To'rt "QOPCHA"
Oldindan etib o'tsam,avtori men emas,man faqat bajaruvchi.
Shunday qilib o'sha kuni 2ta qopcha qildim,1-zakaz, 2-mehmonga.
Oldindan pishirilgan biskvitni tepasidagi va pasidagi qirralari kesib olinadi.Kesmalarni olib qo'ying!!!
Bo'laklarga bo'lib,orasi kremlab olinadi.
Xaligi bo'laklarni bir idishga solib
krem bilan aralashtirib olinadi.
E'tibor bering,massangiz suyulib ketmasin!
Shu massa to'rtning ustiga shunday surtilsinki, to'rtning usti dumaloqsifat bo'lsin.
To'rt muzlatgichda muzlagunicha, ganash tayyorlanadi.
Ganash kremsifat bo'lib sovuganidan keyin tortning ustiga suruladi.
Keyin issiq pichoqda tekkislanadi
To'rt muzlatgichga qo'yilib,mastika tayyorlanadi.Tayyor mastika yoyiladi va setkaning izi tushuriladi.
Agar tanigan bo'lsangiz bu "москитная сетка".
To'rtning ustini mastika bilan yopamiz
Manda mastika rang bilan yaxshi aralashmagani ko'rinib turibdi,chunki shoshayotgan edim,keyin baribir bilinmaydi.
Ortiqchasi kesib tashlanadi va buklab-buklab
pichoqda to'rtning tagiga qayirib qo'yiladi.
Idishga
suv solinadi va kraska qo'shiladi.Toza lattacha shu kraskali suvda
namlanib, to'rtning ustiga surtiladi.Hamma yog'iga surib qo'yib keyin
rossa qiynaldim.Keyingi tortimda hamma yog'ini ho'llamaganim uchun
osonroq bo'ldi
Qolgan xamir yoyilib, tasma kesib olinadi.
Tasmani yopishtiramiz va tagiga folga qo'yamiz
Xamirdan qopning arqoni yasab olinadi
.Folga olib tashlanadi va o'rniga arqon boylanadi.Ustini xoxlagan narsangiz bilan to'ldirsangiz bo'ladi.
To'rt "QOPCHA"-ikkinchisi.
Bu ham qopcha,lekin ichi boshqacharoq.
Shunday
qilib 4-burshak biskvit pishirib olamiz.Maniki 8ta tuxumli,razmeri
27.5ga 21.5 Biskvitimiz yumshoq chiqishi juda muhim,iloji boricha
chetlari qotib chiqmasin.
Shu turishida bo'laklarga bo'lib olamiz.
Xar bo'lagini olib,propitkalab,kremlab olamiz .
O'rtasidan 2ga bo'lib olamiz.
Shu bo'lakchani olib o'rab ketaveramiz.
Keyin 2chi qavatini yasaymiz.
2chi qavati 1chisidan kattaroq bo'lishi kerak.
Keyin 3chi qavatini yasaymiz.
3chi va 1chi qavatini razmeri bir xil bo'lsin.O'rtadagi 2chi qavati ozgina chiqib turishi k-k.
Qarasam yana 3ta bo'lak qolibdi.Kremladimda o'rtasidan bo'lmasdan o'rab qo'ydim.
Kichkinagina to'rtcha bo'ldi(adamizni ham nasibalari bor ekan)
Adamiz :"Yaxshi chiqibdi, faqat kremi ko'proq b-b qolipdi"-dedila.
Mehmonga olib ketganimizni kremi normal edi.
Kichkina to'rtni qilgunimcha kattasi morozilkada ozgina muzlab oldi.
To'rtni olamizda, chiqib qolgan qirralarini kesib tekkislab olamiz.
Xaligi bo'laklarga ozgina krem aralashtirib,to'rtni ustiga suramiz.
Teshiklani berkitib surilganidan so'ng,to'rtni dumaloq qilishimiz k-k.
Biskvit kakaoli bo'gani uchun,ganashni xam qora shokolatdan qildim.
To'rtni mastika bilan qoplaymiz va tasma yopishadigan joyini ho'llab olamiz.
Bundan oldingi to'rtda hamma yog'ini ho'llaganimda ,tasmani yopishtirayotib rossa qiynalgan edim.
Tortimiz tayyor.
O'zi
originalida chekkasida yamog'i bo'lishi k-k edi.Bizani olib ketishga
akam kelib qolgan edila, shosha-pisha rasmga ovalishga ulgurdim
xolos.Tayyor to'rtni ko'rib rosa xayron b-b "bu nima"-deb
so'radila.To'rt desam,
-qani?
-o'zi
-ichidami?Ustidagisi olib tashlanadimi?
-yo'q ,hammasi yeyiladigan.
-noni bormi ichida?
-ha aka albatta biskviti bor,oddiy to'rtde faqat yasatilishi boshqacha.
-aaaa...
Keyin uyda oyimla ham xayron bo'ldila,ayniqsa kesilganidan keyin.
Bir necha kundan keyin zakaz tushdi.Ana o'shanda yamog'ini ham qilindi.
Yaltiroq
qilganimni sababi,klient "iltimos, rosa shiroyli qilib bering.Bu
bo'lajak kelinimizning tug'ilgan kuniga kuyovdan sovg'a"-deyishgani
uchun.
Yamog'i
2ta edi:1chisi yozuvli,2chisi oddiy.Qopchani rangi to'q bo'lgani uchun
shokoladli yozuv uncha ko'rinmas ekan.Tezda lemon sharbatiga sax.pudrani
qo'shib , och sariqga bo'yab,shok-li yozuvni o'chirib boshqatdan yozib
bo'lgan edim,kliyentla kelib qolishdi.Rasmga olishga ulgurmadim ham.Mana
bugun telefonda raxmat etib qo'yishdi.Juda xursand bo'ldim.