250gr margarin 250 gr smetana 4 ta tuxum 1 kg un 500 gr go`sht 2-3 dona piyoz kartoshka
250 gr margaringa 3 st, un solib o`qalanadi, yarim qoshiq tuz solib, yahshilab aralashtiriladi. 250 gr smetana yoki yog`li qatiqqa 1 choy qoshiq soda solib ko`pirtiriladi va 4-5 ta tuxum sarig`i solib, o`rtacha yumshoq hamir qoriladi. Hamir 0,5-1 soatcha sovutgichda tindiriladi. Tingach hamirni 2 ga bo`lib, o`rtacha qalinlikda to`g`ri to`rtburchak qilib yoyiladi, 2 sm. li lentalar kesib olinadi. Tayyor qiymani kichkina kotletchalar qilib hamir ustiga qo`yib, ''spiral'' shaklida o`raladi va quruq gaz patnisiga terib chiqiladi. Ustiga tuxum sarig`i surtib, sedana sepiladi. O`rta olovda 30-35 daqiqa davomida pishiriladi. QIYMASI 500 gr go`sht 2 marta, 2-3 ta piyoz 1 marta, kartoshka 2-3 marta go`shtqiymalagichdan chiqariladi. Tabga ko`ra tuz, zira,murch qo`shiladi