Категории раздела

O'zbek Filmlar

Seriallar

Multfilmlar

Konsertlar

Kliplar

MP3 Fayllar

Islamic

Yangiliklar

She'rlar

Hikoyalar

Quyuq Taomlar

Chet El Taomlari

Salatlar

Shirinliklar

Foydali Maslahatlar

Salomatlik Sirlari

Har-Xil

Kulgu

Поиск
Мини-чат
Календарь
Архив записей
Наш опрос
Saytga baho bering !
Hamma javoblar: 1448
Статистика

Главная » 2011 » Yanvar » 5 » Sevgan yuraklar uchun qalb tug'yonlari !!!
10:13
Sevgan yuraklar uchun qalb tug'yonlari !!!


Yurakni titratuvchi sevgi har bir insonning yuragida bir bor bo'lsada , mehmon bo'ladi . Avvalo sevgi qalbning ostonasida paydo bo'ladi , xayoli va osuda hayotini o'g'irlaydi . Ehtiyotkorlik bilan uning ishonchiga kiradi . Yurakdagi sevgining tomirlari ko'karib , ildiz otadi . Insonning mitti qalbida sevgi nihollari paydo bo'ladi . Olovli muhabbatla yashamoq buyuk bir fojia . Chunki ikki qalb harorati o'n sakkiz ming olamni kuydirishga qodir . Sevgi ikki qalbni bir-biriga bog'lovchi ilohdir . Sevgi zimistonni yorug'likka aylantirishga qodir .



Sabinam .
Ikki qalbmiz , ikki yurak , ikki dunyo ,
Bir manzilga oqayotgan ikki daryo .
ikki gulmiz , ikki nihol , ikki shaydo ,
ish dardida yonayotgan ikki dilmiz .

Qo'llaringni uzat menga mehribonim ,
Tashna qalbim orzusisan ko'zmunchog'im .
Yuragimda asray seni sen istasang ,
Kel istasang aytay senga dilda borim .

Bu dunyodan ketolmayman , kelmasang sen ,
Yurakdagi dardlarimni bilmasang sen .
Qilich birla tandan jonim olmasang sen ,
Semdan kechib ketolmayman ey Sabinam .

Ko'kda jannat , yerda qabr bir qadamdir ,
Ikkisiga bir kun kelib ulguraman .
Sensiz toju taxtda yashab o'lsam bir kun ,
Yuragimni do'zahlarda kuydiraman .

Yonayapman sensiz dashtu sahrolarda .
Yuragimda ish o't yoqgan otashlarda .
Panoh sensiz hech kimsasiz kulba menga ,
Yuragimga kirib kelgin ey Sabinam .



Kelmas edim.
Kelasizmi derdim hayrlashar choq ,
Kelaman der eding sekin jilmayib .
Dilimning to'rida hanus shu azob ,
Hanus yuragimni qiynab keladi .

Yomg'ir yog'ar edi o'sha kuni ham ,
Ko'kda suzar edi sargardon bulut .
Sen meni koo'nglimni ezib o'sha dam ,
Deding endi kelmang meni unuting .

O'sha bog'da yana uchrashib qolsak ,
Erta kelasizmi kelaqol desang .
Sog'inchlar yuragim qiynaganda ham ,
Kelaman demasdim kelgim kelsa ham !



Xazon sevgi.
Xazon yaproqlarida uchgan muhabbat ,
Qalbimning to'ridan joy olding faqat .
Ollohimga qilsam qancha ibodat ,
Sevgini yaratding sen o'zing faqat .

Qalamim qo'limga yana olaman ,
Muhabbat haqida she'rlar yozaman .
Men faqat bir so'zni ayta olaman ,
Men seni sevaman deya qaytaman .

Jonim og'rimasin sening yuragim ,
Dardkashim dilkashim o'zing keragim .
Yolg'izlik chog'imda orzu tilagim ,
Qalbimni rom etding go'zal malagim .



Eslamasman .
Eslamasman qachondir seni ,
Omad menga kulib boqqanda .
Unutgansan balki sen meni ,
O'zga bilan bahting topganda .

Unut bo'lsin mayli hammasi ,
Bularning barisi o'tmishda qoldi .
Lekin biroq yurak yarasi ,
Bitolmayin dog'lanib qoldi .

Bugun seni yana esladim ,
Unutmabman baribir seni .
Hayollardan seni esladim ,
Azoblarga qoldirding meni



Xazon bo'lgan sevgi
To'kiladi kuzgi hazonlar ,
Huddi mening sevgim singari .
Ko'z yoshimga o'xshar yomg'irlar ,
Ishq bog'idan ketolmam nari .

Yashayotgan nurli olamda ,
Bahtli edik ikkimiz unda ,
Qora bulut to'sdi yo'limiz ,
Bizlar qoldik qora quyunda .

Men o'zimga so'z berdim bu kun ,
Endi seni o'ylamam aslo .
Ismingga ham sherlar bitmayman ,
Sevgimizni kuylamam hatto .

Saroblarga aylangan ishqni ,
Aytgin kuylab nima qilaman ?
Endi sensiz yashayveraman ,
Yig'lab qolar meni yuragim .



Sevganim uchun .
Men seni chin dildan sevganim uchun ,
Hamrohim visolmas ozorli hijron .
Hasratning qo'lida asirman tutqin ,
Sog'inch soyasida saqlayapman jon .

