Piyoz archishdan oldin pichoqni yarim soat sovuq suvga solib qo'ysangiz ko'zni achishtirmaydi.- Dazmollaganda kiyimingiz sarg'ayib qolgudek bo'lsa, o'sha joyni, darxol sirka bilan xo'llangan latta yordamida artib oling. So'ng qurigunga qadar kuting
-Gaz pechida po'sti bilan pishirilayotgan kartoshkaning bir-ikki joyiga sanchqi urib qo'ysangiz, pishguncha po'sti yorilmaydi Osh tuzini nafaqat iste'mol balki turli xil yumushlarni bartaraf etishda xam qo'llash mumkin ekan. Buni bilishni istasangiz marhamat. Quyida maslaxatlar siz uchun:
Agarda sirlangan idishda kuygandan asrot qolgan bo'lsa, u xolda biroz tuz sepib, bir chetga olib qo'ying. Natijada uvushingiz oson kechadi. Dazmolingizning qorayishi bezovta qilayaptimi? Buni yo'li oson, qog'ozga biroz tuz solib biroz qizdirilgan dazmolga ishqalaysiz. Sarg'aygan pardalaringizni yuvoshdan oldin tuzli suvga botirib qo'ysangiz kifoya. So'ng odatdagidek yuvib tashlaysiz. Uyingiz ta'mirdan chiqdimi? Bo'yoq xidi sizni bezovta qilsa, uch-to'rt joyiga likopda tuz qo'yib chiqing. Gorchitsa suvda emas, sutga qorib tayyorlansa tez qurimaydi.
Sariyog? solingan idish issiq havoda sho?r suvda ho?llangan sochiq bilan o?rab qo?yilsa, yo?g? erimaydi.
Tovada qizdirilayotgan yog?ga bir chimdim tuz tashlansa, yog? kamroq sachraydi.
Duxovkadagi pechenya, pirog, non kuymasligi uchun qolip tagiga ozgina tuz sepish kerak.
Ba?zan baliqlardan balchiq suv hidi yoki boshqa o?simlik hidi keladi, uni sho?r sovuq suvda yuvilsa, boyagi ko?ngilsiz hidlar yoqaladi.
Baliqni tozalashda qo?ldan sirg?anib ketmasligi uchun barmoqlarni tuzga botirib olgan ma?qul.
Yorilgan tuxumni qaynatib pishirayotganda oqib ketmasligi uchun uni sho?rroq suvda qaynatish lozim.
Sabzavotni qaynatishdan oldin bir oz vaqt sho?r suvda ivitib qo?yish kerak.
Duxovkadagi tunuka patnis zanglab qolsa, zangini elakdan o?tkazilgan qumga bulg?alangan kartoshka parraklari bilan ishqalab ketkazish mumkin.
Xamir qorishdan oldin har qanday unni elab oling. Bunda unda tarkibidagi kislorod ortib, xamiringiz muloyim va bo?rsildoq chiqadi.
Xamirning tuzini past qilib qo?ygan bo?lsangiz, tuz har qancha mayda bo?lsa ham o?zini shunday sepmang. Oldin suv yoki sutda eritib oz-ozdan qo?shib qoring.
Masalliq yuziga tuxum surtganda cheti qolsin, aks holda chetiga silqib tushgan tuxum pishayotgan xamirning ko?tarilishiga imkon bermaydi.
Suvda pishgan kartoshkani sovutib, mayda ko?zli qirg?ichda qirgandan so?ng, oshirilgan xamirga aralashtirib yuborilsa, non yumshoq va bo?rsildoq bo?ladi (bir kg unga ikki dona kartoshka hisobida).
Xom sabzidan tayyorlanadigan salatni chuchitilgan paxta yog?i yoki smetanaga qorilsa, kishi organizmi 60 %ni o?zlashtiradi. Aksincha yog? yoki smetana qo?shilmay tayyorlansa, 6 %gina o?zlashtiriladi xolos.
Idish sovuq suv bilan chayilsa, sut kuymaydi.
1 litr sutga 1 choy qoshig?ida shaker solib qaynatilsa, surt 3 kungacha achimaydi.
|