|
Главная |
|
Главная » 2010 » Dekabr » 15 » Olimlik.
|
Insonga bitilgan taqdir shu ekan, Javob berarkanmiz qilganimizga! Savol tug'iladi:"Olimlik nedur?" Biz ham olimdirmiz bilganimizga!
Talab qilinmaydi bizlardan uchmoq, Yo yulduz misoli tezlikda ko'chmoq. Faqat bilib qo'ydik, shu erur sitmoq, Biz ham olimdirmiz bilganimizga.
Quyoshning taftidan chiqqan ezgulik, Butun bashar uchun rahmat degulik, Birodar shu ekan senga, ko'rgulik, Biz ham olimdirmiz bilganimizga.
Olimlar Qur'onni olishganda yod, Hadisdan ko'ngilga quyuladi dod, Bizga ham yetarli ashyolar, hayhot, Biz ham olimdirmiz bilganimizga.
Olimlik aslida payg'ambardan iz, Rasullar yo'lida bo'lmoqlik shart hargiz. Hadisda kelgani - ehtimol bizmiz, Biz ham olimdirmiz bilganimizga.
Bugun ilm ahli tinmasdan so'zlar, Bu go'zal so'zlarga tikilgan ko'zlar, U qadar hotirjam bo'lmaylik do'stlar Biz ham olimdirmiz bilganimizga. |
Категория: Islomiy/Islamic |
Просмотров: 577 |
Добавил: Angeloza
| Рейтинг: 2.0/1 |
Всего комментариев: 3 | |
0
rahmat zur she'rcha
|
0
|
0
|
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
| |