Категории раздела

O'zbek Filmlar

Seriallar

Multfilmlar

Konsertlar

Kliplar

MP3 Fayllar

Islamic

Yangiliklar

She'rlar

Hikoyalar

Quyuq Taomlar

Chet El Taomlari

Salatlar

Shirinliklar

Foydali Maslahatlar

Salomatlik Sirlari

Har-Xil

Kulgu

Поиск
Мини-чат
Календарь
«  Oktabr 2010  »
DuSeChPaJuShYa
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031
Архив записей
Наш опрос
Saytga baho bering !
Hamma javoblar: 1448
Статистика

Главная » 2010 » Oktabr » 31 » Onajon Ayting Yuragimni To'htatishsin!
00:17
Onajon Ayting Yuragimni To'htatishsin!
Картинка 7 из 64000

- Oyi, biroz tobim yo'qroq, bugun o'qishga borgim kelmayapdi, - dedim ertalab ishga ketayotgan onamga. 
- Voy nima bo'ldi, qaering og'riyapti? - peshonamni ushlab tashxis qo'yishga shoshdi onaginam. 
- Yo'q, hech narsa biroz o'ng biqinim bilan belim og'riyapdi, xolos. Kecha o'qishda biroz sinf xonalarini tozalagan edik, shunda urinib qoldim shekilli.

