QURUQ YUZLAR UCHUN MASKALAR
Teri qaysi turga mansubligidan qat'iy nazar, tozalab olingach,
uni parvarish qilish uchun turli maskalardan foydalaniladi. Quruq yuzlar
uchun mo'ljallangan maskalarni taqdim etamiz.
Tuxum sarig'i va asalli maska. 1 ta
tuxum sarig'iga chorak osh qoshiq asal va 0,5 choy qoshiq suli uni
qo'shiladi. Maska yuzga suriladi va 10-15 daqiqadan so'ng iliq suvda
chayib tashlanadi.
Tuxum sarig'i va moyli maska. 1 ta
tuxum sarig'i 1 choy qoshiq zaytun yoki jo'xori yo bo'lmasa boshqa biror
bir o'simlik yog'i bilan aralashtiriladi. Qoshiqning uchida ozgina asal
qo'shiladi. Yuzga surilib, 10 daqiqa qoldiriladi. 10 daqiqadan so'ng
suv va sut aralashmasi bilan chayib tashlanadi.
Oqsilli maska 1. 1 ta ko'pirtirilgan
tuxum oqi 1 osh qoshiq asal va 2 choy qoshiq un bilan aralashtirililadi.
Tayyor maska yuzga suriladi va 10 daqiqa qoldiriladi. So'ng issiq suv
bilan yuvib tashlanadi.
Oqsilli maska 2. 1 ta ko'pirtirilgan
tuxum sarig'i 1 osh qoshiq sut va 1 choy qoshiq asal bilan
aralashtiriladi. Yuzga suriladi va 15 minutdan so'ng issiq suv bilan
yuviladi.
Asalli-tvorogli maska. 1 osh qoshiq
asal 2 osh qoshiq suyuqroq tvorog bilan aralashtiriladi. Bu mahsulot
yuzda 30 daqiqa davomida ushlab turiladi. Vaqt o'tgach, iliq suv bilan
yuvib tashlanadi. Protsedura terini ajoyib oziqlantiradi.
Asalli-sulili maska. 2 osh qoshiq suli
(овсянка) yormasi, 1 osh qoshiq asal, 30 g sut, 1 osh qoshiq zaytun
yog'I va 3 tomchi limon soki yaxshilab aralashtiriladi. Bu komponentlar
aralashmasi yuzga surilgach, 20 minut davomida turadi.
Limondan maska.20 g limon soki, 10 g
asalari mumi (пчелиный воск), 10 g quruq yuzlar uchun oziqlantiruvchi
krem, 5 g 96 ° spirt birgalikda aralashtiriladi. Tayyor aralashma yuzga
surilib, 20-30 daqiqaga qoldiriladi. So'ng iliq suvda yuviladi. Bu
jarayon har 2 kunda 1 marta qaytarilsa maqsadga muvofiq bo'ladi.
Piyozli maska. 2 bosh piyoz pishiriladi
va 2 osh qoshiq asal qo'shib, yaxshilab eziladi. Tayyor holga kelgach
yuzga 20 minutga suriladi. 20 minutdan so'ng ho'llangan qog'oz salfetka
bilan tozalab tashlanadi.
Unli maska. 30 g bug'doy uni, 20 g suv
va 50 g asal aralashtiriladi. Mahsulotlar yaxshilab aralashtirilgach,
tayyor holiday 20 minutga yuzga suriladi. Uy haroratidagi suvda yuvib
tashlanadi.
Agar teri po'st tashlasa (sho'ralasa), u holda asal va lipa daraxti guli qaynatmasi
yordam beradi. U ½ stakan suv, 2 osh qoshiq lipa daraxti (jo'ka) guli
va 1/3 choy qoshiq asaldan tayyorlanadi. Yuz u bilan har kuni yaxshilab
artib turilsa, sho'ralash asta-sekin yo'qolib boradi.
Kechqurun esa quyidagi jarayon foydali: 1
choy qoshiq asal tuxum oqi bilan ko'pirtiriladi. Aralashma qo'l kaftiga
qo'yiladi va po'st tashlagan joylarga yopishqoq holdagi ushbu aralashma
suriladi. Maska romashka yoki yalpiz qaynatmasi bilan yuvib tashlanadi.
Shundan so'ng xoh yuzga, xoh qo'lga oziqlantiruvchi krem suriladi.