Категории раздела

O'zbek Filmlar

Seriallar

Multfilmlar

Konsertlar

Kliplar

MP3 Fayllar

Islamic

Yangiliklar

She'rlar

Hikoyalar

Quyuq Taomlar

Chet El Taomlari

Salatlar

Shirinliklar

Foydali Maslahatlar

Salomatlik Sirlari

Har-Xil

Kulgu

Поиск
Мини-чат
Календарь
Архив записей
Наш опрос
Saytga baho bering !
Hamma javoblar: 1448
Статистика

Главная » 2010 » Noyabr » 8 » ONASINI QILGAN SAVOBI BILAN JANNATGA KIRGAN QIZ
22:21
ONASINI QILGAN SAVOBI BILAN JANNATGA KIRGAN QIZ
Keltirilgan bir salovoti sharif insonni jahannam azobidan halos etadi . Bir inson joni ( qalbi ) bilan salovot keltirsa , u salovot o'sha inson uchun jon bo'ladi . 
Hasan Basriy hazratlarining davrida bir ayol kelib , u Zotga ko'z yoshlarini 
to'kadi . Bu dardli ayolning kun bo'yi ko'z yosh to'kib, holsizlangani ma'lum edi . 
Hasan Basriy Hazratlari ayoldan : 
- Bir istaging bormi ? - deb so'radi . 
- Ustoz, bir qizim bor edi . Dunyoga to'ymasdan yosh holda vafot etdi . O'zingiz 
bilasiz , onalik holi , farzandim uchun yonmoqdaman . Qizimni bir marotaba bo'lsa 
ham tushimda ko'rishni istayman . Buning bir yo'li , usuli bor bo'lsa , Alloh roziligi uchun menga o'rgating .
HAsan BAsriy hazratlari : 
- Men senga bir yo'l ko'rsataman . Shuni qilsang, zora qizingni tushingda ko'rsang . 
Huftan namozidan kein Alloh roziligi uchun alohida 4 rakat namoz o'qi . 
NAmozning har rakatida Fotiha surasidan so'ng bir marta <<Takosur>> surasini o'qi . 
NAmoz tugaganidan so'ng uhlaguninga qadar Payg'ambarimizga salovot keltir . 
Dardli ona bu shaklda kechalari ibodat qilish va salovot keltirish bilan mashg'ul bo'libti . 
Bir kuni u qizini tushida ko'radi . Qizining oyoq-qo'liga olovdan zanjirlar taqilgan , olovdan kiyim kiygan edi . Ayol qo'rqib uyg'onadi hamda darhol Hasan Basriy 
hazratlarining huzurlariga kelib , ko'rgan tushini aytib beradi . Shunda Hasan basriy 
ayolga : 
- vafot etgan qizing uchun biron bir hayrli amal qil . Sadaqa ber . O'lganlar uchun 
qilinadigan bundan hayrli ish yo'q , - dedi . 
Ayol qizi uchun sadaqalar beradi ,duolar qiladi. 
Janobi HAqdan qizini afv etishini so'radi . 
Bir kun Hasan Basriy hazratlari tushlarida jannat bog'larini ko'radi . Bog'ning birisi o'rtasida bir ko'shk , ko'shk ichida yosh va go'zal bir qiz , egnida esa nurli 
kiyimlar . U zor qizdan so'radi ; 
- Onang seni jahannam , olov ichida ko'rdi . Sening bu hayoting esa jannat hayotidir. 
Qiz ; 
- Ustozim , avvalgi holim onam ko'rgani kabi edi . Allohning sevimli do'stlaridan , 
solih kullaridan bir zot Payg'ambar (s.av.) ga keltirgan barcha salovoti 
shariflarining savobini menga bag'ishladi . Alloh taolo ham bizlarni afv etdi , 
deb javob berdi . 
Hasan Basriy hazratlari darhol qizning onasi yoniga borib tushini ayolga aytib 
berdi . Ayol : 
- Hazratim , bundan buyon Payg'ambar ( s.a.v ) ga salovoti sharif keltira boshlayman, dedi .
 
Категория: Islomiy/Islamic | Просмотров: 1499 | Добавил: Moxira | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 7
0  
7 moon264   (15.12.2010 19:18) [Izoh]
Subhanalloh jahannamdan!

0  
6 julietta   (17.11.2010 15:20) [Izoh]
rahmat judaam tasirli

0  
5 milasha   (14.11.2010 12:14) [Izoh]
judayam tasirli ekan rahmat Mohira

0  
4 ShaBnaM_Uz   (10.11.2010 23:21) [Izoh]
Alloh Gunohlarimizi uzing avf et. (amin) Juda ham tasirli ekan. rahmat

0  
3 KiChKiNtOy   (09.11.2010 19:09) [Izoh]
nega bu bunaqa ? cry

0  
2 Layli   (09.11.2010 04:28) [Izoh]
voy dot kuzim kur bulay dediya hands specool

0  
1 Layli   (09.11.2010 04:25) [Izoh]
Rahmat Mohira

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]