Masalliqlar: • 6 dona katta kartoshka • 3 dona qaynatib pishirilgan tuxum • yarim bog’ rukkola (ruschasi shunday, o’zbekchasini va o’zb-da bormi yo’qmi bilmadim) yoki kress salat (bu ham ruschasi) • yarim bog’ petrushka • 4 dona yashil piyoz • 0.5 qosiq garmdori • 0.5 qoshiq murch • 0.5 qoshiq quritilgan jambil • 1 choy qosh’ig’i zira (unday maydalanganidan) • 1 choy qoshig’i sumax (o’zbekchasini bilmadim)
• sousi uchun: • 1 qoshiq anor suvi, mahsus sotiladi. • 0.5 Limon • zaytun yog’i va tuz • • o’rtasidaki oliv’ye salati uchun: • 1 dona sabzi • 2 dona tuzlangan bodiring • 3 qoshiq yashil no’xat • 3 qoshiq mayonez • • bezash uchun: • 0.5 qizil karam • 1 dona qirilgan sabzi • biroz tuzlangan lavlagi • bir necha dona kichkina brokoli • va yashil no’xat 1. Kartoshkalarni
suvda pishiring. 4 donasini qirg’ichdan o’tkazing. Petrushkani,
rokkolani va yashil piyozni maydalab to’g’rang. Tuxumlarni mayda-mayda
to’g’rang. Kartoshkalarga qo’shib, aralashtiring. Ziravorlarini va
sousini qo’shib, aralashtiring. O’rtasi teshik keks qolipiga bostirib
joylang. Keng va tekis idishga to’ntaring.
2. Qolgan 2
kartoshkani, tuzlangan bodiring va savzini kubik shaklida to’g’rang.
No’xat va mayonezni ham solib, aralashtiring. Bu salatni idishdagi
salatni o’rta qismidagi bo’sh joyga soling.
3. Qizil
karamni 1 kun oldindan yoki bir necha soat oldindan maydalab to’g’rab,
tuz bilan birga aralashtiring. Sirka, shakar, ezilgan sarimsoq qo’shib
biroz kuting. Bu salatning ham suvini suzib kartoshka salatining
chetlariga joylashtiring. 4. Qirg’ichdan o’tkazilgan 1 dona
sabzini 1 qoshiq zaytun yog’ida biroz qovuring biroz sovusin, keyin 2
qoshiq qatiq bilan rasmda ko’rganingizday kartoshka salatining ustiga
joylang.
5. Brokolilarni 5-6 daqiqa suvda qaynatib salatning chetlariga joylang.
6. Lavlagini chiroyli shakllarda kesib salatni bezang.