Ertaga men yashay olmayman, Senga shunday sog'inch bo'laman-ki, Yuraging qaqshab qaqshab og'riydi. Ertaga men yashay olmayman, Senga shunday qadr bo'laman-ki, Qadr istab qalbing kuyadi. Ertaga men yashay olmayman, Senga shunday armon bo'laman-ki, So'qir ko'zlaring ochilib ketadi. Ammo men bo'lmayman... O'shanda sen muhabbatning Naqadar buyuk ekanligini Anglab yetasan... men esa Sening yuragingda bir umrga SOG'INCH, QADR, ARMON Bo'lib qolaveraman...