Категории раздела

O'zbek Filmlar

Seriallar

Multfilmlar

Konsertlar

Kliplar

MP3 Fayllar

Islamic

Yangiliklar

She'rlar

Hikoyalar

Quyuq Taomlar

Chet El Taomlari

Salatlar

Shirinliklar

Foydali Maslahatlar

Salomatlik Sirlari

Har-Xil

Kulgu

Поиск
Мини-чат
Календарь
Архив записей
Наш опрос
Saytga baho bering !
Hamma javoblar: 1448
Статистика

Главная » 2011 » May » 6 » Shokoladli asalli tort - Шоколадно медовый торт
03:47
Shokoladli asalli tort - Шоколадно медовый торт

Shokoladli asalli tort - Шоколадно медовый торт

Bu tortning muallifi ALIYAga o'z minnatdorchiligimni izhor qilaman.
Krem uchun: 

  • 2 tuhum
  • 1 stakan shakar
  • 3 osh qoshiq un
  • 3 stakan sut
  • vanilin
  • 3 osh qoshiq kakao
  • 100 gr. saryog' (sl. maslo)
Hamiri uchun:
  • 3 tuhum
  • 1 stakan shakar
  • 3 osh qoshiq asal
  • 60 gr. saryog'(sl.maslo)
  • 2 choy qoshiq razrihlitel'
  • 3 osh qoshiq kakao
  • olganicha un (tahminan 3,5-4 stakan un)
Glazur' :
  • Shokolad 150 gr.
  • 2-3 qoshiq o'simlik yog'i
Oldin krem tayyorlab olamiz(tort tayyor bo'lguncha sovib turishi uchun)
Tuhum, shakar, unni aralashtirib...

sutni qo'shib yaxshilab aralashtiriladi va ortacha olovga qo'yiladi.

Krem bo'tqadek quyilguncha(rasmdagidek) doimiy ravishda aralashtirib turiladi.

 Kremni olovdan olib, issig'ida kakao qo'shiladi.

 Yaxshilab aralashtirilib, ustini yopib(usti qotmasligi uchun), chetga olib qo'yiladi.

Hamirni tayyorlash uchun tuhum va shakar aralashtiriladi.

Aralashmaga yog', asal va razrihlitel'ni qo'shib...

past olovga qo'yib, yog' va asal erib, massa ko'pira boshlaguncha aralashtirib turiladi.

 Aralashmaga kakao solinadi

Yaxshilab aralashtiriladi.

Massaga 3,5 stakan un solib hamir qoriladi, qolgan 0,5 stakan un sepilgan stolga hamirni olib...
yumshoq hamir qilinadi va 6 bo'lakka bo'linadi. (Hohlasangiz ko'proq bo'lakka bo'lishingiz mumkin. 
Man 6 bo'lakni to'g'ri burchak shaklida pishirib olib, keyin ikkiga bo'ldim. Natijada 12 qavat bo'ldi)

Har bir bo'lakni to'g'ri burchak shaklida yoyib...

375F yoki 180C ga qizigan duhovkada 5-7 minut pishirib olinadi.

Chetga olib qo'yilgan kremga vanilin va hona haroratidagi saryog'ni qo'shib...

Mikser yordamida bir hil massa bo'lguncha yaxshilab aralashtiriladi.

Korjlarni har biri orasiga krem surib chiqilgach(eng ustidagi qatiga krem surilmaydi)..

suv bug'ida o'simlik yog'i bilan eritilgan shokoladli glazur quyiladi.

15-20 daqiqaga muzxonaga qo'yiladi.

15-20 daqiqadan keyin tort yeyishga tayyor. Kesganda shokoladi sinmaydi!
Yoqimli ishtaxa! :)

Qo'shimcha: Tortni yumshoqqina turishi uchun qish kunlari honada ustini yopib, 2-3 kungacha saqlash mumkin.
Категория: Shirinliklar | Просмотров: 1632 | Добавил: shirina | Рейтинг: 4.2/4
Всего комментариев: 3
0  
3 zilola   (11.08.2011 04:57) [Izoh]
SALOM SHIRINA JUdayam mazaliy chiqdi rahmat vaqtingizni ayamiy shu sayitga kiritganingiz uchin judda chiroyli va mazzaliy chiqdi rahmat yanna bir bor.

0  
1 SHAYDO   (06.05.2011 10:47) [Izoh]
ajoyib chiqibdi shirina
rahmat
smile

0  
2 shirina   (07.05.2011 09:33) [Izoh]
Arzimiydi yoqqanidan hursandman happy

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]