- Agar semiz odam nondan voz kecha olmasa, kepakli qora nondan qilingan qoqnonni ma’lum miqdorda iste’mol qilishi mumkin. - Suli, bug‘doy kabi donlarning biroz undirilgan urug‘laridan yeyish kerak. Ularning tarkibida V vitamini bor. Organizmda uning yetishmasligi turli a’zolar atrofida yog‘ yig‘ilishiga va tanada suvning tutilib qolishiga olib keladi. - Agar qon bosimi me’yorda bo‘lsa, ko‘k choy ichish tavsiya etiladi. - Pomidor sharbati esa nafaqat semirishni bartaraf etadi, balki artrit, diabet, modda almashinuvining buzilishi kabi xastaliklarga ham foyda beradi. U tanadagi chiqindilarni haydaydi va siydik orqali zaharlarni chiqarib yuboradi. - Haftada bir marta huqna qilish orqali nafaqat ichaklar tozalanadi, balki ortiqcha yog‘lar ham chiqarib yuboriladi. - Agar parhezda bo‘lsangiz, ochlik hissini bartaraf qiluvchi ajoyib bir vosita mavjud. U oshqozon va ichaklar faoliyatini ham yaxshilaydi. Bolalar bo‘tqasi nazarda tutilayapti. Ertalab sulidan qilingan ushbu bo‘tqadan bir-ikki osh qoshig‘ini yarim litrli termosga solib damlab qo‘ysangiz va ovqatlanishlar orasida 3-4 qultumdan ichib tursangiz, ochlik umuman sezilmaydi. Ta’bga ko‘ra biroz asal qo‘shishingiz ham mumkin |