00-Tohir Sodiqov 1973 yil 1 iyulda Toshkent shahri, Sobir Rahimov tumani, Langar ko'chasi, 12-uyda tug'ilgan. -Eski Jo'vadagi masjidning orqasida joylashgan bog'chaga borgan (bog'cha xotirotlari esida, faqat raqami emas). -Otasi - Sodiqov Bahromjon Sobirovich - uchuvchi, zahiradagi ofiser edi. -Onasi - Sodiqova Gulnur Mansurovna (xalq xo'jaligi institutini tamomlagan), uy bekasi. -Tohir Toshkent shahridagi 41-maktabda tahsil olgan. -Oliy o'quv yurtini tugatmagan, mutaxassiligi yo'q. -Ma'lumoti o'rta. -O'z qo'shiqlarini sevib tinglaydi. -Sevimli aktyori - Obid Asomov. -Uylangan yili va ilk ota bo'lgan kunini sir tutadi. Biroq ikkala kun ham unga ulkan quvonch olib kelgan. Baxtli sana sifatida yodga oladi. -Shiori: "Yaxshi insonga boringni ayama”. -Va'dabozlikni yomon ko'radi. -Bir so'zli insonlarni hurmat qiladi. -Hech bir xonandaga tanqidiy fikri, g'arazi yo'q. Chunki, Tohir Sodiqovning fikricha, hamma o'zicha to'g'ri. - "Yaxshi qo'shiqqa klipning hech ham keragi yo'q. Sevimli qo'shiq klipsiz ham sevimli bo'lib qolaveradi”. -"Bolalar” guruhi 1989 yilning kuz oyida Ruslan Sharipov tashabbusi bilan tashkil topgan. -Guruhning ilk albomi - "Esingdami sening...” -Bolalar”ning birinchi ofisi "Bolalar shou” firmasida bo'lgan ("Yoshlik” metro bekati yonida). -Guruhning ilk a'zolari: Tohir Sodiqov, Husan Sodiqov, Tofik Marduxaev, Bahodir Po'latov, Toir Odilov, Ruslan SHaripov, Nargiza Zokirova, Javohir Zokirov. -"Bolalar”ning plastinkasi 1992 yilda chiqarildi. "Bolalar-shou” firmasida. -"Bolalar”ning aranjirovkachisi Ruslan Sharipov, qo'shiqlar muallifi Tohir va Husan Sodiqovlar bo'lishgan. -"Bolalar” "O'zsport” birlashmasiga qarashli edi. -Guruh a'zolariga maoshni Ruslan Sharipov bo'lib bergan. Har bir konsertdan o'zi va Nargiza Zokirovaga 50 rubldan, Husan Sodiqov va Tofik Marduxaevga 25 rubldan, boshqalarga 15 rubldan taqsimlangan. -Tohir Sodiqov AQSH, Fransiya, Angliya, Turkiya kabi chet davlatlarida bo'lgan. -"Bolalar”ning birinchi muxlislari - 41-maktab o'quvchilari. -Guruh ilk marotaba 1990 yil 23 fevral kuni "Alpomish” sport saroyi (hozirgi "O'zko'rgazmasavdo” markazi)da katta sahnaga chiqqan. -"Bolalar” 2000 yilgacha O'zbekiston va qator hamdo'stlik davlatlari bo'ylab yiliga yuzlab konsertlar bergan. Olti yildan buyon esa O'zbekistonning o'zida qirqdan ortiq konsertlar beryapti. -Tilagi: "Vaqtni bekor o'tkazmaylik. Hammasi o'tib ketaveradi. Hayotning har bir lahzasidan unumli foydalanaylik. Ertaga hayotga shunchaki kelib-ketdi emas, balki YASHADI, degan nom qoldirishga intilaylik, o'tkinchi dunyoda nomimiz YAXSHI INSON sifatida abadiy qolsin! |