Категории раздела

O'zbek Filmlar

Seriallar

Multfilmlar

Konsertlar

Kliplar

MP3 Fayllar

Islamic

Yangiliklar

She'rlar

Hikoyalar

Quyuq Taomlar

Chet El Taomlari

Salatlar

Shirinliklar

Foydali Maslahatlar

Salomatlik Sirlari

Har-Xil

Kulgu

Поиск
Мини-чат
Календарь
«  Oktabr 2010  »
DuSeChPaJuShYa
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031
Архив записей
Наш опрос
Saytga baho bering !
Hamma javoblar: 1448
Статистика

Главная » 2010 » Oktabr » 28 » Tavba nima?
23:12
Tavba nima?

Bilgilki, tavba uch bosqichdan iborat, birinchi bosqich ilm , ikkinchi bosqich xol va uchinchisi fe'l. Bu bosqichlarning xar biri o'zidan keyngi bosqich uchun zariratdir.Chunki Ollohning mulk va malakutga joriy etgan qonunidagi uzluksizlik shuni taqozo qiladi.
Ilm - gunohlar tufayli sodir bo'lib, banda bilan uning suyukli narsalari orasini to'sadigan ulkan zararni anglash.Bu ulkan zararni to'la anglagan kishi qalbiga g'olib bo'ladi.Bu anglash suyukli narsasini boy bergan qalbda alam-og'riq paydo qiladi.Qalbda yo'qotish xissi otgani sayn alamning shiddati ham kuchayadi.Mahbubini o'zining bir yomon fe'li sabab boy bergani uchun qalb afsus chekadi.Qalbning bu og'rig'i - nadomat deyiladi.Og'riq ichkarini butunlay egallab olganidan so'ng qalbda iroda va qasd deb atalgan o'zgacha bir xolat namoyon bo'ladi(qasd-gunohni tark etishni maqsad qilish, shu maqsad tamon qadam tashlash).

* * *


"Ilm", "nadomat" va "qasd" so'zlarining xar biri alohida ma'no va darajaga ega."Tavba"so'zi esa bu ma'nolarning barchasini qamrab oladi. Ko'pincha , tavba deylganda faqat nadomat ma'nosi tushuniladi. Ilm nadomatdan oldin xosil bo'ladigan , gunohni tark qilish esa uning mevasi, unga ergashib keladigan tobe' sifatida e'tibor qilinadi.Rasululloh sallolohu alayhi vasallam;"Nadomat tavbadir ", deganlar. (Bu xadisni Ibn Moja , Ibn Xibbon va Xakimlar Ibn Mas'uddan rivoyat qilishgan)Zotan, nadomat chekish pushaymonni paydo qiladigan ilmdan va unga ergashib keladigan azmdan holi emas. Demak, nadomat xam xosil beruvchidir.Shu e'tiborga ko'ra, tavbaning chegarasi haqida shunday deyladi;"Tavba faqat alam og'rig'inig o'zigina emas, balki o'tgan xato tufayli qalbning erishidir".
Yana aytiladi: "Tavba qalbda yolqinlanayotgan olov, jigardagi bo'laklarga bo'linmas yorilishdir ".Gunohni tark etish ma'nosiga ko'ra, tavbaning chegarasi xaqida yana shunday deylgan ; "Tavba -jafo libosining echilishi, vafo gilamining to'shalishidir".
Saxl ibn Tustariy deydilar;"Tavba mazmuma(yaramas)harakatlarni mahmuda (maqtovli) harakatlarga o'zgartirishdir. Bu ish faqat xilvat, su[tahrir] va xalol eyish bilan komil suratda amalga oshadi".

* * *

Tavbaning vojibligi va fazilati

Bilgilki, tavbaning vojibligi oyat va xabarlarda bayon qilingan .Basirati,yani ,idrok va zehn quvvati ochilgan kishiga bu narsa kunday ravshan.

Olloh ko'ksiga iymonni joylagan inson uning nuri bilan oldidagi jaholat zulmatlarini yorib o'tishiga,xar qadamda dovdirab,etakchiga extiyoj sezavermasdan ,sabot bilan dadil yurishga qodir bo'ladi.

Shunga ko'ra, solik, yani, ohirat yo'lchisi ikki hil; ko'zi ojiz kishi kabi doimo, xar qadamda etovga muhtoj bo'lishi yohud avval xidoyat topib, so'ng nafsini hidoyatga boshlaydigan basirot soxibi bo'lishi mumkin.

Tavbaning yana;"darhol gunohlarni tark qilmoq", "kelajakda gunohni takrorlamaslikka azm etmoq", "o'tgan hatolarni o'nglamoq", kabi ma'nolari bor.

Darxaqiqat , o'tgan hatodan pushaymon bo'lib , g'amga botish musulmon uchun vojibdir. Bu xol-tavbaning ruhi, u bilan o'nglanish kamolga etadi. Shunday ekan , tavba qanday vojib bo'lmasin ?!

Tavba shunday og'riqki, u bekor o'tayotgan umrni xis qilish , Ollohning g'azabi ostida zoe' bo'layozgan bebaho ne'mat-o'tgan va o'tayotgan kunlarni o'ylab , qonli yoshlar to'kishdir.

