Masalliqlar:
Hamiriga:
- 4 stakan elangan un
- 60g eritilgan saryog’ yoki margarine(man margarine bilan qildim)
- 1 tuhum
- 0,5 choy qoshig`ida tuz
- 1 stakan issiq suv
Sousiga:
Qiymasiga:
- 500-600g qiyma
- 1 piyoz
- 113g saryog’ (yufkalarga surtish uchun)
1. Qiymani olib, tavaga ozgina yog` solib dimlab pishiramiz, birozdan keyin piyoz solsangiz ham bo`ladi.
2. qopqog`ini yopib xamir qorishni boshlaymiz. Idishga elangan unni solib, o`rtasini o`yib suv, yog`, tuz, tuhumni solib
Yumshoq hamir qorishni boshlaymiz, hamirimiz mayingina bo`lgunga qadar mushlaymiz.
Hamirimizni bostirib, 30 daqiqaga dam olishga qo`yib qo`yamiz.
Hamir damini olguncha Sousimizni tayyorlab olamiz.
Qatiq+tuhumni yaxshilab aralashtirib, chetga olib qo`yamiz
Xamirimizni 6 zuvalachaga bo`lamiz va har bir zuvalachani imkon qadar yupqa qilib yoyamiz.
* Bu xamir judayam yumshoq bo`lganligi uchun yoyishda, un o`rniga krahmal ishlatsangiz xamir yanada mayin va yupqaroq yoyiladi.
Oldin 2 ta zuvalachani tarelkadan sal kattaroq yoyib, yaxshilab krahmallagandan keyin,
ustma-ustiga qo`yib
2 yufkani bir qilib yoydim(yupqaroq bo`lishi uchun)
Qo`rqmang, krahmal tufayli hamirlar bir biriga yopishmaydi.
Yanada yupqa bo`lishi uchun qo`lim bilan ham biroz ishlashga to`gri keldi, shunaqangi mayin, yoqimli xamir bo`ladiki, bu xamir bn ishlab hecham charchamaysiz.
Endi yufkalarni eritilgan saryog’ bilan yog`lab chiqamiz
Va o`rtasiga(rasmdagiday) qilib qiymamizni solamiz
va rulet shaklida o`raymiz.
Har bir zuvalachamizni shu tarzda yoyib, o`rab bo`lgach manabu tarzda Doira shaklidagi (tort uchun qolibga, yoki tavangizning tutqichi olinadigan bo`lsa tavaga) idishga joylab ustiga hali tayyorlab qo`ygan qatiq va tuhumli aralashmani bir tekis qilib solib, 180C ga (375F)qizgan duhovkamizda 45 minut pishiramiz
Yoki usti qizarguncha.
Pishgan Borekning ustini fol’ga bilan kamida 15 daqiqaga yopib qoyamiz.
Mana endi dasturhonga tortsak ham bo`ladi. Ochiq ishtaha
Eslatma: Asl receptda qiyma o`rniga pishloq solingan edi, man qiyma bn qilib ko`rdim juda mazali chiqdi. Ismaloq (Shpinat) bilan ham, pishlok bilan, qovoq, kartoshka va uzingizga yoqqan hohlagan qiyma bn pishirish mumkin.
Mana bu Ismaloqlik borek