- Voy biram nozik-ey, shu qizingiz, - gapni hazilga burib qo'shildi opam, - darrov urinib ham qolibdilar. 
- Hechqisi yo'q, bugun biroz dam olay ertaga tuzalib qolaman, - dedim xavotirga tushgan onamni tinchlantirish uchun. 
Onam uzun nasihatlaridan so'ng ishga, opam esa o'qishga ketishdi. Men esa goh kuchayib goh tinayotgan og'riqqa e'tibor bermay uylarni saranjomlashga tushdim. Ammo yaxshigina kasal bo'lgan ekanman shekilli, bir zumda charchab qoldim. Biroz tin olishga o'rnimga yotdim. Uxlab qolibman, tushimda shunaqangi go'zal joylarda yurgan emishmanki, naq jannat deydi odam. Uyg'onganimda tush sababmi yoki boshqami o'zimni juda yaxshi his qilardim. Kayfiyatim ham ko'tarinki. Ammo bu vaqtincha tuzalish ekanligi keyin bilindi. Bir necha kun o'tdi hamki, tuzalish o'rniga kasalim kuchaya boshladi. O'qishga umuman bora olmay qoldim. Tez charchab, holdan toyadigan, birpasda ko'zim tinib ko'nglim behuzur bo'ladigan bo'lib qoldi. Bundan battar xavotirga tushgan onam shifokorga ko'rinishim kerakligini ta'kidlay boshladi. 
- Oyi, nima qilasiz bosh og'riq qilib, o'tib ketadi, qonim kamayib ketgan bo'lsa kerak, - deymanu, lekin o'zim ham biroz qo'rqa boshladim. Xavotirga tushganim bejiz emas ekan. Qo'yarda qo'ymay oyim doktorga olib bordilar, turli analizlardan so'ng ham kasalligim sababini bila olishmadi. Endi kunim turli kasalxonalar-u, analiz topshirish bilan o'tadigan bo'lib qoldi. 
- Opa, qonimni analizga olaverib-olaverib qoldirishmadi shekilli, - deyman kulib. 
Oxir oqibat tomografiyaga jo'natishdi. Doktor tomografiyadan so'ng onamga bir nimalar dediyu, 
- Sizni xonamda kutaman, deb xonasiga kirib ketdi. 
- Sen uyga ketaver bolam, charchading. Men doktor bilan natijalar haqida gaplashib olishim kerak ekan. Ortlaringdan men ham boraman, dedilar, ammo ko'zlari xavotir uchqunlarini yashira olmadi. Biroz ko'nglimga xijillik kirdi. 
- Yur, ko'nglim ozib ketdi bu kasalxonalar hididan, ketdik endi, - opam shunday deya, qo'llarimdan sudragudek qilib olib ketdi. 
Uyga kelganimizga bir necha soat bo'ldi, ammo hali oyimdan darak yo'q. Tinchlikmikin, nega kelmayapdilar? Hayolimga har xil be'mani fikrlar o'rmalay boshladi. 
- Opa, oyim kelmayapdilar? Tinchlikmikin ishqilib? 
- Kelib qoladilar, nima oyim kichkina bolamidiki... ko'p xavotir olaverma. 
Shu payt darvozadan oyim ko'rindilar. Ko'zlari yoshdan qizargan, ammo mendan yuzlarini yashirishga harakat qilayapdilar. Darrov gap nimada ekanligini tushundimu, tomog'im bir narsa tiqildi. Qanchalik yig'lamaslikka harakat qilsam ham ko'zlarim yoshga to'ldi. Tomog'imni achitgan narsa kattalasha boshladi go'yo. Oyim yugurib kelib meni quchoqlab oldilar. 
- Ahvolim og'ir ekanmi? – dedim sekingina oyimni pinjiga suqular ekanman. 
- Bolam, tuzalib ketasan, doktor aytdi... – dedilar, ammo shu payt lablarini tishlaganlarini sezdim. Dadam olamdan o'tganlaridan beri lablarini tishlashni odat qilganlar. Yig'lab yubormaslik uchun shunday qiladilar. 
Ahvolimning kundan kunga jiddiylashayotganidan o'zim ham og'ir xasta ekanimni bilar edimu, lekin buni tan olishga kuchim etmasdi. Shu kundan keyin kasalxonalarga ko'chib o'tdim desam xato bo'lmaydi. Turli kasallar, turli hayot, turli insonlar. Kasalxonada tanishgan insoninga birinchi bergan savoling: 
- Sizni qaeringizda kasal? - deb so'rash bo'larkan. Yonimda bir qiz yotardi, har 6 oyda bir kelib ximiya terapiya olib ketarkan. Ximiya terapiyadan so'ng uning yonida yotish mening azoblarimga o'n chandon azob qo'shardi. Uning qiynalishini, ingrashini ko'rib qo'rqib ketardim. Sochlari to'kilib ketgan, beto'xtov ko'ngli aynib, egani oshqozonida turmasdi. Lekin eng og'iri kundan kunga mening kuyimda ado bo'layotgan, so'nib borayotgan onamni ko'rish edi. 
Olgan muolajalarim foyda bermadi, endi menga ham o'sha ximiyadan yuborishadigan bo'lishdi. Birinchi marta sochlarimni tutam-tutam bo'lib to'kilayotganini ko'rganimda qo'rqib ketdim. Kipriklarimning bitta bitta to'kilishi esa mening umidim o'xshardi. Ammo inson har bir narsaga ko'nikkani kabi men ham ko'nikdim. Faqat ko'nglim ag'darilishiga ko'nika olmasdim. Ovqatga qaragim ham kelmas, ammo onamning menga tikilgan mo'ngli ko'zlarini ko'rib eyishga majbur bo'lardim. So'nib qoldi onaginam... 
Mening esa kundan kunga tuzalishga umid so'nib borardi. Yuragim tez ura boshladi, shunchalar tez urardiki, guyo o'ziga berilgan vaqtni tezroq bosib o'tsam deydi. O'rnimdan turib yura olmay qoldim. Doktor haq bo'lib chiqmadi. Balki u adashgan, balki onamga taskin berishi uchun meni tuzaladi degandir. Axir qanday qilib tuzalmaydi, qizingiz o'ladi, deyishi mumkin. Hamshiralarning nigohlaridan achinish satrlarini o'qiyman. Hammasini tushunaman, hammasini bilaman. Faqat ayta olmayman. Kuch-madorim yo'q, charchadim. Yuragimni urishidan charchadim, olib tashlang yuragimni!.. Yaqinlarim tikiladi, onajonim har doim yonimda. Bir qadam ham jilmaydi. U ishonadi, tuzalaman. Ishonmaydi mening o'limimga. Ammo men istayman, charchadim. Tomirlarimga qo'yilgan, tanamning har bir katagini achitayotgan dori ham endi tanamga ketishdan bosh tortadi. Tomirlarim ilma teshik bo'lib ketdi. Ichim dori darmonga to'ldi, ammo Holiq istamasa dori shifo bo'la olmaydi. Ko'nikaman o'limga. Kutaman uni. 
- Onajon, ayting ularga yuragimni to'xtatishsin... – o'tinaman. Onam chiday olmaydi, chiqib ketadi xonadan. Doktorlar esa sog' tomirimni topib dori qo'ya boshlashadi. Mening yuragim og'riq uchun yaratilganmi? Yo'q, ular yuragimni to'xtatishmoqchi emas, meni davolashmoqchi xolos. Ammo yuragim shunchalar charchaganki, to'xtashni istaydi. Tanam birdan qaltiray boshlaydi, shunday qaltiraydiki, 3-4 hamshira meni bosib turishga harakat qilishadi. 
Doktorlarning baqiriqlarini eshitaman, hamma yoqda yugur yugur. Yuragim go'yo so'nggi marraga shoshgandek tezroq va tezroq ura boshlaydi. 
- Olib keling dorini, jo'natgan dorimiz sudorga berdi, - deydi kimdir. Onam yugurib kirdi. 
- Chiqing opa, chiqing qo'limizdan kelganini qilamiz, - deya onamni xonadan olib chiqib ketishadi. Ko'zlarim bilan uni kuzataman. U esa mendan ko'zini uzmaydi, ko'zlarida umid. 
Bilmadim, bu soniya nega bunchalar uzun. Yillar kabi uzun, asrlar kabi uzun. 
- Butun bir katta kasalxonada bitta dori bo'lmasa-ya, - xunobi chiqib baqiradi doktor. Men esa parvoz qilaman, tanamdan chiqaman, yuragim to'xtaydi. Tepadan turib kuzataman, vo ajab, shu menmi? 
Palatadagi odamlar sekin-sekin tarqay boshlashadi. Men esa doktor ketidan ergashaman. Onam, eshik tagidan mung'ayib, umid bilan kutib turgan onaginam... 
- Nima bo'ldi, do'xtir, sudoragasi to'xtadimi?

