladilar.
- Siz uchun hayotda eng muhimi?
- Manmanlikka yuymang-u, o'z kamchiliklarini aytib, yerga uradigan odamlar toifasiga kirmayman. Kamchiligimni o'zim his qilsam yetarli. Shuning uchun xam xayotda o'z menini saqlab qolgan "Ulug'bek Qodirov" bo'lib qolmoqchiman. Shunda kimgadir taqlid qilishning ham hojati bo'lmaydi.
- Xamkasblaringizning sizga nisbatan "Ilgarigi Ulug'bek emas", degan fikrlarini eshitib qolamiz. Chindan ham Ulugbek o'zgarganmi?
- Bu ularning fikri. Men hali ham o'sha .Ulug'bek ekanligimni o'zim his qilib turibmanmi, shuning o'zi kifoya. Axir har kim erkin fikr bildirishga xaqli-ku!
- Fil'mlardagi qaysi "partnyor"'laringizning ruhiyati sizga yaqin?
- Menikiga xech birining ruhiyati va dunyoqarashi uxshamaydi. Agar o'sha hamkasblarim bilan ruhiyatim o'xshash bo'lganda o'zgarmaganimni anglab yetishardi.