Tahini - sedana urug'i pastasi(sesame seed paste). Tahini o'rta
sharq davlatlari taomlarida va turk ovqatlarida uchrab turadi. Mazasini
holvaga o'xshatdim. Tahini Hummus nomli taomning asosiy tarkibiga
kiradi. Bundan tashqari tahinidan non ham qilsa bo'lar ekan, shuni
urinib kordim. Receppt Binnurning Turk taomlari kitobi saytidan olingan.
Masalliqlar:
Xamiriga:
-1 st sut( 1st=200 ml)
-3 osh-q saryog'
-3 st un
-1,5 choy-q xamirturush (instant dry yeast)
-2 0sh-q shakar
Nachinkasi:
-1 st tahini(sesame seed paste)
-1 st shakar
Tayyorlanishi:
-Sutga saryog'ni solib mikroto'lqinli pechda 2 minutga yoki
gazgaqo'yamiz. Pechdan yoki gazdan olib bitta aralashtirib yuboramiz.
-Tog'orachaga un solib, qoshiqda 2ta chuqurcha qilamiz, biriga
xamirturush, boshqasiga shakar solamiz. Chuqurchalarni un bilan qoplab,
tog'orachaning o'rtasidan unni chetga surib, o'rtasida kattaroq
chuqurcha qilamiz.
-Sut+saryog'li aralashmani tog'orachaga solamiz, avval qoshiqda
aralashtiirb turib, keyin qo'limizda xamir qoramiz. Xamir yumshoqligi
o'rtacha, biroz qo'lga yopishadigan qilib qoramiz. (Un kamlik qilsa
ozgina qo'shimcha sepish mumkin). Ustiga sellofan yopib, yana issiqroq
narsa bilan o'rab, 2-3 soatga oshishga qo'yamiz.
-Nachinka masalliqlarini yaxshilab aralashtiramiz.
-Oshgan xamirni olib, stolda uzunchoqroq shaklga kirguncha
yumalatamiz. Xamirni 4 qismga kesib olamiz.(Agar 250 ml lik stakanda
o'lchab xamir qorgan bo'lsangiz, 5 qismga kesib olganingiz ma'qul).
Xamir qo'lga yopishaversa, qo'limizni ozgina yog'lab olamiz. Har bir
bo'lakni dumaloq yoyib olamiz.
-Yoyilgan xamirga nachinkani suramiz.
-Ruletga o'xshab o'rab, 30 minutga tindiramiz.
-Tingan ruletlarni ikki uchidan ushlab cho'zish uchun tortamiz..
Boshlang'ich uzunligidan kamida 2 barobar uzunroq bo'lishi lozim.
Cho'zilgan ruletni mana bunday o'rab, qog'oz folgali listga teramiz. 10
minutga tinishga qo'yamiz. Tingach, yuziga tuxum oqi surtib, 200C
qizdirilgan elektr duxovkaga 20 minutga yoki usti qizarib, noni
ko'tarilguncha qo'yamiz. Bulochkasimon non tayyor.
|