So'zsiz ham hammasi ma'lum bo'lsada, onam ishonmaydi. Qayta qayta so'ray boshlaydi. Shunda doktorga qanchalik og'ir ekanligini tushunaman. 
- Qo'limizdan kelganini qildik, ammo qizingizni berib qo'ydingiz opa, bandalik... – oddiy, balki har kuni kinolarda eshitadigan so'zlarimiz. Ammo uni eshitish, uni aytish qanchalar og'ir, qanchalar azobli. Onam dod deydi, ishonmayman deydi-yu, mening oldimga yuguradi. Mening jonsiz tanamni o'padi, qo'choqlaydi. 
- Bolaginam, Nilufarim... ishonmayman o'zingga kel, men nima qilaman bu dunyoda sensiz, 
- Oh onaginam, engillik topdim, taqdir shunday, qiynamang o'zingizni, ezilib ketayapman sizni ko'rib, onajon. 
Ammo u eshitmaydi.

* * *

- Bandalik qo'shni, - Alloh sabr bersin sizga. Ko'p kuyinmang, oldingizda yana bir qizingiz bor. Nilufarni umrini shunga bersin. 
- Ammo Nilufarim boshqacha edi, - o'kinadi ona. Yonida katta qizi yig'laydi. Nazarida ona mehri Nilufar bilan ketganday. 
Biladi, Nilufar boshqacha edi. Birovni ko'nglini og'ritishdan qo'rqardi. Hamma uni yaxshi ko'rardi. Hatto hazil qilib ham birovga qattiq gapirmagan. Mana butun sinfdoshlariyu, kursdoshlari, hatto uni atigi bir bor ko'rgan insonlar ham bugun janozasiga kelishgan. Hovliga odam sig'maydi. 
- Onajon men ham axir sizning qizingizman, meni ham qizim deng, - yolvoradi qiz. 
Ona: 
- Qizim, deya uni qo'chog'iga oldi-yu, ammo Nilufarni eslaydi. Jannat guli Nilufar. Quchog'idagi qiz yodidan chiqadi, ketgisi keladi Nilufar tomon. 
- Bunchalar chiroyli bo'lmasa, yuvintirib kafanlangandan so'ng gul kabi chiroyli bo'ldi-ya, bunchalar nozik xuddi uxlab qolganga o'xshaydi, - deydi Nilufarni ko'rgan ayollar. Amakilari dod soladi uni ko'rib. Ona yig'laydi, uvvos tortib yig'laydi. 
Ha, u juda chiroyli bo'ldi, men ham yig'ladim, uni eslab-eslab yig'ladim. 
– Madina opa, birovni xafa qilishga shunchalar qo'rqamanki, - ovozi qo'log'im tagida yangraganday bo'ladi. Shiringina kulgusini, qo'ng'iroqday ovozini eslab yig'ladim. 
- Bolam ko'p yig'lamang. Qiynaladi Nilufar, qiynamang uni. Bandalik bolam, hammamizning boshimizda bor. 
- Lekin meni tashlab ketdiii, uvillaydi ona. 
- Hech kimga bola qazosini ko'rsatmasin, - yoqasini ushlab qo'yadi ayol.

