Yaqinda barchaning sevimli guruhiga aylangan "Surxon" guruhi Malayziya safarian qaytib keldi. Guruh matbuot kotibining habar berishicha Malayziyada 3 kun davomida guruh 7 ta konsert o'tkazishdi. Shu bilan birgalikda Malayziyalik hamkasblar bilan malaycha raqsni o'rganib ham qaytishdi. Eslatib o'tamiz, guruh bu yilning o'zida ikkinchi bor Malayziyaga tashrif buyurdi. Bahor oylarida "Nusantara" xalqaro festivalida ishtirok etib qaytishgan edi. Guruhning ijodi, yo'nalishi ma'qul bo'lgani uchun bu gal maxsus taklif bilan Malayziyada O'zbekiston Mustaqilligining 19 yilliguni nishonlash "Surxon"chilarga nasib etdi. Konsert dasturlari orasida "Badis Mlayu" ("Malaylik qiz") hamda "Mari" nomli sho'x taronalarni sof malay tilida yigitlar qoyillatib kuylashdi va olqishlarga sazovor bo'lishdi.