Категории раздела

O'zbek Filmlar

Seriallar

Multfilmlar

Konsertlar

Kliplar

MP3 Fayllar

Islamic

Yangiliklar

She'rlar

Hikoyalar

Quyuq Taomlar

Chet El Taomlari

Salatlar

Shirinliklar

Foydali Maslahatlar

Salomatlik Sirlari

Har-Xil

Kulgu

Поиск
Мини-чат
Календарь
Архив записей
Наш опрос
Saytga baho bering !
Hamma javoblar: 1448
Статистика

Главная » 2010 » Noyabr » 3 » Sarsona bo'ldim
01:25
Sarsona bo'ldim

Sarsona bo'ldim

Muhabbat men uchun armona bo'ldi,
Sevganim o'zgaga ko'nglini berdi.
Quvonchli damlarim g'urbatla to'ldi,
Ilk sevgim ko'p o'tmay xazonday so'ldi.
Muhabbat ko'zlari ko'r ekan bildim,
Men sevib sevilmay, sarsona bo'ldim.

Bog'imda bulbullar qilardi xonish,
Sevganim baxtiyor edi men ila.
Bilolmam aybim - gunohim nedur?
O'zga dil quliga aylandi gulim.
Muhabbat ko'zlari ko'r ekan bildim,
Men sevib sevilmay, sarsona bo'ldim.

Qalbdagi muhabbat oshyoni so'ndi,
Go'yoki, sarobday jonlandi bir bor.
Sevganim tark etdi, yuragim tilim,
Telbadek jovdirab qoldi vujudim.
Muhabbat ko'zlari ko'r ekan bildim,
Men sevib sevilmay, sarsona bo'ldim.

Dilimni o'rtaydi o'tgan kunlarim,
Qulog'im ostida yangrar ovozing.
Sen ketding mayliga baxtli bo'l, jonim,
Vujudim o'ksiydi, qiynar yuragim.
Muhabbat ko'zlari ko'r ekan bildim,
Men sevib sevilmay, sarsona bo'ldim.

Go'yoki ojizday turaman, gulim
Surating qo'limda, hayronadirman.
Nomingni aytishga o'rtanar tilim
Bugun sen yo'qsan men vayronadirman.
Muhabbat ko'zlari ko'r ekan bildim,
Men sevib sevilmay, sarsona bo'ldim.
Категория: She'rlar/Verse | Просмотров: 800 | Добавил: Kelinchak | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 4
0  
4 S????...   (07.06.2011 00:47) [Izoh]
mani kunima tushipsiz da

0  
2 KiChKiNtOy   (03.11.2010 06:21) [Izoh]
sad o`ylantiradugan yaxshi sher .

0  
1 DxB-studio   (03.11.2010 01:46) [Izoh]
Sarsona bo'ldim, qaerda Sarsona bo'ldingiz! smile

0  
3 Ojar_qizcha   (05.11.2010 02:39) [Izoh]
sevgi orasida sarson buldim deyilyapti bu sherda manimch

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]