Категории раздела

O'zbek Filmlar

Seriallar

Multfilmlar

Konsertlar

Kliplar

MP3 Fayllar

Islamic

Yangiliklar

She'rlar

Hikoyalar

Quyuq Taomlar

Chet El Taomlari

Salatlar

Shirinliklar

Foydali Maslahatlar

Salomatlik Sirlari

Har-Xil

Kulgu

Поиск
Мини-чат
Календарь
Архив записей
Наш опрос
Saytga baho bering !
Hamma javoblar: 1448
Статистика

Главная » 2010 » Noyabr » 25 » O'zbegona Milliylik - Do‘ppi tikdim ipaklari tillodan..!
02:36
O'zbegona Milliylik - Do‘ppi tikdim ipaklari tillodan..!

"Do‘ppi tikdim ipaklari tillodan...”

Ko‘rgazmadan lavhalar (Otabek Mirsoatov olgan surat)

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Markaziy ko‘rgazmalar zalida "Do‘ppi tikdim ipaklari tillodan…” respublika ko‘rik-tanlovi hamda "O‘zbekiston do‘ppilari” ko‘rgazma-savdosi boshlandi.

Respublika Xotin-qizlar qo‘mitasi, Badiiy akademiya, Madaniyat va sport ishlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklari, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi, Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi, "O‘zbekteatr” ijodiy ishlab chiqarish birlashmasi, Milliy teleradiokompaniya, Toshkent shahar hokimligi hamkorligida tashkil etilgan ushbu tadbirda yurtimizning barcha hududlariga xos bo‘lgan do‘ppi namunalari bilan tanishish mumkin.

Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida xalqimiz ma’naviyatini yanada yuksaltirish, milliy an’ana va qadriyatlarimizni asrab-avaylash, ulardan yoshlarni barkamol insonlar etib tarbiyalashda keng va samarali foydalanish masalasi davlatimizning doimiy e’tiborida. Yurtimizda milliy hunarmandchilik yanada ravnaq topmoqda, uning unutilgan usul va maktablari tiklanmoqda, «ustoz-shogird» an’anasi davom ettirilmoqda.

"Barkamol avlod yili” Davlat dasturi doirasida tashkil etilgan "Do‘ppi tikdim ipaklari tillodan…” respublika ko‘rik-tanlovi hamda "O‘zbekiston do‘ppilari” ko‘rgazma-savdosini o‘tkazishdan asosiy maqsad yoshlarda milliy an’ana va qadriyatlarimizga hurmat va ehtirom tuyg‘ularini mustahkam qaror toptirish, bebaho ma’naviy merosimizni keng targ‘ib va tashviq etishdan iboratdir.

Mazkur tadbirlarning dastlabki bosqichlarida ta’lim maskanlarining o‘quvchi va talaba qizlari, mahallalarda istiqomat qilayotgan ayollar chevarlik, kashtachilik, do‘ppido‘zlik bo‘yicha o‘z mahoratini namoyish etdi. Ayni paytda mohir hunarmandlar, san’atshunoslar ishtirokida o‘tkazilgan davra suhbatlari, uchrashuvlar yoshlarning milliy hunarmandchilikka oid bilimini kengaytirish imkonini berdi. Ko‘rgazma-yarmarkada ijod namunalari eng sara deb topilgan do‘ppido‘z xotin-qizlar o‘z mahsulotlari bilan ishtirok etmoqda.

Tadbirning ochilishida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Respublika xotin-qizlar qo‘mitasi raisi F.Akbarova ishtirok etdi.

man'ba: DxB-studio

Категория: News/Новости | Просмотров: 1645 | Добавил: DxB-studio | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 4
0  
4 moon264   (17.12.2010 15:24) [Izoh]
ha togri Milasha!!! OZbeklarnikiga etadigani yok!!! smile smile smile

0  
3 Angeloza   (25.11.2010 06:52) [Izoh]
smile smile smile smile smile raxmat

0  
2 Angeloza   (25.11.2010 06:52) [Izoh]
xaqiqatdan xam togri

0  
1 Milasha   (25.11.2010 03:06) [Izoh]
baribir uzbek dupilariga etadigani yoq smile smile smile smile smile

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]