Xaq rizosin tilab xijob tutgan qizlar, Xalqning emas xoliq lutfin kutgan qizlar. Xaq ishqida nozin ichga yutgan qizlar, Pok qalbingiz chin ilohiy hislar tuysin. O'rangan oy yuzingizni OLLOX suysin. Yod nazardan qochib parda tutgan yuzga, Ibrat bo'lib be hayo-yu qaro yuzga. Endi xatto tosh otsalar tegmas sizga, Sizga zulm istaganlar o'zin tiysin. O'rangan oy yuzingizni OLLOX suysin. Bu ne fayzt karomat kim? sirlarga boy, Misli bulut arosida kutilgandey oy. Or hayoga burkanibti oydey chiroy, Kiyim kiygan yalong'ochlar rashkda kuysin. O'rangan oy yuzingizni OLLOX suysin. Oriyatli oy yuzlarni to'sgan parda, Bir chiroyni tovlabti ming bir chiroyda. Yomon ko'zdan asrasin OLLOX har joyda, Be tofuqlar mayli nima desa desin, O'rangan oy yuzingizni OLLOX suysin. Muxofaza etib o'zni yod nazardan, Besh maxramni qutqardingiz ahlilardan. Xaq lutfiga sazovorsiz tong saxardan, Ochiq sochiq yurganlar ham esin yig'sin. O'rangan oy yuzingizni OLLOX suysin. Dunyo sinov xaq yo'lida sobit qoling, Xatarlardan eson omon o'tib oling. Jannat uzra bunda payondozlar soling, OLLOX o'zi sizga chin baxt ato qilsin. O'rangan oy yuzingizni OLLOX suysin. |