Категории раздела

O'zbek Filmlar

Seriallar

Multfilmlar

Konsertlar

Kliplar

MP3 Fayllar

Islamic

Yangiliklar

She'rlar

Hikoyalar

Quyuq Taomlar

Chet El Taomlari

Salatlar

Shirinliklar

Foydali Maslahatlar

Salomatlik Sirlari

Har-Xil

Kulgu

Поиск
Мини-чат
Календарь
«  Oktabr 2010  »
DuSeChPaJuShYa
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031
Архив записей
Наш опрос
Saytga baho bering !
Hamma javoblar: 1448
Статистика

Главная » 2010 » Oktabr » 25 » QABRISTON
23:56
QABRISTON

QABRISTON

Solih Murriy hikoya qiladi: «Juma tunlaridan birida qabristonda tunab qoldim. Tush ko‘rdim: qabrlar yorilib, o‘liklar chiqib keldi va halqa-halqa bo‘lib o‘tirishdi. So‘ng ularga tepadan og‘zi yopiq tovoqlar tushdi. Ular orasida bir yigit bo‘lib, unga turli qiynoqlar bilan azob berilardi. Unga yaqinlashib: «Ey yigit, bu qavm orasida nega faqat sen azoblanyapsan?» deb so‘radim. «Ey Solih, Alloh haqqi senga tayinlaydigan ishlarimni bajar, omonatni ado et, ahvolimga rahming kelsin. Shoyad Alloh azza va jalla sen tufayli meni bu azoblardan xalos etsa. Men vafot etganimdan buyon onam yig‘lovchi, go‘yanda aytib yig‘lovchi ayollarni to‘plab, ular jo‘rligida kuniga dod-voy solmoqda. Shu sababli men azobdaman. Onamning yomon, bema’ni gap-so‘zi, azasi bois oldim-u ortim, o‘ng-u so‘limda olov. Alloh ularga mening nomimdan yaxshi mukofotlar bermasin», deb yig‘ladi u. Uning yig‘isini ko‘rib men ham ko‘z yoshlarimni tiyib turolmadim. «Ey Solih, Alloh haqi, onamning oldiga borgin. Ular falon joyda turadilar», deb manzilni tushuntirdi va davom etib dedi: «Ularga mening nomimdan aytginki, ey ona, nega farzandingizga azob berasiz. Meni naqadar yomon tarbiyaladingiz, qanchalar xunuk saqladingiz, o‘lganimdan so‘ng esa azobga tashladingiz. Ey ona, ahvolimni bir ko‘rsangiz edi: bo‘ynimda kishan, oyog‘imda taxtakach, azob farishtalari baqirib, urib azob berishmoqda. Avholimni bir ko‘rsangiz edi, menga rahmingiz kelardi. Agar hozirgi azadorligu, dod-voylaringizni bas qilmas ekansiz, u holda osmonlar yoriladigan, barcha xaloyiq hisob-kitobga ro‘baro‘ bo‘ladigan kuni ikkimiz oramizda Alloh hakam bo‘lur!»

