Topmoq - yo‘qotmoqdir, Yo‘qotmoq – topmoq, Sen so‘lib, Men yashab, To‘lishimga boq. Sensiz topganimdan Ko‘proq yo‘qotdim – Sen meni yupatding, Seni yig‘latdim, Sen meni yaratding, Seni tugatdim. Uyalmay ONA deb, Kelishimga boq!.. Hech narsa kerakmas, Bolam, hech deysan. Endi kech deysan-da, Endi kech deysan. Yuzimni bosaman Muzday yuzingga, ONAJON, Zor qilib ketma izingga! O‘lim oldida ham G‘amimni yeysan, Men-chi, jim, taqdirga Ko‘nishimga boq. She’rim bitdi, Xayir, Do‘stlar xush qoling. Bedil yashamakka O‘rganmang menday Boring, Volidangiz Ko‘nglini oling, Ertaga Kech qolib O‘rtanmang menday
|