Mana uning o'limiga bir yilcha bo'lib qoldi. Ammo ona hali ham motamda, yo'q ko'rinishi emas, qalbi aza tutmoqda. Siz ham bu hikoyani o'qiganingizda Nilufarning haqqiga duo qilib qo'ying.

***

- Latifa, bugun singling tushimga kiribdi, - deydi nonushta tayyorlayotgan qiziga ona. 
- Qanday tush ekan? 
- Nilufarim oldimga kelib: "Onajon men uchun buncha ko'p yig'ladingiz..”, - dedi.

Категория: Hikoyalar | Просмотров: 1129 | Добавил: Kelinchak | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 111 2 »
0  
11 Marhabo   (04.02.2011 07:24) [Izoh]
Nilufar juda rasimini ko'rgim keliyapti xudo asrasin bu qaytar dunyo bu dunyoda hamma dunyodan o'tadi kim yozgan bo'sa ham katta raxmat mening Dadam vamen birga o'qidik joyi jannata bo'lsin

YUQORIDAGI POST MENI 8 YOSHAR ASAL QILZIM MARHABODAN, XATOLARI BO'LSA UZR. (MARHABONI DADASI B.)


0  
10 SalSabiyla_8888   (22.12.2010 13:28) [Izoh]
Аллоху Акбар!!!Инна лиллахи ва инна илахи рожиуън маноси"БИЗ ХАММАМИЗ АЛЛОХНИКИМИЗ ВА ЯНА АЛБАТТА УНГА КАЙТУРМИЗ"Аллохимдан Нилуфархонни Жаннатнинг энг олийси булмиш ИЛЛУЙУНА жаннатига киришлигини Аллохимдан дуо килиб сураб коламиза иншааллох Нуъмойи Амалларини унг тамонидан берсин Роббим!!!

0  
9 moon264   (15.12.2010 01:44) [Izoh]
yeglagim keldi sad sad sad sad Joyi Jannatda bolsin! Amin!!! Hayotda ham wundai narsalar bolib turar ekan(((

0  
8 Angeloza   (22.11.2010 23:15) [Izoh]
Amin smile smile smile

0  
7 elif   (21.11.2010 20:24) [Izoh]
rahmat tasirlik ekan joyi jannatdan bulsin yahshi qiz edikan. sad sad

0  
6 dil   (15.11.2010 11:58) [Izoh]
Man bu vokeani kurbon hayitidan bir kun oldin arafa kuni okib chikdim va judayam tasirlandim. Saytlarda izoh kamdan kam holarda koldiraman lekin hozir bu vokeani okib izohsiz chikib ketalmadim. shu aziz kunlarda astoydil duo kildim iloyim Nilifardi joyi jannatda bolsin.tushida korgan joylardi olloh nasib kilsin. bu dunyoda korgan azoblarini rohatini u dunyoda korsin.

0  
5 MeHMoN   (31.10.2010 23:53) [Izoh]
VOYDOD cry cry cry

0  
4 Guzal   (31.10.2010 16:09) [Izoh]
joyi jannatdan bulsin, bevaqt ulimdan xudo uzi asrasin Omin!

0  
3 di-di   (31.10.2010 15:30) [Izoh]
joyi jannatdan bo'lsin omin

0  
2 Ixlos   (31.10.2010 02:12) [Izoh]
Buni oldin ham o'qigan edim juda tasirchan

1-10 11-11
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]