Mashhur qo`shiqchi Rianna Rok`n`Roll qiroli Elvis Presli o`rnatgan rekordni yangiladi. 1957-1963-yillarda Elvis Buyuk Britaniya chartlarida birinchilikni hech kimga bermasdan o`ziga xos rekord o`rnatgan edi. Bugungi kunga kelib bu natijani Rianna ham takrorladi.
Uning "Umbrella”, "Take A Bow”, "Run This Town”, "Only Girl” qo`shiqlari o`tgan to`rt yil davomida tengi yo`q deb topilgan bo`lsa, yil boshidanoq qo`shiqchining "What's My Name?” qo`shig`i chartlarda birinchilikka ko`tarilib oldi.
Qo`shiqchining "Loud” nomli albomi esa albomlar orasida birinchi deb topilgan. O`tgan yil davomida Buyuk Britaniyada mazkur albom bir millionga yaqin nusxada sotilgan.