Bor
ekanu,yo'q ekan,
Qadim, qadim
zamonda,
Foniy dunyo
tomonda,
Go'zal tuyg'u
bor ekan.
Barcha inson
ko'nglida
O'shal tuyg'u
yasharkan
Yuraklar bir
bog' kabi,
Go'zallikdan
yashnarkan
Yetti osmon
ishvasin,
Bog'i eram
mevasin,
Tatib lazzat
olarkan,
Davru davron
surarkan,
Inson umri
nur to'la,
Ertak kabi
o'tarkan,
Shirin o'yga
ko'milib
Tuyg'ular
ju'sh urarkan.
Yuraklar
qanot yozib,
Otashdek
porlab yonib,
Rohatga
to'ymas ekan,
So'ngisi
kelmas ekan.
Sevishganlar
gulmisol,
Barpo etib
ko'rkamlik'
Chehralari
nurvisol
Bahtli hayot
kecharkan.
Kecha,kunduz,oy,yillar
O'tib asta
oradan,
Noshukurlik
kelibdi,
Insonga dust
bulibdi.
Rashk,gumon,fitna,bo'hton
Qo'shilib
o'shal zamon,
To'lib
,toshib ketibdi,
Misoli qora
ummon.
Osmonni bulut
bosib,
Quyosh
nurlarin to'sib,
Yuraklarda
behislik,
Qora zamon
kelibdi.
Ko'ngillar
toshday qotib,
Ishqin
bo'htonga sotib,
Sevgilar hor
bulibdi,
Nurlar so'nib
qolibdi.
Bir panada
berkinib
Durday
ko'zyoshin to'kib,
Sevgi yig'lab
turarkan,
Insonlarga
aytarkan:
"Ayting
nedir gunohim?,
Tuyg'uingiz
panohim,
Yuraklarni
bog'layin,
Yordam bergin
Allohim."
Bir inson
shunda unga:
Kunim
almashib tunga,
Zahmatlar
chekib doim,
Aylanib
qoldim qulga.
Seni deb
yonib yashab,
Hayotimdan
kechdim men,
Barcha
yumushim tashlab,
Majnun misol
buldim men.
Ne topdim ayt
o'rniga??
G'am alam,ham
nadomad,
Chekganim bir
dard bo'ldi,
Ko'rsatmading
karomat.
Doim yurakda
g'ashlik,
"Sevgilim
qayda ekan?,
Hozir kim
bilan"degan?,
Hayolimda bir
tashvish.
Bas
charchadim bu darddan,
Kechdim men
bunday bahtdan,
Ko'zimdan
yuqol" debti
G'azablanib
alamdan.
Sevgi ko'z
yoshin artib,
Yana tilga
kiribdi,
Hursinib asta
sekin,
Ushal insonga
debti:
"Men
misoli guldirman,
Ikkingiz ham
keraksiz,
Biringiz suv
bulsangiz,
Ikkinchingiz
nurdeksiz...
Nur bo'lmasa
yaprog'im,
Jonsiz so'lib
qoladi ....
Suv bo'lmasa
ildizim,
Tolib qurib
qoladi...
Bir
biringizdan gumon,
Ildizimda
qurt kabi
Gumonli
bo'lsa sevgi
Yurakda ishq
o'ladi.
Seving,
haydamang meni,
Men jannatdan
kelganman,
Yuragingiz
nur qilib
Saodatga
chorlayman.
Faqat inson
kar kabi,
Unga parvo
qilmabdi,
Sevgi suzin
tinglamay,
Yuragidan
haydabti.
Horu zorlikga
qolib,
Tugunin orqa
solib,
Keta turib
insonga,
Sevgi shunday
su'zlabdi:
"Toshday
qotdi ko'nglingiz,
Qonga to'lib
ko'zingiz,
Gumon,bo'hton
bir bo'ldi,
Horlik topdi
sevgingiz..
Bir kun kelib
insonlar,
Meni suvday
istarlar,
Yolvorib
kecha kunduz,
Allohimdan
so'rarlar..
Barcha ko'
ngil topganda,
Noshukirlik
qildingiz,
Tanlangan
yuraklarga,
Kelar endi
sevgingiz.
Shul
so'zlarni aytib u,
Behos g'oyib
bulibdi.
Inson hayron
bulmasdan
Yo'lin davom
etibdi..
Ko'p zamonlar
o'tibdi,
Inson sh'erlar
to'qibdi,
Sevgi haqida
hatto
Hikoyalar
bitibdi..
Lek sevgi
endi faqat ,
Tangrim
so'zin tinglarmish,
Gar buyursa
unga Haq
Yuraklarga
kirarmish...
Tangridan
so'rang,zero
Yuragingiz
yorishsin,
Ruhingiz
porlab tanho
Saodatga
erishsin...
Kumushbibi
qullari ,
Tebratmadi
qalamni,
Balki uning
yuragi,
Kuyladi shul
qissani...
Allohdan
so'rasangiz
U albatta
beradi
Shubhasiz gar
sevsangiz
Sevgi albat
keladi...
|