Категории раздела

O'zbek Filmlar

Seriallar

Multfilmlar

Konsertlar

Kliplar

MP3 Fayllar

Islamic

Yangiliklar

She'rlar

Hikoyalar

Quyuq Taomlar

Chet El Taomlari

Salatlar

Shirinliklar

Foydali Maslahatlar

Salomatlik Sirlari

Har-Xil

Kulgu

Поиск
Мини-чат
Календарь
Архив записей
Наш опрос
Saytga baho bering !
Hamma javoblar: 1448
Статистика

Главная » 2010 » Noyabr » 8 » Qisir- ta'rifi
13:32
Qisir- ta'rifi




Aslida bu taom emas, Turk ayollarini "choylari" va "kunlari" mashxur. Huddi bizni ayollarni ikki-uch qo'shni bir-birinikiga kelib, suhbatlashganizday:) 

Qisirni nomini 1 chi marta eshitganimda men ham hayron bo'lgandim, keyinchalik o'rganib ham ketdim:) 
Lekin ilk kundan beri mazasini juda yaxshi ko'rganman. Sizlarga ham juda yoqadi, deb ishonaman. Nordongin,a achchiqqina....İshtaha ochadigan:) 

Masalliqlar: 

1. 5-6 dona yashil (taze) piyoz
2. yarim bog' petrushka
3. 4 tish sarimsoq (sarimsoq og'ir keladi, deb solmadim, hoxlasangiz soling)
4. 1 dona quruq piyoz (piyoz me'damga og'ir keladi, deb faqat yashilidan soldim)
5. 1 qoshiq pomidor tomati
6. 1 qoshiq qizil bolgarskiy tomati (menda bolgarskiy tomati yo'q edi, 1.5 qoshiq pomidor tomati soldim) 
7. 2 stakan qaynoq suv
8. 1 choy qoshig'i tuz
9. 2 stakan ingichka bulgur(bizda asosan Turk marketlarida bo'lardi, bug'doyni mahsus ezilgani)
10. 1 qoshiq yalpiz
11. 2 qoshiq garmdordi (achchiqni yaxshi ko'rishingizga qarab ko'p yoki oz solishingiz mumkin) 
12. 1 qoshiq murch
13. 1 piyola limon suvi
14. yarim stakan salat yog'i yoki zaytun yog'i.
15. 2 dona pomidor

Tayyorlanishi: 

Yashil piyozni mayda qilib tog'rang. Petrushkani, piyozni, sarimsoqni ham mayda qilib tog'rang. Hammasini bir idishga solib, ustini yopingki qurimasin. 

2 qoshiq tomatni (bolgarskiy va pomidor) 1 stakan qaynoq suvni ichida eriting. Bu suvni keng va chuqorroq idishni ichiga solgan ingichka bulgurni ustiga to'king, darrov orqasidan 1 stakan qaynagan suvni ichiga 1 choy qoshig'i tuzni solib uni ham bulgurni ustiga to'king. Orada bir aralashtirib bulgurni suvini shimib olishini ta'minlang. 15- 20 daqiqa usti yopiq holda tursin.

Yuqorida tog'ragan sabzavotlarni bulgurni ustiga solib aralshatiring. 

Navbati bilan limon suvi, zaytun yog'i, yalpizni solib aralashtiring. Eng ohirida mayda tog'ralgan pomidorlarni solib yaxshilab alarshtiring. Masalliqlarni alarashtirib bo'lgandan keyin tatib ko'rin, istakak qarab tuz va yog' qo'shishingiz mumkin. 

Osh bo'lsin.....
Категория: Chet El Taomlari | Просмотров: 1248 | Добавил: Kelinchak | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 4
0  
4 bonu   (11.07.2011 02:43) [Izoh]
menga bu taom juda yoqadi men buni turk milliy taomlari ko'rgazmasida yegan edim

0  
3 KiChKiNtOy   (07.11.2010 23:53) [Izoh]
Anu qizil narsa KUs kusmi?

0  
2 ZaYnAb   (07.11.2010 18:33) [Izoh]
man shu salatti judda yaxshi ko'rardim lekin qanaqa qilinshini bilmasdim mana endi o'rganvoldim. kotta raxmat sizga Kelinchak

0  
1 KeNjAtOy   (07.11.2010 07:12) [Izoh]
raxmat buladi smile smile

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]