Sukunatning bag`ri mening oshyonimdir, Yolg`izlikni suyib qolgan telba qizman. Diydorlardan dil qonishi armonimdir, Nima qilay, siz suymagan Telbangizman!!!
Oy o`rog`i nigohimi tilar tunlar, Qarog`idan qon sachragan ojiz ko`zman. SanamJonlar menga havas qilmasinlar, Qalbi kemtik, siz suymagan Telba qizman!!!
Ostonangiz chertib o`tdim shomu sahar, Nazdingizda bir tilamchi lo`li qizman. Bilmaysiz-da, so`raganim mehr zarhal, Nima qilay, siz suymagan Telba qizman!!!