Главная » 2010»Dekabr»7 » Tilloga teng maslaxatlar (Bilib qo'ygan yaxshi)
04:45
Tilloga teng maslaxatlar (Bilib qo'ygan yaxshi)
Quydagi
tilloga teng maslaxatlar TTA biokimyo kafedrasi muallimlari Hojimetov
A. va Axmadaliyev N. lar tomonidan ma’ruza va amaliyot darlarda
berilgan. Xayotda nafaqat shifokor, balki o’z sog’ligi uchun qayg’urgan
xar bir inson uchun asqotadi bu maslaxatlar.
Nega odamning "jig’ildoni qaynasa” mineral suv ichadi? Sababi,
oshqozonning pilorik sfinkteri ochilishi uchun oshqozon va 12 barmoqli
ichakning pH muhiti bir-biriga yaqin bo’lishi kerak. Mineral suv aynan
shu muhit, ya’ni oshqozon pilorik qismidagi muhitni 12 barmoq
ichaknikiga yaqinlashtirib beradi, sfinkter ochilib, oshqozonda turib
qolgan ovqat luqmasi (ximys) ichakka o’tadi. Lekin mineral suv
so’rilishda ishtirok etmaydi.
Nonni quruq o’zini emas, balki
bo’ktirib yegan ma’qul. Chunki, quruq o’zi yeilgan non oshqozonga
tushgach kislotali oshqozon shurasini shimib oladi ava xazm bo’lishi
qiyinlashadi.
Moshli ovqatga go’sht qo’shib bo’lmaydi. Chunki,
ularni parchalovchi ferment bitta bo’lib, bunday hollarda ikkalasi
"talashib” qoladi. Bu "kurash”da go’sht "yutib chiqadi” va moshni
parchalovchi ferment kamayib qoladi. Natijada uning xazm bo’lishi
qiyinlashadi.
Shunday xolatlar bo’ladi: Bemor podagra bilan
kasallangan, og’riq yurak sohasida xam bo’lishi xam mumkin (o’zi podagra
siydikda siydik kislota ko’p chiqishi oqibatida yuz beradi) Buni
ko’rgan shifokor yurakka quvvat berish uchun riboksin buyuradi. Riboksin
parchalanishlar natijasida siydik kislota hosil bo’ladi. Qarabsizki,
vrach siydik kislotani kamaytirish o’rniga uni ko’paytirib yuboradi.
Tor oyoq kiyim kiyishning zarari nimada? Qonda siydik kislota Na+ bilan qo’shilib tuz hosil qiladi va bu tuz suvda erimaydi. Bu tuz barmoqlar siqilgan joyga kelganda shu yerda to’planadi va o’riq beradi.
Odam
chuqur nafas olib sekin chiqarishi kerak. Chunki, CO2 ko’p jarayonlar
uchun zarur. Agar nafas tez chiqarilib yuborilsa organism CO2 dan
foydalana olmaydi va kerakli CO2 uchun buyrakka "murojaat qilishiga”
to’g’ri keladi.
Qalqonsimon bezni operatsiya qilayotganda juda ehtiyot bo’lish kerak: 1. Qalqonoldi beziga zarar yetkazmaslik kerak 2. Qalqonsimon bez juda ko’p qon tomirlar bilan ta’minlanganligi tufayli qon ketishdan ehtiyot bo’lish kerak 3.
Agar bu bezning bir bo’lagi qonga tushib qolsa, organism unga yot jism
sifatida qarab, antitelo ishlab chiqaradi va autoimmune holat kelib
chiqadi.