Категории раздела

O'zbek Filmlar

Seriallar

Multfilmlar

Konsertlar

Kliplar

MP3 Fayllar

Islamic

Yangiliklar

She'rlar

Hikoyalar

Quyuq Taomlar

Chet El Taomlari

Salatlar

Shirinliklar

Foydali Maslahatlar

Salomatlik Sirlari

Har-Xil

Kulgu

Поиск
Мини-чат
Календарь
Архив записей
Наш опрос
Saytga baho bering !
Hamma javoblar: 1448
Статистика

Главная » 2010 » Noyabr » 21 » Oqishni xammaga tavsiya qilaman
20:42
Oqishni xammaga tavsiya qilaman
Yurak sanchib tez urarga o'tdi
birdan
Halovatdan asar ham qolmadi
do'stlar.
Alangladim yon-atrofga
havotirdan,
Ibodatdan asar ham qolmadi
do'stlar.
Ming haqqini yutib qo'ydi
musulmonlar,
Qorinlari ko'proq to'ydi
musulmonlar,
Riyokorlik to'nin kiydi
musulmonlar,
Itoatdan asar ham qolmadi
do'stlar.
Tirik murda to'ldi, ammo tobut
yo'qdir,
Gunoxlardan asraguvchi sovut
yo'qdir,
Avom tugul peshvolarni subut
yo'qdir,
Sadoqatdan asar ham qolmadi
do'stlar.
Tilda bolu, qilgan ishi g'irt
zaxardir.
Munofiqlik bir emas ming kech
sahardir,
Kim ko'p yolg'on desa, o'sha
savdogardir.
Tijoratdan asar ham qolmadi
do'stlar.
Bir birlarin g'ajib yetmish hatoyi
deb,
Nom olmishlar bulbul honish
sadoyi deb,
Tajvidlarin to'g'irlarlar xudoyi
deb,
Tilovatdan asar ham qolmadi
do'stlar.
Hammasiga ko'niking siz, qonlar
yutmang.
Foyda yo'qdir rivoyat deb kitob
titmang,
Namozxonin qizlaridan hayo
kutmang,
Hijolatdan asar ham qolmadi
do'stlar.
Lafz izlamang bir taloq ming taloq
bo'ldi,
Topgan-tutgan fatvolari gunoh
bo'ldi,
Tamaki-yu, nos tupurish muboh
bo'ldi,
Karohatdan asar ham qolmadi
do'stlar.
Allohni bir degan inson qilsa riyo,
Oyat-hadis turushinda bo'lsa
ro'yo,
Saharlarda bulbul zikr qilar
ammo,
Tarovatdan asar ham qolmadi
do'stlar.
Jamoatlar firqalarga bo'lindilar,
Dum patlari ko'k tovuqdek
yulindilar,
Vujudla bir qalban qatl qilindilar,
Muhabbatdan asar ham qolmadi
do'stlar.
Bu ummatning faqiri gar bir lof
ursa,
Tog'lar qular bu kibrga qarshi
tursa,
Fir'avnni hayron aylar qasr
qursa,
Sahovatdan asar ham qolmadi
do'stlar.
Hech biri "ne bo'lar" demas
qiyomatda,
Hiyonatlar ho'p ko'paymish
omonatda,
Pora halol hisoblangan bu
ummatda,
Diyonatdan asar ham qolmadi
do'stlar.
Er deganlar ertayu-kech uyda
uxlar,
Ayolidan na hijolat, na qalb
tig'lar,
Qiz juvonin axvoliga maymun
yig'lar,
Balog'atdan asar ham qolmadi
do'stlar.
Qulab kulga aylandi-ku hiyvalari,
Chorvasida qo'ydan kichik
tevalari,
Don eksalar dondan kichik
mevalari,
Barokatdan asar ham qolmadi
do'stlar.
Birontasi kechar bilmas molu
jondan,
Alloh uchun boshqarmas
xonadondan,
Munofiqni ajratolmam
musulmondan,
Farosatdan asar ham qolmadi
do'stlar.
Bir tarafni aylaydilar karvon
bozor,
Bir tomonda masjid bo'lar qadim
mozor,
Pirga qo'lin berarlaru, Xudo
bezor,
Murruvatdan asar ham qolmadi
do'stlar.
Mo'min bo'lib maqsadlari kayf
bo'ldi,
Saxobalar siyratlari xayf bo'ldi,
Olimlarga bu diyorlar toif bo'ldi,
Muhammaddan asar ham qolmadi
do'stlar.
Gapirsalar shariatdan kulgim
kelar,
Ming turlanish yuzlarini yulgim
kelar,
Kas jonlarin olar qotil bilgim kelar,
Dalolatdan asar ham qolmadi
do'stlar.
Birisida botirlik bor, farosat yoq,
Birisida qo'rqoqlik bor, jasorat
yoq.
Muhammadiy ummatiga ko'p
qilmang do'q.
Shijoatdan asar ham qolmadi
do'stlar.
Gapirdik ko'p amallardan ketdi
hayot,
Uzoqlarga qochib ketmish bizdan
najot.
Qiyomatda yig'lab turar bo'lsak
hayxot.
Shafoatdan asar ham qolmadi
do'stlar.
Do'stimizni qatl etdilar,
sharxlolmadik,
Mo'minlikning qiymatini
narxlolmadik,
Xarom birla halol ko'rsak,
farqlolmadik,
Nadomatdan asar ham qolmadi
do'stlar.
Ming yaxshidan afzal o'tmish
yomonlarim,
Xov, qaylarga qochdingiz o'ng
tomonlarim,
Kitoblarga jilo bo'lgan zamonlarim,
Hilofatdan asar ham qolmadi
do'stlar.
Qayga boqmang g'anim o'tliq, yov
g'olibdir,
Mo'min degan to'rt tarafga ho'p
nolibdir,
Hamma birdek gumroxlikni tan
olibdir.
Xikoyatdan asar ham qolmadi
do'stlar.
Ey g'or nafsim hotirjamsan,
tinmay uxla.
O'tmish o'tdi, sen moziyni shiftga
mixla.
Ali Usmon davirlarin eslab yig'la,
Matonatdan asar ham qolmadi
do'stlar.
Savdo demish qutlug' yo'lda
berarlar jon,
Lek bomdodga ochilmas ko'z,
topib imkon.
Topib bering Alloh deyar bitta
inson.
Layoqatdan asar ham qolmadi
do'stlar.
Yoddan ketmish bu dunyoning
xisoboti,
Xaddan ziyod moddiy bo'ldi inson
zoti
Категория: Islomiy/Islamic | Просмотров: 621 | Добавил: Angeloza | Рейтинг: 5.0/2
Всего комментариев: 4
0  
4 moon264   (17.12.2010 13:02) [Izoh]
wacko wacko wacko

0  
3 Mishariy Roshid   (12.12.2010 10:10) [Izoh]
google.com ga mana shu she'r nomini yozganimda shu saytga kirib qoldim.vaholangki bu sayt qizlar uchun ekan.Bildirmoqchi bo'ganim,bu she'r yakunlanmagan.Uning qolgan qismini qayerdan o'qisa bo'ladi?
Oldindan raxmat.

0  
2 shirina   (23.11.2010 04:19) [Izoh]
RAXMAT YAXSHI SHER EKAN

0  
1 ShaBnaM_Uz   (21.11.2010 20:55) [Izoh]
Alloh rozi bulsin rahmat Juda ham tasirli ekan.

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]