Категории раздела

O'zbek Filmlar

Seriallar

Multfilmlar

Konsertlar

Kliplar

MP3 Fayllar

Islamic

Yangiliklar

She'rlar

Hikoyalar

Quyuq Taomlar

Chet El Taomlari

Salatlar

Shirinliklar

Foydali Maslahatlar

Salomatlik Sirlari

Har-Xil

Kulgu

Поиск
Мини-чат
Календарь
Архив записей
Наш опрос
Saytga baho bering !
Hamma javoblar: 1448
Статистика

Главная » 2011 » Yanvar » 14 » ::: O`rtamizdagi O`YIN :::
08:25
::: O`rtamizdagi O`YIN :::

Men yaxshi ko`raman yig`loqi qizni,
Kelgandan ketgancha ko`z yosh qilsa ham.
Ko`z yig`lab yupatar har birimizni,
Ko`z yoshdir ko`nglimga eng toza malham...


Bu satrlarni Radiokanalda eshitgandim va Yon daftarimga qoralab ham qo`yganman. Lekin vaqti kelib, oradan yillar o`tishi bilan, bu satrlar menga ham tegishli bo`lishini bilmabman.
Xayf ketgan ko`z yoshlarimga....
Vujudim borliqqa jo`shqin, Qalbim titroq, Xis- hayajon ila nazar qilar olardi. Tunda, ahli bashariyat shirin uyquning og`ushida beg`am, mastona.
Men esa hamon uyqudan benasibman, unga BEGONAMAN... nega tun bu qadar alamli???
Agar inson ko`z yoshi qilmasa, nima bo`larkin-a? Bu telbalarcha fikr bilaman... Ammo nima qilay, Taqdir bu Kun o`z hukmi bilan Orzuimni Armonga uladi. Men esa ko`z yowim bilan tunni kunga...........
Yoshligimda "Bekinmachoq" o`ynashni xush kurardim. O`yin boshlandiki, xar doim bekinganlarni izlash mening zimmamda edi. Bu men uchun shunday maroqli edi-ki... Ularni aslo topolmasdim. Vaqt allamahal bo`lgacha o`zlari chiqib kelishardi: "Sen yutqazding, to bizni topmaguningcha keyingi gal ham Izlaysan!"
Shu hol takror va takror davom etar, bugun ham, indiniga ham shu hol bo`lishini bilsam-da, yana izlayverardim.
Yillar o`tdi. Aslida bilsam, shu yoshligimgacha ham hayotimda bekinmachoq o`ynab kelgan ekanman. Va turgan gap-ki, bugun ham izlaganimi topolmadim. Ko`z oldimda o`zimdanda kattaroq, yugurgilab o`tgan insonlarni topolmaganman-u... Qanday topay mavhum BAXTni, OMAD va SEVGIni...?

Ochiq ko`zlarim izlashga emas, ko`z yoshga atalgan ekan, bugun yana izlayapman, ammo bu gal boshqacha. Endi esa to`kkan ko`z yoshlarimni kimdur o`z quvonchiga, kulgusiga erishish uchun tilab oladi. Tilaydi-yu, hadya qilishim bilan parvo ham qilmaydi...!
O`rtada qoladi ko`z yoshim uvol, Xazonga ulgurgan ko`z yoshim Guhox.
Eh, vujudim ardog`idagi ko`z yoshim, seni yuragimdan siqib chiqaribmanu, kimga tortiq qilishni bilmabman. Nahot senga shunchaa BEVAFO bo`lsam?...
Xayf kim uchundir to`kkan ko`z yoshlarim!!!
Gohi o`yga tolaman: izlashdan ko`ra bekinish osonroq ekan. Bugun men ham bekinib ko`rsamchi? Lekin... bu o`yinda izlovchi Kim???
Izlamayman tunda yorug`lik nurni,
Izlamayman kunduz qorong`u tunni!

Nima bo`lganda ham yo`qlab charchadim. Bugun men bekinay, bir bora izlang meni, KERAKLIGIM! Toki meni o`gay gunohlarim topolmasin. Mayli, bir umr bekinishga roziman! Lekin meni izlasin kimdur, MAYLIGA TOPOLMASA HAM............................

Категория: Hikoyalar | Просмотров: 951 | Добавил: Angeloza | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 7
0  
7 nazokat   (23.05.2011 19:07) [Izoh]
baxt sevgini omadni izlash kere emas deb uyliman chunki ularni uzi bizni topib oladi shuning uchunshoshilmand bularni barchasini izlashga shuni bilingki ularni barisi sizga nasib iladi .utayotgan kunizdan zavq olishni urganini shunda baxt sevgi qayerdaligini bilib olasiz!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!1

0  
6 GGM-Begzod   (06.02.2011 14:53) [Izoh]
Nime bu ertemi tongue tongue tongue tongue tongue

0  
5 Веk   (15.01.2011 11:10) [Izoh]
Hаyot dаvom еtmoqdаku...

0  
4 moon264   (15.01.2011 02:44) [Izoh]
qiziq voqea bolganda zor bolardi dry

0  
3 Nargiz   (14.01.2011 20:59) [Izoh]
Angeloza kottakon rahmat judayam miriqib uqidim meni hayotimham shu hikoyaga uhshiydi Rahmat sad

0  
2 shirina   (14.01.2011 08:31) [Izoh]
qayg'uli ekan sad

0  
1 Angeloza   (14.01.2011 08:27) [Izoh]
sad

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]