Sharof + Sevinch = farzand?! O'tgan
yilning eng unutilmas to'ylaridan bo'lgan Sharof Muqimov va Sevinch
Mo'minovalarning baxt to'ylari butun O'zbekiston bo'ylab shov-shuvlarga
sabab bo'ldi. Xo'sh, hozirda bu ikki yosh qanday hayot kechirishmoqda?
To'ydan so'ng ikki yulduz asal oyini nishonlash uchun Malayziya hamda
Turkiyaga dam olish safariga borib qaytishdi. Undan tashqari konsert
dasturlari bo'yicha Rossiyaning ko'plab shaharlarida ham muzokaralar
olib borish uchun ijodiy safar ham o'tkazishdi. Hozirda bu ikki yulduz
baxtli hayot kechirishmoqda. Eng muhim yangilik esa kuz faslida
bo'ladigan ko'rinadi. Aytishadiku, "jo'jani kuzda sanaymiz" deb! Nasib
qilsa, ikki yulduz xonadonida kuz faslida yangi mehmon tashrifi kutilmoq