Qalb yig'lar Armondan sevgidan kuydi bu yurak , Na choram bor endi boraqol sevgim . Ayriliqqa qanday chidashim kerak ? Men yig'layman qalbim yig'lamaydimi?
Sevgisiga yetmagan bitta menmikan ? Majnun ham sahroni zor kezganmikan ? Yasharman taqdirga nochor berib tan , Men yig'layman qalbim yig'lamaydimi?
Ahli ish azaldan armonda qolgan , Sevgiga yetolmay alamda qolgan . Visoldan emas yo'q firoqdan tolgan . Men yig'layman qalbim yig'lamaydimi?
Hayot shunday ekan , ne ham qilaman , Majnun kabi men ham sahro kechaman . Ayriliq azobin har dam sezaman . Men yig'layman qalbim yig'lamaydimi?