Cho‘chib uyg‘ondim va ko‘rgan tushimdan ta’sirlanib tongacha uxlay olmadim. Tong otgach, shaharga kirdim. Mening birdan-bir maqsadim yigitning uyini topish edi. So‘rab surishtirib uyni topib bordim. Darvoza qoraga bo‘yalgan, hovlidan go‘yandalaru azadorlarning yig‘isi eshitilib turardi. Darvozani qoqqan edim, bir kampir chiqib: «Sizga kim kerak?» deb so‘radi. «O‘lgan yigitning onasi kerak edi», dedim. «Unda nima yumushingiz bor, u o‘z qayg‘usi bilan mashg‘ul?» dedi u. «Uni menga chaqirib bering, o‘g‘lidan unga xabar olib keldim», dedim. Kampir hovliga kirib ketdi. Bir ozdan keyin qop-qora kiyim kiygan, yig‘layvergani va shapatilayvergani sababli yuzi ham qorayib ketgan bir ayol chiqdi. «Siz kimsiz?» so‘radi u. «Men Solih Mirriyman. Kecha kechqurun qabristonda shunday-shunday voqealar ro‘y berdi. O‘g‘lingizni ko‘rdim. U azobda qolgan», deb tushimda ko‘rganlarimni aytib berdim. Ayol gapimni eshitgach, yerga yiqilib hushidan ketdi. O‘ziga kelgach: «Ey o‘g‘lim, meni kechir. Agar bu ahvolda ekaningni bilganimda edi, bu ishlarni qilmas edim. Men qilgan ishlarimdan Alloh taologa tavba qildim», deya qattiq yig‘ladi. So‘ng ichkariga kirib go‘yandalarni tarqatib yubordi va boshqa kiyim kiydi. Bir hamyon dirham uzatib: «Ey Solih, buni o‘g‘lim nomidan ehson qil», dedi. Duo qilib pullarni oldim va o‘g‘li nomidan sadaqa qildim. Keyingi juma tunida, odatdagidek qabristonga borib tunadim. Tushimda mayyitlarni ko‘rdim. Ular qabrlaridan chiqib halqa-halqa bo‘lib o‘tirdilar. Ularga tovoqlar tushdi. Haligi yigit shod-xurram, xushchaqchaq edi. Unga ham tovoq keldi. Meni ko‘rib oldimga keldi va: «Ey Solih, Alloh seni mukofotlasin. Onam qilayotgan noma’qul ishlarini tark etgani uchun Alloh azobni yengillatdi. Mening nomimdan qilgan sadaqang ham yetib keldi», dedi. «Bular qanaqa tovoqlar?» deb so‘ragan edim «Bular tiriklarning o‘liklarga xayr-ehson, xatmi Qur’on va duolardan iborat hadyalaridir. Har juma kechasi ularga olib kelishadi-da, bu senga falonchining hadyasi deyishadi. Endi onamning oldiga qaytib borganingda, ularga salomimni va ushbu gaplarimni yetkaz. Onajon, Alloh sizni mukofotlasin, mening nomimdan qilgan sadaqangiz yetib keldi. Siz menga yaqinsiz, tayyorgarligingizni ko‘ring», dedi. Keyin uyg‘onib ketdim. Bir necha kun o‘tgach, ayolning uyiga bordim. Eshik oldida tobut turgan edi. Kim qazo qildi, deb so‘ragan edim, yigitning onasi, deyishdi. Unga janoza o‘qib, o‘g‘lining yoniga dafn qildik. Uning haqiga duo qilib, o‘z yo‘limga ravona bo‘ldim».
Категория: Hikoyalar | Просмотров: 1188 | Добавил: Kelinchak | Рейтинг: 3.0/1
Всего комментариев: 7
0  
7 Ojar_qizcha   (30.10.2010 08:20) [Izoh]
juda yahshi misralar leki juda kichik yozilgan iltimos sli kattaroq qilseiz oldindan rahma biggrin

0  
6 Chustiy sheri   (26.10.2010 19:00) [Izoh]
Indamaslar olami

Indamaslar olamin sayr ayladim,
Sayr etib men beriyo xayr ayladim,
Eng ajb olam ekan bu olami,
Sayr qilsin bo’lsa har kimning g’ami.
Unda beravzan ekan har bir bino,
Ul binolarning ichinda yo’q havo,
So’risi yo’q, sahni yo’q, ayvoni yo’q,
Aqrabolar yo’q, aziz mehmoni yo’q.
Beo’chog’u bepalosu betanur,
Betaomu belibosu qayda nur,
Tomi ham, devori ham tuprog’ erur,
Eski g’ordan ham qorong’uroq erur,
Qoru yomg’ir tomlarin qilmish xarob,
Loyga aylanmish tani oliyjanob,
Bu binolar yonma-yon, katta-kichik,
Ba’zisi kimning uyi nomi bitik.
Ba’zisin ustida naqshinkorlik,
Sangi marmarga bitik yodgorlik.
Ermi, xotinmi, qarimi, yoshmi,
Yoki jodu ko’zmi, qiyg’och qoshmi,
Kambag’almi, boymi yo olimidin,
Yoki hokim, yo hakim ul kim edi.
Yo gadomi, yo halim yoki chapan,
Kim tanib olgay suyakning rangidan.
Bir-biridan farqi yo’q hech kimsaning,
Po’sti yo’q so’ngak erur jismi aning.
Kim takabbur bo’lsa ham da’vosi yo’q,
Nozaninlar nozu istig’nosi yo’q.
Makr etishga holi yo’q makkorning,
Holi yo’q toat uchun dindorning.
Bir nafas ham og’zi badbo’y mast yo’q,
So’kkuchi til, urguchi zo’r dast yo’q.
Qo’ydi-chiqdi yo’q uning ro’zg’orida,
Urdi-yiqti yo’q uning bozorida.


