Bor vujudim qon yig`ladi bag`rim tilib Bu kun sendan ayro tushganligim sezib. Jovdiragan ko`zlarimga yoshlar to`lib Endi sendan ketmoqdaman ko'nglim uzib. Taqdir degan sudradi o`ng so`llarida, Tentiradim majnun misol cho`llarida. Rozi edim o'lsam sening qo'llaringda, Xayr endi deyolmagan so'zim qoldi. Ketmoqdaman yuragingdan boshim egib, Quvonch ko`rmay sening qora ko'zlaringda. Xijroningdan yaproq kabi men uzilib, Ado bo'ldim kutaverib yo'llaringda. Dardlaim ham daryo bo'ldi to'lib-to'lib, Kechalari oy ham boqar mayus bo'lib. Sevgidan ekkan g'unchamiz ochilmay so'lib, Yo'llaringga jovdiragan ko'zim qoldi, Sevdim deya aytolmagan so'zim qoldi. |