Kerakli masalliqlar:
250 gr saryog' yoki margarin
1 stakan shakar
2 dona tuhum
400 gr tvorog
2,5 stakan un
500 gr qulupnay
biroz shokolad
Un va yumshatilgan saryog'ni qo'limiz bilan uqalaymiz va listga bir
tekisda sepib chiqamiz. Qo'l bilan sepilgan unsli masalliqni bosmang.
Qulupnay, tvorog, shakar va tuxumni blenderda aralashtiramiz.
Hosil bo'lgan aralashmani unli qorishtirmamiz ustidan ehtiyotkorlik bilan bir tekisda quyib chiqamiz.
pirogni o'rtachadan pastroq olovda 50-60 minut pishiramiz. Tayyor bo'lgach, ustini eritilgan shokolad bilan bezatamiz.
Ishtaxangiz yoqimli bo'lsin!