Категории раздела

O'zbek Filmlar

Seriallar

Multfilmlar

Konsertlar

Kliplar

MP3 Fayllar

Islamic

Yangiliklar

She'rlar

Hikoyalar

Quyuq Taomlar

Chet El Taomlari

Salatlar

Shirinliklar

Foydali Maslahatlar

Salomatlik Sirlari

Har-Xil

Kulgu

Поиск
Мини-чат
Календарь
Архив записей
Наш опрос
Saytga baho bering !
Hamma javoblar: 1448
Статистика

Главная » 2010 » Dekabr » 21 » O‘zbek filmlari nomlaridagi o‘xshashliklar...
11:03
O‘zbek filmlari nomlaridagi o‘xshashliklar...
O‘zbek filmlari nomlaridagi o‘xshashliklar...

O‘zgarishlarsiz hayot zerikarli, o‘xshashliklar bilan esa kimgadir qiziq, kimgadir qizig‘i yo‘q. Masalan, o‘zbek rejissyorlaridan ba’zilarining ishlari xususida. Bir so‘zning bir necha filmlar nomida uchrashi va qo‘llanilishi borgan sari ko‘payib bormoqda. Kinokartinalar nomlarida uchraydigan so‘zlarning ba’zilari esa xatto "O‘zbek tilining izohli lug‘atida” ham uchramaydi, so‘zlashuv uslubiga xos. Bunga sabab qilib ba’zi rejissyorlarning yoshliklari, boshqa soha vakillari ekanliklarini ko‘rsatish mumkin. Ammo ko‘pincha intervyular, suhbatlarda aktyorlar tomonidan yaratgan obrazlarining "o‘z farzandimdek bo‘lib qolgan”, "har birining o‘z o‘rni bor” qabilidagi gaplarini ko‘p eshitamiz. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, rejissyorlarning ishlari ham bolaga qiyoslanadigan bo‘lsa, ular o‘z farzandlariga boshqa kasbdoshlarining zurriyodlariga havas qilib, shu filmlardagi biror so‘zni o‘z ishlari nomiga qo‘shib qo‘yishadi. Yoki birinchi yaratgan filmi muvaffaіiyatidan ilhomlanib, "akasiga (opasiga) o‘xshab yursin” qabilida ish tutishadi. Bu irim-sirimmi, o‘zgacha falsafami hali aniqlangani yo‘q. Biz bir necha qarindosh filmlar ro‘yxatini tuzib chiqdik, ro‘yxatga kirmaganlar xafa bo‘lishni ham, xursand bo‘lishni ham o‘zlari bilishadi. Demak, nomida o‘xshashlik uchrovchi o‘zbek filmlari... Dastlab ancha mashxur bo‘lgan ikki ism jihatidan egizaklar: "Kelgindi kuyov” va "Kelgindi kelin”, ulardan keyinroq dunyoga kelgan yana bir kelgindi biroz nozikroq bo‘ldi shekilli uncha omad keltirmagan "Kelgindi qaynona”. Kelgindi so‘zining omad keltirishiga ishonishgan bo‘lishsa kerak. "Kelin” so‘zi qatnashgan nomlar ham uchraydi. "Vodiylik kelin”dan ilhomlanishganmi, "Kelgindi kelin”, "O‘g‘rigina kelin”, ("Superkelinchak”) filmlari suratga olindi. Agar bu filmlar sirasiga hind kinoijodkorlari tomonidan tasvirga tushirilgan va bosh rollarni Shoxruxxon va Kajol ijro etgan "O‘g‘irlanmagan kelin” melodramasini ham qo‘shadigan bo‘lsak yo ular bizdan olishgan yoki rejissyorlarimiz hindlardan. "Kichkina”lar ham talaygina, "Kichkina tabib”, "Kichkina xo‘jayin”, "Kichkina odamlar” shular jumlasidan. Bu filmlarning ham ikkitasi ancha mashxur. Bir-biridan ilhomlangan rejissyorlarning ishlari bo‘lsa ajabmas. Qizlar mavzusi ham dolzarblashib bormoqda. "Uchar qiz” va "Shadod qiz” so‘zimizning isboti. Qiz so‘ziga nisbatan ikki ijodkor sifat tanlab, yangilik yaratishga intilganlar. Agar hozirgi zamonamiz qizlariga sifat tanlansa, bundan ortig‘ini topib bo‘lmaydi, shekilli. "Sir”li filmlar ham ko‘p. "Suratdagi sir”, "Go‘zallik siri”, "Sirli sirtmoq” shular jumlasidan. Muhabbat va sevgi so‘zlari qatnashgan farzandlar ismlari ham ko‘p: hayotda ham, film nomlarida ham. "Muhabbatnoma”, "Muhabbat sinovlari”, "Muhabbatimsan”. "Sevgi fazosi”, "Sevginator” kartinalarida esa sevgini ulug‘lashadi. Qizlar so‘zi ishlatilganda bolalar so‘zi qolib ketsa ham bo‘lmaydi. "Tangalik bolalar”dan ilhomlanib, "Osmondagi bolalar” filmi ishlangan bo‘lsa kerak. Yana bilmadik. Taqdir