Категории раздела

O'zbek Filmlar

Seriallar

Multfilmlar

Konsertlar

Kliplar

MP3 Fayllar

Islamic

Yangiliklar

She'rlar

Hikoyalar

Quyuq Taomlar

Chet El Taomlari

Salatlar

Shirinliklar

Foydali Maslahatlar

Salomatlik Sirlari

Har-Xil

Kulgu

Поиск
Мини-чат
Календарь
Архив записей
Наш опрос
Saytga baho bering !
Hamma javoblar: 1448
Статистика

Главная » 2010 » Dekabr » 12 » RA'NO SHODIEVANING UCH KASBI HAQIDA..
21:33
RA'NO SHODIEVANING UCH KASBI HAQIDA..



- Nimalarga qiziqasiz?
- O'zi ko'p narsalarga qiziqaman. Juda ham qiziquvchanman lekin asosiysi tillarga qiziqaman. Hozirgi paytda sport bilan shug'ullanaman.
- Qaysi sport turi hamda qaysi tillarga qiziqasiz? Shu haqida batafsil aytsangiz?
- Qiziqadigan tilim, bu Yapon tili lekin hech o'rgana olmayapman. (kulib) To'g'risi 15 ta so'zlarni bilaman undan ortiq bilmayman. Sport turidan 2 yildan beri suzishga qatnashman va fitnes zaliga ham borib turaman. Shu sport turlari bilan shug'ullanib turaman.
- Qanday qilib vaqt topasiz?
- Ertalab (kulib) azonda, haftada 3 marta, lekin sportga albatta vaqt ajrataman.
- O'zi nechida turasiz?
- Ertalab soat 06:00 larda turaman kechqurungi 01:00 yoki 02:00 larda uhlashga yotaman.
- Bo'sh vaqtingiz bo'ladimi? Bo'sh paytlaringizda nimalar bilan shug'ullanasiz?
- Bo'sh vaqtim umuman yo'q. Chunki bo'sh vaqtim kechasi uhlayotganimda bo'ladi. U ham 4-5 soat uyquga vaqt ajrataman. Boshqa vaqtim umuman yo'q. Hamma ishlarimni reja asosida qilganim uchun umuman 1 daqiqa ham vaqt qoldirmayman.
- Oilangiz haqida gapirib bersangiz?
- Turmushga chiqqanman. Ikkita farzandim bor, biri o'g'il, biri qiz, farzandlarim katta bo'lib qolishdi. O'g'lim 13 yoshda ismi Diyorbek. Qizimni yoshi 12 ismi Ruxshona. Turmush o'rtog'im Ichki ishlar vazirligida ishlaydilar.
- Shioringiz?
- Imkiyatim boricha nogiron insonlarga bayram uyushtirib berish.
- San'at sohasida do'stlaringiz bormi?
- Albatta bor. Hamma men bilan ishlaydigan insonlar mening do'stlarim. Misol uchun operator, rejissyor bo'ladimi, chiroqchimi? aktyormi? kim bo'lishidan qatiiy nazar barchani o'zimga do'st deb bilaman.
- Ayyol san'atkorlardanchi?
- Aktrisa Feruza Sobitova bilan juda qadrdonmiz. Gulchehra Eshonqulova, Gulchehra Sa'dullayeva va hokazolar.
- Ijoddan tashqari yana nimalar bilan band bo'lasiz?
- Aktyorlik mahoratidan dars beraman
- 3 ta joyda ishlaysiz to'g'rimi?
- To'g'ri 3 ta joyda ishlayman. Yana Rustam Sagdullayevning rafiqalari Marina Sagdullayevaning hususiy modalar uyida 12 yildan beri modelyer-dizayner bo'lib ishlayman.
- Ra'no Shodiyevaning go'zallik siri nimada?
- O'zimga katta ahamiyat beraman lekin buning uchun go'zallik salonlari bor. Asosiysi inson o'zini sevishi kerak, o'shandagina har bir ayyol go'zal bo'ladi, lekin avvalambor ichki dunyosi go'zal bo'lishi kerak. Shundagina shu go'zallik tashqariga chiqadi. O'ylaymanki har bir insoni ko'ngli toza bo'lishi kerak. O'zimni maqtash emasku lekin shunaqa (kulib).
Категория: News/Новости | Просмотров: 1260 | Добавил: Milasha | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 5
0  
5 Milasha   (14.12.2010 09:45) [Izoh]
ARZIMIDI SILAGAYAM RAHMAT

0  
4 Layli   (13.12.2010 01:50) [Izoh]
RAHMA MILASHA OPA smile

+1  
3 shirina   (13.12.2010 00:42) [Izoh]

+1  
2 Ojar_qizcha   (12.12.2010 23:27) [Izoh]
malumotla zur rahmat

0  
1 Angeloza   (12.12.2010 23:00) [Izoh]
smile smile smile smile smile RAXMAT

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]