0  
5 Chustiy sheri   (26.10.2010 18:59) [Izoh]
Birni yuzga, yuzni mingga sotguchi,
Ajralib sarmoyadan jim yotguchi.
Elni behuda malomat aylagan,
Og’zidan gul o’rniga chiqmish tikan.
Kimsada yo’q madhu vasfu lofu qof,
Yo’q g’araz ham dag’dag’a, jangu masof.
Kim riyokoru munofiq, behayo,
Qolmish elning la’natiga doimo.
Beadab, bezoriyu xulqi yomon,
Ulfati bo’lmish ul manzilda ilon.
Bunda mansab yo’q, xushomadgo’y yo’q,
Zebu ziynat birla rangu bo’y yo’q.
Bunda yo’q hech kimga tahqiri nazar,
Xor kimdir, bilmadim kim mo’tabar.
Balki maygun labdan unmish lolalar,
Lola yuzlar qayda, yo’qdir volalar.
Jim yotur man-man degan boz-bozlar,
Betida tuprog’ erur pardozlar.
Tadbiru purkorlik qo’l kelmamish,
Hiylayu ayyorlik qo’l kelmamish.
Qo’l uzatmaydir tama’ birla gado,
Yo’q saxiy ahlida ham lutfu saxo.
Pora-pora poraxo’rlar jismi ham,
El aro butkul yo’qolmish ismi ham.
Noiloj zolim yotibdir bemajol,
Notavon mazlumda ham yo’q qiylu-hol.
Og’zida tuprog’ xasis, ochko’z, baxil,
Hammasin yeb yebti qo’ymay yilma-yil.
Aldayolmasdan yotur aldoqchilar,
Komi qum to’lgan yotur ayg’oqchilar.
Qo’ynida yo’qdir qalamkash daftari,
Yo’q erur qonxo’r qo’lida xanjari.
Yo’q ularda ixtiyoru iqtidor,
Qishmi, kuzmi, bexabar, yozmi, bahor.
Qancha ming yillar erurki kun botur,
Qancha ming yillar erurki tong otur,
Kecha kunduzdan xabarsizdir ular,
Butkul ermas bu tasavvur muxtasar.
Tek yotur, xomush yotur, jim-jim yotur,
Tuprog’in ba’zan shamol bir qo’zg’otur.
Ota-ona birla farzand bir-birin,
Chehrasiga tashlay olmas ko’z qirin.
Eru xotin, birla xeshu aqrabo,
Bir-biridan bexabardur mutlaqo.
Bu so’zim ermas xurofotdan darak,
Bu haqiqat olami – ibrat demak.
Soati bunda sayohat ayladim,
Na sayohat, ming nadomat ayladim.
Ko’zda yoshim bo’lgan erdi pardador,
Yig’ladi dil parda ichra zor-zor.
Vahmdan lekin tetik tutdim o’zim,
Bir tomonga nogahon tushdi ko’zim.
Bir makone bo’ldi menga jilvagar,
Ustidan unmishu go’yo nayshakar.
Qabr aro qo’shnay sadosin avji bor,
Bu sado lol ayladi beixtiyor.
Shu zamon ko’nglimga yetdi bir surur,
Zam-zami qalbim aro baxsh etdi nur.
Kel degandek bo’ldi menga shul zamon,
Bu nidoni tingladi jismimda jon.