Agar sen ;"Qalb og'rig'i ihtiyoriy emas, zarurat tufayli tug'uladi.Shunday ekan , qanday qilib , u vujub sifati bilan sifatlanishi mumkin?"desang , javobshuki, mahbub narsaning qo'lidan ketganini anglash qalbga azob beradi. Bu og'riqda og'riqning sababi tamon yo'l bor. Huddi shuningdek , ilm, ya'ni, gunohning xalokatli ekanini anglash -vujubda, ya'nu, tavbaning vojibligi ichida mavjud.Bundan zinhor, "banda ilmni yaratadi va uni ongida paydo qiladi , degan ma'no kelib chiqmasligi kerak.

"Axir banda biron ishni qilish va qilmaslikda ihtiyorli emasmi?" desang , ayatmiz ;xa, bandaga ihtoyor berilgan. Lekin bu gap ushbu; "Butun borliqni Olloh ta'olo yaratgan , ihtiyor ham Ollohning xilqati.Banda o'ziga berilgan ihtiyorga muhtoj qilib yaratilgan ", degan so'zimizga zid emas.

Olloh ta'olo sog'lom qo'lni va shirin taomlarni yaratdi.Oshqozonda taom uchun istakni , qalbda taomning istakni qondirish xaqida xabar beruvchi ilmni yaratdi.Shu bilan birga, "taomda zarar bo'lishi mumkinmi, uni tanavul etishga monelik qiladigan sabab yo'qmi?"degan kabi ziddiyatli o'y-fikrlarni xam yaratdi.Yana o'sha taomni tanovul qilishga mone' bo'ladigan sababning yo'qligini bildiradigan ilmni ham yaratdi. Bu sabablar jamlanganidan so'ng iroda "taomni tanovul qilish mumkin ", degan to'htamga keladi.

Xar xil o'y-fikrlarning taraddudidan keyin, taom uchun xoxish voqe bo'lganidan so'ng yuzaga chiqqan irodaning to'xtami ihtiyor deb nomlandi. Ihtiyor xosil bo'lishi uchun uning hamma sabablari ohirigacha yuzaga chiqishi lozim.

Olloh ta'olo tarafidan yaratilgan iroda qachon jazm xosil qilsa, o'shanda sog'lom qo'l qiyinchiliksiz taomga cho'ziladi.Iroda va Qudrat mukammal bo'lganidan so'ng, biron ishning yuzaga chiqishi zaruratga aylanadi, harakat xosil bo'ladi.Qudrat va irodaning jazmi xosil bo'lgach, xarakatni Olloh yaratadi. Qudrat va irodaning jazmi ham Olloh tarafidan yaratilgandir.Irodaning jazmi xaqiqiy istak va to'siqlarning yo'qligini anglashdan so'ng xosil bo'ladi. Bu istak va anglash xam Olloh tamonidan yaratilgan.Lekin bu yaratilmishlar Olloh ta'oloning qonuniga ko'ra joriy tartib asosida, ba'zisi ba'zisining natijasi o'laroq namoyon bo'ladi:

"Siz xargiz Ollohning sunnati, qonuninig o'zgarganini ko'rganmisiz"(Fotir surasi, 43).

Olloh ta'olo qo'lga qudratni , hayotni, qat'iy irodani bermaguncha, tartibli bir yozuvni yozish uchun qo'lning xarakatini yaratmaydi, istak va nafsdagi maylni yaratmaguncha , qat'iy irodani xalq etmaydi.Shuningdek , maylning xozir yoki kelajakda nafsga muvofiq ekanini bilish tuyg'usi yaratilmaguncha bu mayl to'la yuzaga chiqmaydi.Albatta , bu bilish tuyg'usining yaratilishi xam xarakat, iroda va ilm kabi boshqa sabablarga bog'liq.

Ilm va tabiy mayldan so'ng qat'iy iroda yuzaga chiqadi.Qudrat va iroda izidan esa xarakat ergashib keladi.Bandaning barcha fe'lida mana shu tartib mavjud. Bularning hammasi Olloh ta'olo tarafidan biri boshqasini taqozo etuvchi qilib yaratilgan. Shuning uchun xam bu fe'llarning biri oldin, boshqasi keyn yuzaga chiqishi vojib.Huddi ilmdan keyin iroda, hayotdan keyin ilm, jismdan keyin hayot yaratilgani kabi.Shunga ko'ra, "jismdan xayot tug'uladi", emas , balki jismining yaratilishi hayotning paydo bo'lishi uchun shart, "hayotdan ilm tug'uladi", emas , balki xayotning yaratilishi ilm yaratilishi uchun bir shartdir , desak tog'ri bo'ladi. Hayot mavjud bo'lsagina , ilmni qabul qilish uchun joy hozirlangan xisoblanadi.Demak , "iroda ilmdan paydo bo'ladi"emas , balki ilmning yaratilishi irodaning jazmi uchun shart, deyish maqsadga muvofuqdir. Irodani xayot va ilm soxibi bo'lgan jismgina qabul qiladi..

Hullas, tavba o'zining ilm, nadomat va tark(gunohni tark qilish)kabi barcha qismlari bilan vojibdir.(www.uzislam.com)saytidan olindi!!
Категория: Islomiy/Islamic | Просмотров: 1164 | Добавил: Kelinchak | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 1
0  
1 moon264   (15.12.2010 01:20) [Izoh]
I Love Allah!! happy happy happy

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]