Категории раздела

O'zbek Filmlar

Seriallar

Multfilmlar

Konsertlar

Kliplar

MP3 Fayllar

Islamic

Yangiliklar

She'rlar

Hikoyalar

Quyuq Taomlar

Chet El Taomlari

Salatlar

Shirinliklar

Foydali Maslahatlar

Salomatlik Sirlari

Har-Xil

Kulgu

Поиск
Мини-чат
Календарь
Архив записей
Наш опрос
Saytga baho bering !
Hamma javoblar: 1448
Статистика

Главная » 2010 » Dekabr » 28 » Tanga osh
20:47
Tanga osh

Ushbu suyuq ovqatning bir necha nomi bor: «Manchiza», «Uzma osh», «Tanga osh» kabi. Bu xamir taomlarning bir turi bo’lib, tayyorlanishi quyidagicha:

Ugra oshga tayyorlangandek qilib oshhamir qoriladi va qalin – yupqaligi 2 mm qilib yoyiladi. Yoymadan eni 2 sm keladigan tasmachalar kesiladi, orasiga urvoq sepib, bir necha qavat taxlab, uchburchak bo’lakchalar kesasiz. Yoyilgan xamirdan 10 so’mlik tangaday bo’lakchalarni qo’lda uzib – uzib olinsa ham bo’ladi.
Ushbu suyuq oshning jazi bunday tayorlanadi: dog’langan yoqqa mayda tug’ralgan go’sht, piyoz, pomidor, kartoshkani mana shu yozilgan tartibda solib, me`yoriga yetguncha jazlaysiz, so’ngra suv qo’yasiz qaynab chiqqach tuzini rostlaysiz, ziravorlar sepasiz. Sho’rvasi yaxshi pishgach, hamir tangachalarni solasiz, qaynab, yuzaga qalqib chiqqandan keyin taom tayyor bo’ladi. Tanga oshni kosalarga qo’yib, yuziga qirqilgan rayhon, kashnich yoki yalpiz sepib dasturxonga tortasiz. Bu taom dasturxonga darhol tortilishi kerak, aks holda quyuq tortib qoladi.
Masalliq: xamiri uchun 300 gr oq un, 1 dona tuxum, 0,5 stakan iliq suv, bir chimdim tuz kerak bo’ladi; jazi uchun 500 gr go’sht, 2 – 3 bosh piyoz, 2 – 3 dona pomidor, 2 dona sabzi, 2 dona kartoshka, qalampir va tuz ta`bga ko’ra olinadi.

Категория: Quyuq Taomlar | Просмотров: 1122 | Добавил: shirina | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 3
0  
3 hadija   (01.01.2011 14:52) [Izoh]
ovqatni nomi ajoyib ekanmi lekin kuriniwidan mazaliga uxwayabdi

0  
2 Angeloza   (28.12.2010 23:45) [Izoh]
Raxmat

0  
1 shirina   (28.12.2010 20:49) [Izoh]
chef

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]