0  
4 Chustiy sheri   (26.10.2010 18:59) [Izoh]
Men dedim, ey mehtari qo’shnaynavoz,
Nay ramuzidan xabar bergil, biroz,
Ne sabab joyingda o’zga fayz bor,
Bu makoning nega go’yo lolazor?
Sen kim erding bunda kelmasdan burun,
Mujda bergil menga holingdan bu kun?
Deb ko’zim yumdim qilib boshimni xam,
Keldi go’yo menga bir ovoz shu dal.
Aydi: “Ey farzand, men aytay tinglagil,
Ne desam, sen, zarra shak keltirmagil,
Avvalo, men poku beozor edim,
Elni shod etguvchi parhezkor edim,
Umr o’tkazdim halol mehnat bilan,
Elni xursand ayladim san’at bilan.
Doimo qildim baxillikdan xazar,
Yaxshilikni o’yladim shomu sahar.
Ota-ona dillarin shod ayladim,
Ruhlarin har lahzada yod ayladim.
Yaxshi niyat erdi qalbimda chiroq,
Men edim kina-kuduratdan yiroq.
Hech bir insonga xiyonat qilmadim,
Hech yomon ishlarga odat qilmadim.
El uchun har ishda qildim mardlik,
Qilmadim nokasligu nomardlik.
To’g’ri yo’l birlan kechirdim men hayot,
Yurtu xalqim menga qildi iltifot.
Menda hargiz yo’q edi kibru havo,
Shu sababdan bo’ldi el mendan rizo.
Ushbu boisdan makonim fayzlik,
Qil amal senda agar bo’lsa bilik”.
Bu ramuzni nay tili birla dedi,
Indamaslar olami xomush edi.
Nogahon keldi bir ovozi hazin:
“Bir nafas tutkil quloq, men ham deyin,
bor edi sevgan qator farzandlarim,
ko’zlarimning nuriyu dilbandlarim.
Erkalatdim, mehribonlik ayladim,
Sizladim, shirinzabonlik ayladim.
Bir sovuq shabboda ham ko’rmay ravo,
Xastalansa, tinmay istardim davo.

0  
3 Chustiy sheri   (26.10.2010 18:58) [Izoh]
O’stirardim ming mashaqqatlar bilan,
Qo’llarim boshida shafqatlar bilan.
Gohi ozg’in, gohi to’zg’in men o’zim,
Yangi kiysin deb, jigarbandim, qo’zim.
Gohi puldor, gohi bo’ldim qarzdor,
Yuz berardi turli tashvishlar qator.
Voyaga yetguncha ul ko’zi qoralar,
Qomatim xam bo’ldi, bag’rim poralar.
Qoldirarman deb ularga bog’u rog’,
Men olib keldim dilimda qancha dog’.
Qoldi unda zarnigor koshona ham,
Qoldi yoru oshno, begona ham.
Rizq uchun yolg’on-yashiq so’z ishlatib,
Ba’zioda bir pul uchun boshim qotib,
Do’ppayib turgan shu tuproq pastida,
Men yotibdurman oyoqlar ostida.
Kelmadi yillar ko’zimning ravshani,
Ya’ni, ul farzandi dilbandlar qani?
Bu makonim ustiga bir yo’l qara,
Bormi, ayt, hatto yog’ochdan panjara?” –
Deb, meni hayronu lol aylar edi,
Bu tasavvur poymol aylar edi.
O’zga yondan keldi shul dam bir nido,
Aydi menga: “Tut qulog’ing mutlaqo!
Bu sado jondan kelur, inson eshit!
E tirik yurgan, tirik qadriga yet!
Eslasin ruhimni avlodim desang,
O’tgan ajdodingni sen ham hurmat et!”
Men bu ma’noni eshitdim jon bilan,
Ham qabul etdim uni vijdon bilan!
Elga ham bu so’zni izhor ayladim,
Bir emas, takror-takror ayladim.
Indamaslar olamiga sol nazar,
Sen o’zingdan qil ularni bahravar.
Ota-ona ruhin esla, shod qil,
Ya’ni, yotgan maskanin obod qil.
Ko’z ochib bu o’y-y bu fikrat bilan,
Tashqari qo’ydim qadam hayrat bilan.
Men dedim kel, Chustiyo, hushyor bo’l,
Yaxshi niyat birla beozor bo’l,
To’g’ri bo’l, qilg’il yomonlikdan hazar,
El mazoring lavhiga rahmat yozar.

0  
2 DxB-studio   (26.10.2010 16:01) [Izoh]
Judayam tasirli..... surprised

0  
1 Moxira   (26.10.2010 15:52) [Izoh]
sad juda zur ekan

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]