Men seni chin dildan sevganim uchun ,
isxorim oshkora ayta olmayman .
O'zimda o'zimning bordir bir kuchim ,
G'urur dep vaslingga yeta olmayman .

Men seni chin dildan sevganim uchun ,
Qalbimning oldida gunohim og'ir .
Negaki yengolmay firoqning kuchin ,
Shu qalbda yog'dirdim azobdan yomg'ir .

Men seni chin dildan sevganim uchun ,
Seni unutaman yulduzlar guvoh .
Axir sen o'zganing yorisan bugun ,
O'zganing yoriga ko'z tikmoq gunoh !



Qalb yig'lar
Armondan sevgidan kuydi bu yurak ,
Na choram bor endi boraqol sevgim .
Ayriliqqa qanday chidashim kerak ?
Men yig'layman qalbim yig'lamaydimi?

Sevgisiga yetmagan bitta menmikan ?
Majnun ham sahroni zor kezganmikan ?
Yasharman taqdirga nochor berib tan ,
Men yig'layman qalbim yig'lamaydimi?

Ahli ish azaldan armonda qolgan ,
Sevgiga yetolmay alamda qolgan .
Visoldan emas yo'q firoqdan tolgan .
Men yig'layman qalbim yig'lamaydimi?

Hayot shunday ekan , ne ham qilaman ,
Majnun kabi men ham sahro kechaman .
Ayriliq azobin har dam sezaman .
Men yig'layman qalbim yig'lamaydimi?



Hammasi tugadi .
Ishqim fojiyasin unutmoq uchun ,
Muhabbat bog'ida yozg'iz kezardim .
Atrofni aylani ko'nglim g'ash nechun ,
OЎЇzimni eng bahtsiz inson sezardim .

Xar tomonda hamma bahtidan sarhusht ,
Hatto shivirlashar gul bilan bulbul .
Ularga jilmayib boqtimu lekin ,
Mening sevgim esa muzlagan butkul .

Bu bog'da bahorning tashrifin ko'rib ,
Yana yolg'iz ko'nglim yig'laydi shu tob.
Men ham istay qalbim kulmogЎЇin ammo ,
Hammasi tugadi hammasi sarob .

Ishq bog'ida ishqim izlab topmadim ,
Yuragimni cho'lg'ab oldi tahlika .
Endi men do'stlarim umrbod mangu ,
Bahtsizlar yurtida bahtsiz insinman .



Topmadim sevgim.
Sevgi kimdan so'ray oydan so'raymi ?
Sokin oqayotgan soydan so'raymi ?
Quyoshning yuziga boqib ko'raymi ?
Yo'qotib topmadim birinchi sevgim .

Kechalar uxlamay tundan so'raymi ?
Musaffo va yorug' kundan so'raymi ?
Qushlardan soЎЇraymi yoЎЇldan so'raymi ?
Yo'qotib topmadim birinchi sevgim .

Xar kuni uchrashgan joyda so'raymi ?
Qo'l ushlashib yurgan joydan so'raymi ?
Devonadan so'raymi sog'dan so'raymi ?
Yo'qotib topmadim birinchi sevgim .


Sevaman qattiq.
Men seni sevaman judayam qattiq ,
Hayotingga nedir tutgim keladi .
Ammo hech nimam yo'q o'zimdan bo'lak ,
BoЎЇlgim kelaverar sen uchun kimdir.

Qo'lingga tutaman o'zimni gulday,
Sindirib tashlayman tikanlarimni .
Bergim kelaverar baribir nedir ,
Butun borligimni tintuv qilaman .

Senga keragim yo'q o'zim bilaman ,
Umidlarim bir pasta so'nib boradi .
QoЎЇshib qo'yay deyman umringga umrim ,
Ahir men baribir seni sevaman .

Yana yo'l olaman hayoting sari ,
Bir dasta lahzani ko'tarib gulday .
Ol deyman seniki bularning bari,
Men seni sevaman judayam qattiq


Beis'hor sevgi.
Yo'llaringga intizor edim ,
Bir ko'rishga mushtoq zor edim .
Senchi bundan behabar eding ,
Chunki seni jim sevar edim .

Sezmas eding buni atayin ,
Payqasang ham kularding mayin .
Sen beparvo boЎЇlganing sayin ,
Yonar edim huddi o'ttayin .

Aytgim kelar senga yuz bora ,
Muhabbatim qilib ro'bora .
Ko'zlarimga hissiz boarding ,
Lekin menga o'zing yoqarding .

Yonimdayding ko'nglim to'q edi ,
Tayinli bir so'zim yo'q edi .
Sening kulging vasling sho'x edi ,
Menga o'sha sho'x qiz yetmaydi .

Ichim olov sirtim esa muz ,
To'rt faslim ham go'yoki bir kuz .
Ayta olmaganim ichimda qolgan ,
Seni sevdim-degan bir juftgina so'z !


Категория: She'rlar/Verse | Просмотров: 2294 | Добавил: shirina | Рейтинг: 2.8/4
Всего комментариев: 4
0  
4 Feya   (25.01.2011 20:03) [Izoh]
Sevib sevilib yuriyla!

0  
2 Angeloza   (05.01.2011 15:59) [Izoh]
Xamma sevishganlarga faqat baxt tilayman iloxim baxtli bolilar

0  
3 shirina   (06.01.2011 02:03) [Izoh]
Iloyin aytganiz elsin opajon

0  
1 Angeloza   (05.01.2011 15:58) [Izoh]
Sevgi yaxshi Ayriliq yomon

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]