so‘zi, "Taqdir charxpalagi”, "Taqdir zarbasi”. Ulardan oldin ishlangan "Ikki sohil, ikki taqdir” filmi ham tez-tez telekanallar orqali namoyish etiliishini hisobga olsak, kim-kimdan ilhomlanganini tushunish mumkin. "Xavfli burilish” va "Xavfli sarguzasht” komediyalarini ham egizak deyish mumkin. Ikkovini bir qilib, Xavfli burilishlarga boy sarguzusht desa ham noto‘g‘ri bo‘lmaydi. O‘yin – "O‘yin” va "O‘yin ichida o‘yin”, "Xo‘ja Nasriddin: o‘yin boshlandi” filmlari syujeti har xil, lekin nom katta ahamiyatga ega ekanligi unutib qo‘yilgan, shekilli. "Afandi” – "Afandi va Azroil”, "Urgutlik Afandilar” "O‘g‘ri” – "O‘g‘rigina kelin”, "Qalbim o‘g‘risi” bu so‘z ishlatilgan filmlar. "Ko‘z” – "Ko‘zlarim yo‘lingda”, "Ko‘zlaring ma’yus”, "Qalb ko‘zi”. Burhon Sharopov filmlarining ba’zilarida "yoxud” so‘zi yetakchilik qiladi. Nazarimizda, rejissyor nom tanlashda ikkilanadi. Shu ikkilanish natijasida ikki nomli film dunyoga keladi. "Jonim seni yoxud egizaklar” va "Tango yoxud adashgan sovchilar”. Bir qarindoshimiz bor: ikki ismga ega, uyidagilar boshqacha chaqirishadi, hujjatlarga esa boshqacha ism yoziladi. Rejissyorning yana bir "ayyor"ligi shundaki, u agar kelajakda kimdir shu nom bilan film ishlasa, ikkiinchi tanlangan ism uni qutqarib qolishiga ishonsa kerak. (Bu mening shaxsiy xulosam ) "Ona” so‘zi – "Munis onam”, "Onaizor” Yuqoridagi filmlardan tashqari "Bo‘rilar”, "Yigitlar”, "Ulfatlar”, "Begonalar” nomlarida ham bir-biriga yaqinlik seziladi. Ular ismlarini o‘xshash deyish ham mumkin. Begona – "Begona bahor”, "Begonalar”. Ayollar ismi bilan o‘z filmiga nom qo‘yuvchi rejissyorlar ham ancha. Hozirgacha "Sevinch”, "Sarvinoz”, "Shabbona”, "Feride”, "So‘g‘diyona”, "Marjona” filmlari katta ekranda namoyish etilgan, yaqinda esa ular safiga "Qorako‘z” ham qo‘shildi. Erkaklar ismi bilan atalgan film esa "Nortoy”dir. "Lola” va "Qizg‘aldoq” kartinalari esa mazmunan bir ma’noni anglatuvchi so‘zlar nomi bilan atalgan filmlardir. Hozircha biz to‘plagan nomlari o‘xshash filmlar shugina, xolos. Rejissyorlarning bu kabi filmlar nomlashdagi harakatlarini tanqid qilmoqchi, ularga aql o‘rgatmoqchi emasmiz. Farzand tug‘ilgach, unga ism qo‘yayotganda kimgadir havas qilib uning nomi bilan atab, "shu kishiga o‘xshab yursin” deya ism berish millatimizga xos odat. Rejissyorlarimiz doimiy ravishda film yangilik bo‘lishini, o‘zgacha qiyofa kasb etishini xohlashlari ham bizga sir emas. Shunday ekan, o‘z farzandingiz muvaffaqiyatini ko‘pchilikka ko‘rsatmoqchi, iqtidoringizni jamoatchilikka isbotlamoqchi bo‘lsangiz, qo‘ygan ismingizning ma’nosini kitoblardan, qolaversa, boshqalar ishlagan filmlar nomlaridan hamda "O‘zbek tilining izohli lug‘atidan” qarab, lug‘atdan (agar oldin kimdir shu so‘zdan foydalangan bo‘lsa) sinonimi (ma’nodosh)ni topib foydalansangiz maqsadga muvofiq bo‘lardi demoqchimiz xolos. Biz bugun nomlardagi o‘xshashliklarga to‘xtaldik, film voqealari, aktyorlar ijrosidagi o‘xshashliklar haqida ham fikrlar yqo‘ emas. Ular bilan keyinroq tanishasiz. AKBAR SIDDIQOV, MAHMUDJON AZIMOV O‘zbekiston Davlat San’at Instituti talabalari

Категория: News/Новости | Просмотров: 1419 | Добавил: shirina | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 5
0  
5 shirina   (22.12.2010 11:30) [Izoh]
happy ARZIMIYDI

0  
4 Angeloza   (21.12.2010 13:22) [Izoh]
raxmat

0  
3 Angeloza   (21.12.2010 13:22) [Izoh]
smile smile smile

0  
2 moon264   (21.12.2010 11:18) [Izoh]
smile

0  
1 shirina   (21.12.2010 11:04) [Izoh]
happy happy happy

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]