Men yoshligimda sevgi nomli ulug tuyguni tan olmasdim. Maktabda uqib yurgan vaqtlarim yoqtirgan insonlarim bulardi, meni yoqtirishganlari xaqida eshitardim lekin bunga uncha parvo qilmasdim, chunki mening shiorim "sevgi yuk u shunchaki ertaklarda buladi” deb shu shiorga qattiq rioya qilardim. Maktabni xam bitirdim, oliygoxga uqishga kirdim. Yaxshi uqib dizaynerlik sohasini qattiq urganayotgan vaqtlarim edi. Men 2 kursni a`lo baxoga topshirib 3 kursga yullanma oldim va yozgi ta`tilga uyga qaytdim. Ta`tilning ikkinchi kunidanoq urtogim meni tugilgan kunga taklif qildi. Usha kecha men birinchi sevgimni uchratdim. Shu kundan boshlab bir birimga kungil quydik. U bilan 5 yil sevishdik, shu orada u xam men xam uqishni bitirdik va ishga joylashdik. Uning va mening oila azolarimiz, dustlarimiz umuman atrofdagi barcha bizning sevgimisdan xabarlari bor edi. Lekin oxirgi damlarda u mendan nimanidir yashirayotgandek edi, tuy xaqida gapirsam: qochib ketaylik uydagilarimiz baribir bizni tushunishmaydi derdi, yoki sen shaxarliksan meni uyimdagilarni shaxardan kelin olishga qurbi etmaganligi sabab rozi bulishmayabdi derdi, shu damda men xam uydagilarim bilan xar kuni baxslashardim u xarbiy bulganligi sababli meni sen bittayu bitta qizimizni xarbiyga bermaymiz derdi.Shu shu buldi uni ota - onasi uylantirdi. Men xam uni qattiq sevganim uchun xar bir kelayotgan sovchilardan baxona topib rad javobi berardim, lekin uni uylanayotganini eshitib yolgondan men xam turmush qurayabman, unashtirildim deb unga azob berardim. U tuy kunigacha tinmay qungiroq qilardi men esa gururim yul quymasdi va qungiroqlariga javob bermasdim, tuyidan keyin esa usha bitta qungirogiga zor edim. Tinmay yiglardim, azoblanardim usha vaqtlardagi xolatim yolgiz xudoga ayon edi. Xudodan menga sevgi berishini va uni unutishga yordam berishini iltijo qilardim. Oradan bir oy utgach bir yigit menga qungiroq qilib tanishishni taklif qila boshladi men esa unga xar doimgidek qupol rad javobini berardim, lekin u boshqalardan ajiralib chiqdi u xar bir rad javobimga unta shirin suz aytardi va meni tanishmagunicha uz xolimga quymasdi. Shu odati tufayli men u bilan tanishdim, suxbatlasha boshladik, sirlashardim, dardlashardim. Bir oy dustlashib kegin uchrashishga qaror qildik. Uchrashdik va dustligimiz asta sekin iliq tuygularga etaklardi bizni, u xam uz odatlarini uzgartirardi va menga birinchi sevgimni unutib xayotga qayta kulib boqishga xarakat qilardi. Oradan 5 oy utdi biz bir birimizni sevishimizni tan oldik va oila qurishga qaror qildik. U onasi bilan meni tanishtirdi, men esa uz onam bilan uni tanishtirdim. Xamma rozi, faqatgina u uqishini bitirgach tuyni qilamiz deyishdi bunga rozi buldik. Meni daxshatga solgani shuki menga shuncha quvonchni bagishlagan inson xali tuyimiz bulib ulgurmasdan unday qilma, bunday qilma, juda katta chegaralar quay boshladi va xar bir chegara ortidan sen majbursan derdi, men uni bunday gaplarini eshitib daxshatga tushardim.bu gaplari meni birinchi muxabbatimni soginishga uni qumsashga majbur qiladi. Men uni yoqtiraman lekin seva olmayman va uni bu uzgarishlari meni qurqitib quygan, men shunchaki unga qattiq boglanib qolganman xolos buni unga qanday aytishni bilmayman? Meni undan uzgaga xam rozi bulaolmayabman. Nima qilishga xayronman??? Baribir endi xech kimni birinchi muxabbatim kabi seva olmayman……